Referati toshkent-2022 reja: Kirish Buyuk allomalarga bo‘lgan e’tibor?



Download 168,19 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi168,19 Kb.
#721452
TuriReferat
Bog'liq
referat2




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI KIF FAKULTETI 006-GURUH TALABASI RUZIKULOV JALOLIDDINNING DINSHUNOSLIK FANIDAN “O‘ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDA BUYUK ALLOMALARNING ILMIY-MA'NAVIY MEROSIGA BERILGAN E'TIBOR” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

REFERATI

TOSHKENT-2022


REJA:

  • Kirish

  • Buyuk allomalarga bo‘lgan e’tibor?

  • Buyuk allomlarimizning bizga qoldirgan ma’daniy merosi ?

  • Xulosa

  • Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al Buxoriyning yubileyiga bag‘ishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan “Al-Jome’ as-Sahiyh” (Ishonarli to‘plam), “Al-adab, al-mufrad” (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi. 1998-yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg‘oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi. Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, nomi sharq va g‘arbda mashhur bo‘lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Farg‘oniy al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur al Motrudiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlab o‘tildi. Yurtimiz hali ittifoq tarkibida bo‘lgan, Kremlning hukmronligi hali kuchini yo‘qotmagan bir paytda – 1990-yil iyun oyida Respublika Prezidenti Islom Karimov “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi. O‘zbekiston hukumatining har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi bilan 1991 -ilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo‘lgan bo‘lsa, 2001-yili hojilarning soni 3801 kishiga yetdi. Jami mustaqillik yillari Haj ibodatini ado etishga muvoffaq bo‘lganlarning soni 31.057 kishini tashkil qildi.
1.Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g’ururning o`sishi va rivojlanishga muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy mafkura faqat o`zbek millatiga tegishli emas, balki respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarini mustaqillikni mustahkamlash, O`zbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirish, inson haq-huquqlarini ximoya qilish, ijtimoiy adolatni, demokratiyani to`laqaror toptirish, jahon hamjamiyatida o`zimizga munosib obru-e‘tibor topishimiz, maqsadlarga yo`naltirilgan yagona bayroq, yagona birlashtiruvchi kuch sifatida qaralmoqda. Ma‘lumki, bizning davlatimizda hech bir mafkura davlat mafkurasisifatida o`rnatilishi mumkin emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g’oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan kurashishga, baxslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning fikrini erkin ifoda etish va uni ximoya qilishga ziyon va tazyiq ko`rsatmasligiga yo`naltirilgan. Albatta, hozirgi kunda milliy mafko`ramiz. yaratilishining boshlang’ich davrini shohidi bo`lyapmiz, ammo, eng asosiysi, odamlarning fikri tafakkuri, dunyoqarashi o`zgarib, milliy iftixor tuyg’usi shakllanmoqda. Binobarin, eng qiyin ish inson mafko`rasini o`zgartirish. Milliy mafkura yoki g’oya qudrati ishontirish bilan belgilanadi. Shu bois kun tartibiga milliy mafko`rani yaxlit ilmiy kontseptsiyaga solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda yetkazishdan iborat. Mafko`raviy ishlarni amalda oshirishda ta‘lim-tarbiya masaslalari, ommaviy axborot vositalari, “Mahalla”, “Kamolot”, “Oila” kabi qator jamoatchilik tashkilotlarni ma‘naviy-madaniy markazlarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, ta‘lim muassasalari ishi va ularda qo`llaniladigan darsliklar, qo`llanmalar mazmun-mohiyati milliy g’oya ruhi bilan sug’orilsa uning ta‘sir doirasi kengayib boradi.
Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug’vor an‘analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G’ijduvoniy (1993), Fer(1995) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg’oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg’ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma‘naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma‘naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham xissasini qo`shdi.
2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 2003 yil 10 may — taniqli o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga G‘afur G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 noyabr — Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda inshonlandi.
2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi. 2007 yil 24 – 26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag‘ishlangan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 2007 yil 7 sentyabr – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. 2009 yil 26 – 27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini xalqning qadimiy an‘analariga monand holda shakllantirishga katta e‘tibor berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navro`z”, “Ramazon hayit”, “Qurbon hayit”lar qonuniy nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni” bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun - 21 Oktyabr tabiiy raviishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol topishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Ma‘naviy-madaniy merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‘morchilik inshootlarining keng ko`lamda ta‘mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz kabi shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me‘moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yo`li”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`g’ri yo`lga qo`yishga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma‘naviy olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi Birinchi Prezident I.A. Karimov, - millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`kotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta‘mirlanishi yangilarning barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta‘minlamoqda. Qur‘oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham katta voqea bo`ldi. Islom ta‘limoti va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida 1995 yil Toshkentda Halqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. 1999 yilda dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bog’liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, hozir O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e‘tiqod qiluvchilar o`zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuyg’ularini ximoya qilish; 2) diniy e‘tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo`l qo`ymaslik; 4) dindan bo`zg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e‘tirof etish; 5) diniy davlatlar bilan hokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik; 6) ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish.
Lekin shuni ham e‘tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan g’arazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg’unchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz “haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. o`zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga o`rinadilar. Ba‘zi ekstremistik guruhlarning jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini - 1999 yil 16 fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar misolida ko`rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini olish uchun mafko`raviy, madaniy, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e‘tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy ahloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.


