Referati yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hamshiralik parvarishi, Psixik rivojlanish. Reja


CHALA TUG‘ILGAN CHAQALOQLARNI PARVARISH QILISH



Download 1,09 Mb.
bet8/9
Sana13.05.2022
Hajmi1,09 Mb.
#603057
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
22-mavzu

CHALA TUG‘ILGAN CHAQALOQLARNI PARVARISH QILISH
Bolaning chala tug‘ilganl igini va qanchalik chalaligini aniqlashda anamnez, akusher lik tekshirishining ma’lumotl ari, hammadan muhimi – chaqaloqni tekshirish ma’l u motlari hisobga olinadi.
Chala tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘shang, uyquchan bo‘lib, chinqirganda ovozi past chiqadi, yuzaki nafas oladi, ko‘pincha bir tekis nafas olmaydi, refl ekslari susayganligi qayd qilinadi. Bola anchagina chala bo‘lsa, sut emish va yutish reflekslari yuzaga chiqmaydi. Chala tug‘il gan bolalarda termoregulyatsiya yaxshi rivojlangan emas, shuning uchun havo soviganda tana harorati pasayadi, isib ketganda esa ko‘tariladi.
Chala tug‘ilgan chaqaloqlarda immunitet pasaygan, shuning uchun ular yuqumli kasalliklar (gripp, pnevmoniya, piodermiya, sepsis) ga moyilroq bo‘ladi.
Chala tug‘ilgan bolalarning omon qolishi va rivojlanishi parvarish bilan boqishga anchagina bog‘liq. Chala tug‘ilganlar badani sovuqdan ehtiyot qilinadi, birinchi tozalash (tualet) avaylab tez o‘tkaziladi, ayni vaqtda yo‘rgaklash stolchasi isitiladi (isitgich qo‘yiladi, yo‘rgagi isitiladi), isituvchi lampa ostida issiq yo‘rgak va adyolga o‘raladi. Keyinchalik yo‘rgaklash va tozalash vaqtida bola albatta issiq tutiladi.
Chala tug‘ilganlarni issiq tutish uchun kuvez va isitgichlardan foydalaniladi. Kuvezlarning konstruksiyasi har xil, hozirgi davr harorati, namligi va shu kabilar avtomatik ravishda boshqariladigan
6 0-rasm. Yopiq turdagi kuvez.
61-rasm. Chala tug’ilgan va alohida parvarishga muhtoj bo’lgan chaqaloqlar uchun maxsus isitiladigan krovat.
kuvezlar bor. Oddiy kuvezlar qo‘shdevorli vannachalarga o‘xshaydi: ku vez devorlari orasidagi bo‘sh kam gakka zarur atga qarab qariyb 60° temper aturadagi suv quyiladi. Kuvez tubidagi choyshabli matrasga issiq qilib o‘ralgan bola yotqiziladi. Bolaning yoniga term ometr joylanadi, kuvezdagi harorat 30–32° bo‘lishi kerak (60-rasm).
Kuvezlar bo‘lmasa, 60° gacha isitilgan suvli isitgichl ardan foydalaniladi. Bolaning har tomo niga bittadan va karav otchasining oyoq tomoniga yana bitta isitgich qo‘yiladi. Isitgichlarni bolaning tagi dan qo‘yish yaramaydi, ularni birato‘la almashtirmasdan, navbat bilan almashtirish kerak.
Chala tug‘ilgan bolalar qizib ketishga chidash bermaydi. Ular qizib ketganda bezovtalanadi, harorati ko‘tariladi, badani qiza radi, terlab ketadi. Bunday hollar da isitgich (yoki kuvez) haroratini pasaytirish kerak. Hozirgi paytda chala tug‘ilgan va alohida parv arishga muhtoj bo‘lgan chaqal oqlarni maxsus isitadigan karavotlardan foydalaniladi (61-rasm).
Chala tug‘ilgan bolalar infektsiyadan ehtiyot qilinadi, shu maqsadda maxsus palatalar ajratiladi. Maxsus palata ajratishning iloji bo‘lmagan kichkina muassasalarda chala tug‘ilgan bolani chaqaloqlarning umumiy palatasiga yotqizib, oynavon devor bilan ajratib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Chala tug‘ilgan bolalarni parvarish qilishda aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinadi.
Chala tug‘ilgan bolani ayolning ko‘krak suti bilan, yaxshisi onasining suti bilan boqish nihoyatda muhimdir.

Chala tug‘ilgan bolalarni boqish usuli ularning nechog‘li chalaligiga, umumiy ahvoliga, sut so‘rish va yutish qobiliyatiga bog‘liq. Chala tug‘ilgan bolani tug‘ruqdan 2 soat keyin birinchi marta emizgan ma’qul. Ularni bir sutkada necha marta emish kerakligi bolaning xususiyatlariga bog‘liq. A. F. Tur vazni 2000–2500 g keladigan bolalarni sutkasiga 7–8 marta, 1500–2000 g vaznli bolalarni 8–10 marta, 1000–1500 g vaznli bolalarni 10–14 marta emizishni tavsiya etadi.


62-rasm. Chaqaloqqa sut ichirish uchun qoshiqcha.

63-rasm. sutni zond orqali yuborish.
Chala tug‘ilgan bola tuzukkina emsa, umuman qabul qilingan qoi dalar asosida emizaverish kerak. Bola sutni yaxshi so‘rmasa, tez charchab qolsa, bir gal emizgandan keyin ikkinchi gal sutni shishadan rezina so‘rg‘ich orqali ichirish mumkin. Dastlab sutkasiga 1–2 marta emchak solinadi; bola o‘zini tutib olgach, bot-bot emiziladi, bora-bora u so‘rg‘ichdan butunlay voz kechadi emchak olmasa yoki so‘rgich orqali so‘rolmasa, sutni sog‘ib, iliq holida ozoz qoshiqda ichiriladi. Kichkina choy qoshiqdan foyda lanishadi; uchi cho‘ziq qoshiqcha hammadan qulay (62-rasm). Bola ga sut berishdan oldin va keyin kisloroddan nafas oldiriladi. Nimj on bolalarga sutni pipetkada ichirish

mum kin. Pipetkadagi sut bolaning yuqori labiga burun kataklari yaqinidan tomiziladi. Sut burun-halqum orqali oqib tushib, qizilo‘ngachga o‘tadi.
Sut so‘rish va yutishga ojiz bo‘lgan juda nimjon bolalarga sut zond orqali beriladi. Buning uchun 13–15-sonli yumshoq kateterdan foydalaniladi, kateter shisha naycha orqali voronkaga ulanadi. Zond bola ning qizilo‘ngachiga og‘zidan avaylab kiritiladi. Zond kiritishdan oldin uchiga steril vazelin moyi surtiladi. Bolaning me’dasiga havo kirib qolmasligi uchun sut zonddan uzluksiz kirib turishi kerak (63rasm).
Chala tug‘ilgan bolaning tana haroratiga, vazniga, terisiga, sezgi a’zolariga, ichining yurishib turishiga, umumiy ahvoliga va xulqatvoriga e’tibor bilan qarab turiladi. Chala tug‘ilgan bolalar tug‘ruq kompleksida kamida ikki hafta parvarish qilinadi, anchagina chala bo‘lsa, tug‘ruq kompleksida uzoqroq saqlanadi.
Onasi uyiga jo‘natilayotganda chala bolani parvarish qilish va boqish to‘g‘risida mukammal yo‘l-yo‘riqlar beriladi, chala tug‘ilgan bolaning uyiga jo‘natilayotganligi bolalar poliklinikasiga oldindan ma’lum qilinadi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish