4
|
3-o‘quv savoli
Harbiy qism va bo‘linmalardagi faollar, harbiy jamoatchi
lik kengashlarining tuzilishi, tarkibi hamda ularning ish faoliyati.
15
daqiqa
|
Vzvod (batareya) va boshqa harbiy qismlarning alohida bo’linmalarida harbiy jamoa Kengashi tuziladi.
.Harbiy jamoa Kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Harbiy xizmatchilarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoniga, Vatanning mustaqillik timsollariga sadoqat, faol fuqarolik pozisiyasi va yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
Harbiy xizmatchilarda jangovar ruhni, og’ir sharoitlarda qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun axloqiy – ruhiy barqarorlikni shakllantirish bo’yicha komandirlarga yordam ko’rsatish;
Harbiy jamoalarni jipslashtirish, ularda askariy birodarlik va do’stlikni, xizmat – jangovar vazifalar bajarishda sifatni mustahkamlash maqsadida o’zaro talabchanlikni shakllantirish;
Har bir harbiy xizmatchining kayfiyatini va muammolarini o’rganish, ayniqsa harbiy xizmatga yahgi chaqirilgan harbiy xizmatchilarni va ularni bo’linma komandirlariga o’z vaqtida yetkazish;
Harbiy jamoada birinchi navbatda o’z joniga suidqasd qilish, nizomga zid munosabatlar, xizmat joyini o’z boshimchalik bilan tashlab ketish, harbiy texnika va qurol – yarog’larni ishlatganda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish borasida profilaktik ishlarni olib boorish;
Harbiy jamoalarda qonun tamoyillari va adolatga harbiy xizmatchilarning qatiy amal qilinishini ta’minlash;
3.Harbiy jamoa Kengashi shartnoma asosidagi serjant va oddiy askarlar hamda muddatli harbiy xizmatchilar umumiy yig’ilishida ochiq ovoz berish yo’li bilan 5 – 7 kishidan iborat tarkibida 1 yilga saylanadi.
Harbiy jamoa Kengashining yig’ilishida Kengash raisi, uning o’rinbosari va kotib yig’ilishida ochiq ovoz berish yo’li bilan saylanadi;
Harbiy jamoa Kengashining yig’ilishlari zaruratdan kelib chiqib, lekin oyda bir marotabadan kam emas bo’lgan holda o’tkaziladi.
Harbiy jamoa Kengashining amaliy faoliyati ustidan bo’linma komandiri, uning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosari rahbarlik qiladi.
4.Kengash a’zolari quyidagilarga majbur:
Doimiy ravishda harbiy xizmatchilarga O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi, Umumharbiy nizomlar, Mudofaa vaziri, uning o’rinbosarlari, komandir va boshliqlar talablarini bajarish uchun o’z xalqiga, Prezidentiga va harbiy burchiga sadoqatini shakllantirishga;
Harbiy xizmatchilarning axloqiy ruhiy holati, mavjud muammolar to’g’risida bo’linma komandiriga va uning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosariga ma’lumot berishga;
O’z bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib boorish va bo’linmadagi harbiy xizmatchilar oldida qilingan ishlar to’g’risida xisobot bilan ma’ruza qilishga;
Harbiy xizmatchilarning haq – huquqlari buzilishini oldini olishga qaratilgan ishlarni amalga oshirishga.
5.Kengash a’zosi:
Namunali harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarni taqdirlash to’g’risida yuqori qo’mondonlikga tavsiya qilishga;
Belgilangan xizmat muddatini o’tab bo’lgan harbiy xizmatchilarni zahiraga bo’shatish ishlarida qatnashishga;
Bo’linmadagi hayotiy masalalar yuzasidan mansabdor shaxslarga murojaat etishga;
Harbiy intizomni buzgan harbiy xizmatchilarga Kengash ogohlantiruvini berish bo’yicha Kengashga taklif kiritishga haqli.
Kengash faoliyatida faol ishtiroki uchun a’zolari Qurolli Kuchlar intizom nizomidagi belgilangan tartibda rag’batlantiriladi.
6.Tayinlanadigan va saylanadigan jamoa a’zolari quyidagi tartibda:
|
Do'stlaringiz bilan baham: |