Xulosa: Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, XV–XVI-asrlarga
iqtisodiy-siyosiy jihatdan barqarorlashgan o‘ziga xos davr sifatida
qaraladi. Аmir Temur va temuriylar zamonida ijtimoiy-iqtisodiy
farovonlikni oshirish yo‘lidagi olib borilgan islohotlar davlat siyosati
darajasidagi ustuvor vazifalardan biri qilib belgilangan. Bu tarixiy
manbalarda ham yaqqol ifodasini aksini topgan.
Shubhаsiz hunаrmаndchilikning yuksаlishi ko‘p jihаtdаn ichki vа tаshqi sаvdоning rivojlanishiga turtki bo‘lgan. Buyuk Sohibqironning eng muhim fazilatlaridan biri shuki, ul zot bundan olti asr avvaloq davlatlararo o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, uzoq va yaqin xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash o‘z saltanati yorqin istiqbolini ta’minlashning muhim omili ekanini teran anglagan. Shu sababli u Yevropa va Osiyoni bog‘lashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan – Xitoy, Hindiston, bir tomondan – Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga intilgan. Yuqorida qayd
etilgan ma’lumotlardan mulohaza qilish mumkinki, ushbu islohotlar
bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, barqaror ravishda
rivojlanishda davom etmoqda. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda
o‘ziga xos milliy iqtisodiy tafakkurimizni yana ham rivoj topishida
poydevor vazifasini o‘tamoqda.
Aytish joizki, Erondagi Sultoniya shahrining arxiepiskopi Jan
(Ioann; ayrim nashrlarda Ioann de Galonifontibus deb ham aytiladi).
Sohibqironning elchisi bo‘lgan, uning “Amir Temur va uning saroyi
haqida xotiralar” (Memoires sur Tamerlan et sa cour) asarining
“Temurbeyning saltanati va shaharlaridagi tartib-qoidalar xususida”
deb nomlangan bobida, savdo munosabatlari borasida quyidagilarni
e‘tirof etadi:” U o‘z fuqarolariga bir qancha soliq va to‘lovlar joriy
etgan bo‘lsa-da, ajnabiy tujjorlarga katta e’tibor ko‘rsatadi va ularni,
ayniqsa, faranglar va nasoralarni rag‘batlantiradi, saltanati hududida
ularning xavfsizliklarini ta’minlaydi. U ko‘p maskanlarda olinadigan
jon va tuz soliqlarini bekor qildi va bu soliqlar faqat yirik shaharlarda
olinsin, deb farmon berdi. U saltanatining barcha hududlarida tujjorlar
hayotiga xavf soladiganlarga shafqatsiz jazo tayinladi: tujjorlarni
talagan o‘lka ahli unga (tujjorga) talangan mol qimmatini ikki barobar
qilib qaytaradi yoxud saltanat xazinasiga tujjor yo‘qotgan mol-mulk
qimmatining besh barobari miqdorida jarima to‘laydi”
Do'stlaringiz bilan baham: |