30. Dog’ so’zi qaysi qatorda ko’chma ma’noda qo’llnmagan?
A) Tunsiz kun yo’q, dog’siz lola yo’q. B) Toza qalbda dog’ yo’q
C) Yomondan dog’ qoladi, yaxshidan bog’ qoladi.
D) Sevgiga tushgan dog’ni daryo yosh to’kishi bilan tozalab bo’larmishmi?
31. Quyidagi ko’p ma’noli so’zlardan qaysi biri tez so’zi bilan antonim bo’la oladi?
A) achchiq B) shiriAn C) og’ir D) jadval
32. Quyidagi solmoq so’zining qaysi manosi ifodalangan?
Yaqinda uy solib, o’rtancha o’glimizni ham chiqarib yubordik.
A) joylamoq B) bog’lamoq C) qurmoq D) chizmoq
33. Quyidagi gapda yozmoq so’zini qaysi ma’nosi ifodalangan?
Bostirmada Ziyodaxon supra yozib, un elab o’tirar edi?
A) yoymoq B) aytmoq C) tarqatmoq D) ijod qilmoq
34. Qaysi qatordagi gapda dam so’zi lahza ma’nosida qo’llangan?
A) Issiqdan kishining dami qaytib ketdi.
B) Boboxon tog’iga etib, Qorajon otga dam berib yotdi.
C) Uy egasi dam o’tmay hammasini hozir qiladi.
D) Ibrohimov oyog’ini yozgani o’rnidan turdi va ayvonning damiga borib, uzoqdagi kaptar rang tog’larga qaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |