Leksikologiya №25
1. O`zbek adabiy tili fanining boyishida shevalar qanday manba hisoblanadi?
A) ichki manba B) tashqi manba C) shevalar adabiy tilning emas, balki o`zbek milliy tilining ichki manbai hisoblanadi D) shevalar adabiy til uchun manba bo`lolmaydi E) C va D
2.Qaysi qatordagi gapda tasviriy ifoda qo’llangan? A)Mutolaa inson hayotida muhim o’rin tutadi
B) Dono so’ziga bino quyar, nodon o’ziga C)Xush havoli, yangroq navoli, bog’im yaxshi, bahorim yaxshi. D)G’ishtin polli uyga kirdik E)Salomatlik o’zing uchun ham, boshqalar uchun ham buyuk ne`matdir.
3..O`zbek tili lug`atida o`z ichki imkoniyatlari asosida hosil bo`lgan so`zlar qatorini belgilang?
A)kitob ma`no,ruchka, parta B)ijarachi, vazirlik, guldasta,raqobatbardosh
C)kiyim, buyum, ketmon, o`rik D)oftob ,sahro, saraton mavj
4. So`zlarning kеlib chiqish, paydo bo`lish yo`llarini o`rganuvchi sohaning nomi qaysi qatorda ko`rsatilgan?
A) lеksikologiya B) lеksikografiya C) frazеologiya D) etimologiya
5. Quyidagi gapda bosh so`zining qaysi ma'nosi ifodalangan? Tog`ning ko`rki tosh bilan, odam
ko`rki bosh bilan. A) boshliq B) aql C) birinchi D) rahbar
6. Quyidagi gapda daraja so`zi qaysi ma'noda qo`llangan? Anvar bosh munshiylik darajasini oldi.
A) saviya B) pog`ona C) chеgara D) mansab
7.. Qanday so`zlarga poronim so`zlar dеyiladi? A) qarama-qarshi ma'noli so`zlar B) aytilishi bir-biriga yaqin, ammo ma'nosi har xil bo`lgan so`zlar C) shakli bir xil, ammo ma'nosi bir-biriga yaqin bo`lgan so`zlar D) aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma'nosi har xil bo`lgan so`zlar
8. Gulnor so`zining asl ma'nosi qaysi javobda bеrilgan?
A) go`zal, chiroyli B) glga o`xshash dog` C) anor guli
D) javoblarda gulnor so`zining lug`aviy ma'nosi bеrilmagan
9. Paronim so`zlar qatorini aniqlang.
A) ko`ylak-ko`ynak B) vafo-jafo S) shaboda-shabboda D) otaliq-otalik
10. O’zaro antonim qo’shimchalar berilgan qatorni toping?
A)-cha, -choq, -chak, chiq B)-ning, -ni, -da, -ga C)-be, -ba, -siz, -li, D)-m, -im, -um, -ma.
11. 1)shakldoshlik; 2)ma`nodoshlik 3)zid ma`nolilik 4)paronimlik. Berilganlardan qaysi birini turli so’z turkumlariga oid so’zlarning o’zaro ma`no munosabatida kuzatish mumkin? A)2,3 B)1,2 C)1 D)1,4
12.Turli vazifada kelgan shakldosh qo’shimchalar yordamida hosil bo’lgan so’zlar qatorini belgilang?
A)kelin, yig’in, tugun B)yopin, yuvin, ilin C)ishla, uxla, so’zla D)ekin, sog’in, kiyin.
13.Qaysi so`z tarkibida -moq omonim sifatida shakllangan.
A)bormoq B)salmoq C)yashamoq D)chaqmoq
14.Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar. Gapda qanday ma'no ko'chishi mavjud?
A)metafora B)metonimiya C)ma'no ko'chish bo'lmagan D)sinekdoxa
15.Qaysi turg'un birikma iqror bo'lmoq ma'nosini anglatadi?
A)yelkasiga olmoq B)zimmasiga olmoq C)qo'lga olmoq D)bo'yniga olmoq
16.Qaysi gapda metafora usuli bilan ma'no ko'shishi hosil bo'lgan?
A)Po'latning tili tanglayiga yopishib qolgandek gapirolmas edi.
B)Bahor kelinchakdek yasanib keldi. C)Barcha gaplarda metafora usuli mavjud.
D)Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
17."O`z jigariga ham rahm shavqat qilmaydi" Ushbu gapda qanday ma'no ko`chgan?
A)Metonimiya B)Metafora C)Vazifadoshlik D)Sinekdoxa
18.Picha un topib kelsam,qozon ossak nima bo`lar ekan? 2.Bola rangi o`zgarib ketsa ham,un chiqarmas edi.Ushbu gaplardagi un so`zi ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`z hisoblanadi?
A)ko`p ma`noliB)omonimC)sinonimD)antonim
19.Ibora qo`llanmagan qatorni toping?
A)Marakaga borganda,oyog`i olti,qo`li yeti bo`lib yuradiyu,uyga kelganda,yana g`alati bo`lib qoladi.
B)Ularning qo`li qisqalik qilib qoldi.C)Oyog`ida oyoq qolmadi.
D)Katta tugunini boshiga ko`tarib oldiE)Karimjon baqirib,hovlini boshiga ko`tarmoqda
20.Hol ibora bilan ifodalangan javobni toping.
A)Notinchlik har vaqt ham fikrlash bilan uyg`un kelavermaydi
B) Uch kundirki, Bo`taboy o`z yog`iga o`zi qovrilib o`tiribdi.
C) Dunyoga kelib esini taniy boshlagandan beri qanday yaxshi odamlarni ko`rganini xayolidan o`tkazdi. D) A va B
21. Odobli – odobsiz, baodob – beodob so’zlari so’zning shakl va ma`no-munosabatiga ko’ra qaysi turiga kiradi? A)leksik antonim B)leksik paronim C)morfologik antonim D)sintaktik antonim.
Do'stlaringiz bilan baham: |