2. Hadis — islom dinida shariat ahkomlarini belgilashda Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi moʻtabar manba hisoblanadi. Hadis Qur’onda umumiy tarzda bayon etilgan masalalarga aniqlik kiritish va ularni izohlashda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli ham hadis to‘plash, uni tartibga solish va keyingi avlodlarga yetkazish ishi Payg‘ambar (s.a.v.) davrida sahobalar tomonidan boshlanib, keyingi davrlarda uning turli usullari, yo‘nalishlari va maktablari vujudga keldi. VII asr oxirlari va VIII asr boshlaridan Markaziy Osiyoga boshqa islom ilmlari qatorida hadis ilmi ham kirib keldi. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa mahalliy xalq orasidan ham ilk muhaddislar — hadislarni to‘plash, tartibga solish va keyingi avlodlarga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi ulamolar yetishib chiqdi. “Kitob az-zuhd var-raqoiq” (“Zohidlik va nozik masalalar kitobi”) nomli hadislar to‘plami muallifi Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn al-Muborak ibn Vozih al-Hanzaliy at-Turkiy al-Marvaziy, Abu Muoz Xolid ibn Sulaymon al-Balxiy, Abu Muqotil Hafs ibn Salm Fazoriy Samarqandiy kabilar Markaziy Osiyolik ilk muhaddislar hisoblanadi. Keyinchalik, o‘lkamizdan Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon as-Samarqandiy ad-Dorimiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy, Abu Abdurrahmon Ahmad ibn Shuayb an-Nasoiy va shu kabi boshqa ko‘plab dunyoga mashhur muhaddislar yetishib chiqdilar. IX asrga kelib islom dinining sunniylik yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchilar orasida eng ishonchli deb tan olingan olti moʻtabar hadis to‘plami — Imom Buxoriyning “al-Jome as-sahih” (“Ishonchli hadislar to‘plami”), Muslimning “al-Jome as-sahih”, Abu Dovudning “Sunan” (“Sunnatlar”), Imom Termiziyning “Sunan”, Imom Nasoiyning “as-Sunan al-kubro” (“Ulug‘ sunnatlar”) va Ibn Mojaning “Sunan” asarlari yaratildi. E’tiborlisi shundaki, islom olamida “Sihohi sitta” (“Olti ishonchli to‘plam”) nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu olti to‘plamdan uchtasining muallifi — Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Nasoiylar Markaziy Osiyo vakillari hisoblanadi. Shu bois, Islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk vatandoshlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Yozma meros yodgorliklarini targ‘ib qilish maqsadida institut fondidagi Alisher Navoiy asarlarining XIV–XVI asrlardagi miniatyuralari va boshqa qo‘lyozma kitob bezaklarini o‘z ichiga olgan “Kitobat san’ati durdonalari” nomli kitob-albom nashr etildi. Nashr tadqiqot, miniatyuralarning o‘zbek, ingliz, rus tillaridagi tavsiflari bilan ta’minlangan. Institut fondida saqlanayotgan qo‘lyozma merosni dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbekiston madaniy merosi” ruknida “Aniq va tabiiy fanlar”, “Islom, falsafa va tasavvuf” hamda “Tarixiy asarlar va hujjatlar” nomli katalog-albomlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop qilindi. Institut xodimlarining mustaqillik yillarida olib borgan tadqiqotlari natijalari asosida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti nashrlari (1991–2018 yillar)” bibliografiyasi e’lon qilindi. Unga 513 ta kitob va chet elda nashr etilgan 355 ta ilmiy maqola kiritilgan. Bugungi kunda olim va mutafakkirlarimizning tarixiy merosini chuqur o‘rganish borasida Xorazm Ma’mun akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek astronomiya maktabi vakillarining ilmiy asarlarini nashr qilish ishlari ustida ham qizg‘in tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ko‘p jildlik “Tanlangan asarlar” silsilasini to‘ldirish ishlarining davomi sifatida mazkur silsilaning 4-jildini tashkil qiluvchi, allomaning dorishunoslikka oid “Kitob us-saydana fit tib” (Tabobatda dorishunoslik) kitobining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi hamda shu silsilaning uchta astronomik risola o‘rin olgan yangi — 8-jildi nashr etilishi ko‘zda tutilgan. Abu Ali ibn Sinoga nisbat berilgan arab