- 2- Mavzu. Biznes huquqiy munosabatlar
- R e j a :
- 1. Biznes huquqiy munosabat tushunchasi va ishtirokchilari.
- 2. Biznes huquqiy munosabati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini vujudga kelish asoslari
- 3. Biznes huquqiy munosabatlar turlari
Tayanch soʻz va iboralar: huquqiy munosabat, Biznes huquqiy munosabatlar, Subyektiv huquq, gorizontal, vertikal, yuridik faktlar. - Tayanch soʻz va iboralar: huquqiy munosabat, Biznes huquqiy munosabatlar, Subyektiv huquq, gorizontal, vertikal, yuridik faktlar.
- Maʼlumki, ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan tartibga solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. Oʻz navbatida huquqiy munosabat oʻzaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar oʻrtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqa hisoblanadi.
- Huquqiy munosabatlar — huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar.
- Bunday munosabatlar ishtirokchilari tegishli yuridik huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar.
-
- Biznes huquqiy munosabatlar – bu tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va tugatish hamda uni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan, tadbirkorlik xuquqiy normalari asosida tartibga solinadigan munosabatlardir.
Subyektiv huquq deganda, muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxsga tegishli boʻlgan huquq normalari tushuniladi. Davlat tomonidan oʻrnatilgan tartib qoidalar asosida vujudga keladi va ularga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. - Subyektiv huquq deganda, muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxsga tegishli boʻlgan huquq normalari tushuniladi. Davlat tomonidan oʻrnatilgan tartib qoidalar asosida vujudga keladi va ularga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
- Biznes huquqiy munosabatlarning subyektlari boʻlib ana shu munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar hisoblanadi. Bular yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan korxona va tashkilotlar, shuningdek, ularning boʻlinmalari hisoblanadi.
Nomulkiy huquqiy munosabatlar-xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatlarida foydalanadigan nomoddiy nematlar, xususan, firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar ishlab chiqarilgan joy nomi, tijorat siridan foydalanishda, shuningdek ishchanlik obroʻsini himoya qilish kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi. - Nomulkiy huquqiy munosabatlar-xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatlarida foydalanadigan nomoddiy nematlar, xususan, firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar ishlab chiqarilgan joy nomi, tijorat siridan foydalanishda, shuningdek ishchanlik obroʻsini himoya qilish kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi.
- Mutloq ashyoviy huquqiy munosabat-obyekti ashyo hisoblanib, bu tarzdagi munosabatlar uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, subyekt qonun yoʻl qoʻygan asoslarda oʻzining mulkka boʻlgan huquqini, yaʼni egalik, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha xulq-atvorini belgilovchi harakatni amalga oshiradi.
- Nisbiy huquqiy munosabatlar: bunda ikki yoki undan ortiq shaxslar oʻzaro huquq va majburiyat sohiblari boʻladi. Bu yerda biz kreditor va qarzdor oʻrtasidagi majburiyatda nisbiy munosabatlarni koʻramiz, ammo har doim ham nisbiy huquqiy munosabatlar majburiyat huquqiy munosabatlari shaklida boʻlmasligi mumkin.
Yuridik faktlar - fuqarolik huquqi va majburiyatlarning vujudga kelishi, oʻzgarishi va bekor boʻlishiga qaratilgan harakatlar tushuniladi. yuridik faktlar toʻrt guruhga maʼmuriy hujjatlar, yuridik hatti-harakatlar, hodisalar vaboshqa harakatlarga boʻlinadi. - Yuridik faktlar - fuqarolik huquqi va majburiyatlarning vujudga kelishi, oʻzgarishi va bekor boʻlishiga qaratilgan harakatlar tushuniladi. yuridik faktlar toʻrt guruhga maʼmuriy hujjatlar, yuridik hatti-harakatlar, hodisalar vaboshqa harakatlarga boʻlinadi.
- Maʼmuriy hujjat-xoʻjalik huquqiy munosabatlarni belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida davlatning boshqaruv organlari tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjatlardir
- Harakatlar- xoʻjalik huquqiy munosabatlarida qatnashuvchi shaxslarning erk irodasi boʻyicha vujudga keladigan yuridik faktlarga aytiladi. Bu tarzdagi faktlar oʻz navbatida ikki turga:
- huquq yoʻl qoʻygan va huquq yoʻl qoʻymaydigan.
- Huquq yoʻl qoʻygan harakatlarga misol: Tuzilishi qonun bilan taqiqlanmagan bitimlar. Bitimlar tashkilot va fuqarolarning xoʻjalik huquqlarini yoki burchlarini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlar boʻlib, muayyan oqibatlarni tugʻdirishga qaratiladi.
- Huquq yoʻl qoʻymaydigan harakatlar: qonun bilan taqiqlangan harakatlar boʻlib, bular ikki koʻrinishda boʻlib: birinchisi, boshqa subyektlarga zarar yetkazishda
- ikkinchisi, mulkni asossiz olish yoki asossiz tejash bilan bogʻliq boʻlgan harakatlarda namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |