4. Sanash qurilmalari
Sanash qurilmasi kirishdagi impulslar sonini hisoblash uchun xizmat qiladi. Har bir impuls sanash qurilmasida saqlanayotgan sonni bittaga o'zgartiradi. Ular bajaradigan vazifasiga ko'ra qo'shuvchi, ayiruvchi va reversiv (ham qo'shuvchi, ham ayiruvchi) turlarga bo'linadi.
Quyidagi rasmda T-trigger asosida qurilgan, ketma-ket bog'lanishli, qo'shuvchi sanash qurilmasi sxemasi keltirilgan (.11-rasm). Kirishdagi har bir impuls qurilmadagi sonni bittaga oshiradi.
.11-rasm
Bu qurilma dinamik prinsipida ishlaydi, ya'ni uning triggerlari kirishdagi impulsning orqa fronti (impuls spadi)ga mos ravishda o'z holatini o'zgartiradi. Qo'shuvchi sanash qurilmasining ishlash jadvali.
Ayiruvchi sanash qurilmasida kirishdagi har bir impuls undagi sonni bittaga kamaytiradi. .12-rasmda ayiruvchi dinamik sanash qurilmasining sxemasi va ishlash vaqt diagrammasi keltirilgan.
.12-rasm
Bu qurilma dinamik prinsipida ishlaydi, ya'ni uning triggerlari kirishdagi impulsning frontiga mos ravishda o'z holatini o'zgartiradi.
Ayiruvchi sanash qurilmasining ishlash jadvali quyidagicha.
Q Q Q
3 2 1
1 1 1
1 1 0
1 0 1
1 0 0
0 1 1
0 1 0
0 0 1
0 0 0
Sanash qurilmalari kirishdagi impulsning maksimal chastatasi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
bu erda : tsx - sinxrosignal davri; n – sanoq triggerlari soni; tT – sanoq
triggerida o'tish jarayoni vaqti
Sanash qurilmasining asosiy ko'rsatkichi sanash koeffisienti bilan xarakterlanadi.
ka =2n
bu erda n- sanovchi triggerlarning soni.
Reversiv sanash qurilmasi ikki yoqlama yo'nalishda sanash imkoniyatiga ega bo'lib, sanash yo'nalishi uchun maxsus boshqarish kirishlari (“+” va “-”)ga ega.
.-rasm. Reversiv sanash qurilmasi sxemasi
Sanash qurilmalaridan chostata bo'lgichlari sifatida ham foydalanish mumkin. Uning triggerlari chiqishlari kirishga nisbatan chastotani Q1 - ikki marta, Q2 - to'rt marta, Q3 - sakkiz marta bo'ladi.
Nazorat savollari
Xotira elementi ishlаsh prinspigа Pаrаmitrik dаtchiklаr hаqidа umumiy mа`lumоt bеring?
Triggerning vazifasi?
Triggerlarni informatsiyani qabul qilish usuli bo‟yicha turlari?
Triggerni qurilish prinsipi bo‟yicha turlari?
Triggerlarni funksional imkoniyatlari bo'yicha qanday guruhlarga sinflanadi?
Registr va uning ishlаsh prinsipi?
Registrlarning asosini nima tashkil etadi?
Sanash qurilmalarining ishlash prinsipi?
Do'stlaringiz bilan baham: |