tilidagi “Qonuncha” asarining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi, Jamshid Koshiyning astronomiyaga oid “Ziji xoqoniy” asarining tanqidiy matni va tadqiqi tayyorlanadi. Islomshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar islom ilmlari bo‘yicha Burhoniddin Marg‘inoniyning hanafiy fiqhiga oid arab tilidagi “At-tajnis val mazid” (“Yangi qo‘shilgan masalalar”) asarining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi, Abu Hafs Nasafiyning arab tilidagi “Mashori’ ash-sharoi’” (Fiqhiy masalalar) asarining asl matni nashr qilinadi. Institut fondidagi noyob nusxalarning nashri borasida Husayn Voiz Koshifiyning Alisher Navoiy uchun atalgan “Mavohibi Aliyya” nomli asari avtografi faksimile shaklida chop etilishi rejalashtirilgan. Shu o‘rinda O‘zbekiston va O‘mon sultonligi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar natijasida Sharqshunoslik instituti uchun qo‘lyozmalarni saqlash va tadqiq etishga mo‘ljallangan, jahon talablariga javob beradigan maxsus bino qurib berilganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Bino qo‘lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, raqamlashtirish uchun dunyo standartlaridagi jihozlar va boshqa moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan. Albatta, bu institut faoliyatini takomillashtirish va u yerdagi noyob xazinani zamon talablari asosida raqamlashtirishga xizmat qilmoqda. Xalqaro jamoatchilikni allomalarimizning dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirish, ilmiy markazlar hamda dunyoning yetakchi olimlarini mazkur yo‘nalishdagi tadqiqot ishlariga jalb etish, beqiyos ma’naviy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrash hamda xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan ishlar haqida so‘zlab bersangiz.
Xulosa
Darhaqiqat, vatanimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi mahsuli — qadimiy yozma manbalar xalqimizning buyuk ma’naviy boyligidir. Ularni asrab-avaylash, kelajak avlodga beshikast yetkazish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?.
Bugungi kunda O‘zbekistonda yuz mingdan ziyod qadimiy qo‘lyozma asar mavjudligi haqida ma’lumotlar bor. Olim va mutafakkirlarimizning tarixiy merosini chuqur o‘rganish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Darhaqiqat, yurtimiz qadimdan dunyo ilm-fani rivojlangan mintaqalardan biri sifatida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Barcha davrlarda bobolarimiz ilmning millat va davlat kelajagidagi o‘rnini juda yaxshi anglagan. Buning yorqin dalili sifatida muhaddislar sultoni — Imom Buxoriy bobomizning o‘n ikki asr oldin “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan fikrlarini keltirish mumkin. Qadimdan qaysiki davlatda hukmdor olimu ulamolarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, o‘sha yurt, albatta, ravnaq topgan. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi, Bag‘doddagi “Bayt ul-hikma” yoki temuriylar davri ilm-fani o‘z davrida rivojlanishning yuksak cho‘qqisiga erishgan va hali-hanuz jahon ilm-fani rivojida asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ma’naviy ildizimiz bo‘lmish yozma merosning tadqiqi va talqiniga xolisona yondashuv, boy tariximizning bizga ma’lum va noma’lum sahifalarini yoritishga, tabiiyki, mustaqillik yillarida imkon yaratildi. Keyingi yillarda manbalar tadqiqi va ularni saqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, Prezidentimizning 2017 yil 24 maydagi O‘rta asrlarda yashagan termizlik olimlar tomonidan islom ilmlari, tasavvuf, adabiyot va tibbiyot sohalari bo‘yicha ta’lif etilgan 300 ta asarning 1419 ta ilmiy tavsifidan iborat “Termizlik olimlar asarlarining jahon fondlaridagi qo‘lyozmalari” katalogi chop etildi.


Foydalanilgan adabiyotlar
Ozbekiston tarixi. Milliy istiqlol davri ::Toshkent- 2007 (Qamariddin Usmonov)
Internet resurslari ::ww.Ziyo.net
O’zbekistoning eng yangi tarixi :: Google qidiruv tizimi
Internet resurslari :: www.Arxiv. uz
Download 168,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish