Neyrolingvistika.
Neyrolingvistika fani ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Neyrolingvistikaga oid talqinlarda I.M.Sechenov tadqiqotlariga asoslanilgan. Boduen de Kurtene fikriga ko‘ra, “Psixik hodisalarni fiziologik substratdan ajratib bo ‘Imaydi, demak, ularning barchasi faqatgina tirik miya bilan birga mavjud bo ‘la oladi va uning oʻlimidan so ‘ng yo‘q bo ‘lib ketadi”
Neyrolingvistika nutqiy faoliyatning miyadagi mexanizmlarini va miyaga mahalliy shikast yetishi natijasida nutqiy jarayonlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Neyrolingvistika fanining vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari neyropsixologiya va neyrolingvistika asoschisi Aleksandr Romanovich Luriya nomi bilan bog’liq. Bu olim nutqiy buzilishlari tizimli tahlil qilishni lingvistika va psixolingvistikaning nazariy tushunchalari bilan umumlashtirgan va tadqiq qilgan.
A.Luriya hayoti davomida nutq muammolarini: uning ontogenezinini, funksiyalarini, buzilishini, miya tuzilishini o‘rgandi va bular haqida ‘‘Очерки психофизиологии письма”, “Основные проблемы нейролингвистики”, “Язык и сознание” va boshqa asarlarida ma’lumot keltirdi. A.Luriyaning 1950-yilda nashr etilgan “Очерки психофизиологии письма” kitobida va “Язык и сознание” monografiyasida inson ongining shakllanishida nutqning rolini keltirib o’tadi va uni tadqiqot muammosining yangi jihati deb hisoblaydi. A.Luriya monografiyasi, asosan, neyrolingvistik xarakterda bo‘lib, u nutqning vazifasi va strukturasi haqida o’zining lingvistik tadqiqotlari bilan miya atrofiga mahaliiy shikast yetishi natijasida nutqiy mulohaza va nutqning tushunilishidagi buzilish shakllarining farqlari haqidagi neyropsixologik ma’lumotlarni taqqoslaydi. U nutq hodisalarini kuzatish va o‘rganish bolalar nutqini o‘rganishga nisbatan murakkabroq ekanligini ta’kidlaydi.
Nutqiy nuqsonlarning namoyon bo‘lish sabablari va ko‘rinishlari turli-tumandir. Nutqiy nuqsonni o‘rganish tadqiqotchidan nafaqat lingvistika va psixologiya bilan, balki inson fiziologiyasi va tibbiyot bilan ham bog’liq bo‘lgan bilimlarning majmuasini egallashni talab etadi.
Nutqiy zonalar nutqiy mexanizmlaming aniq lokallashtirilishini namoyon qiladi. Nutq mexanizmlarining mana shu ikki: nutqni ishlab chiqarish va qabul qilish mexanizmi miyamizda turli xil tizim sifatida ajratilgan va ular normal sharoitlarda o‘zaro bogiiq bo‘ladi. Miyaga shikast yetishi ushbu ikki nutq mexanizmining buzilishiga olib keladi.
Bu esa turli afazik holatlami yuzaga chiqaradi. Miyaning u yoki bu nutqiy mexanizmlari faoliyati buzilishiga sabab bo‘luvchi zonalarining shikastlanishi bilan bog’liq nutq buzilishlari turlari afaziya deb nomlanadi. Afaziya miya qismlarining shikast topishi tufayli yuzaga kelgan nutq buzilishidir (yunoncha a – “inkor”, fasis— “nutq” demakdir). Nutq buzilishlarining barchasini ham afaziyaga kiritish mumkin emas. Nutq mexanizmlarining buzilishi natijasida yuzaga kelgan nutqiy nuqsonlar til sathlaridan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun nutq buzilishlarini o‘rganish bo‘yicha logopedik ishlarni tashkil etishda ona tilining o‘ziga xosligini ham inobatga olish zarur. Shuni ta’kidlash kerakki, nutqida kamchiligi bor insonlar nutqini o‘rganishda lingvistika insonparvar fan sifatida namoyon boʻladi.
Psixolingvistikada nutqiy ifodalarning shakllanishi va qabul qilinishi kabi psixologik qonuniyatlar o‘rganilsa, neyrolingvistikada miyaga shikast yetishi natijasida nutq mexanizmlarining buzilishi va nutqda yuzaga kelgan kamchiliklar o‘rganiladi. Nutq mexanizmlari harakati miya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, nutq mexanizmlarining buzilish sabablarini bilish shaxslar nutqidagi kamchiliklami aniqlashda va bartaraf etishda asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun ham neyrolingvistika va psixolingvistika bir-biriga bog‘liq bo'lib, neyrolingvistika psixolingvistikaning yo‘nalishi sifatida talqin qilinadi.
Tilshunoslar uchun nevropotologlar tomonidan o‘rganiladigan afaziya hodisasi muhim ahamiyatga ega. Afaziyani o‘rganish miyada nutqiy markazlaming joylashishini anglash imkonini beradi. Masalan, harakat afaziyasida bemor unga aytilgan nutqni tushunsa ham, so‘zlarni talaffuz qila olmaydi. Bunda miyaning chap peshona pastki orqa burmalarida joylashgan Broka markazi shikastlangan boʻladi. Agar bosh miyaning yuqori chakka burmasida joylashgan Vernike markazi shikastlansa, akustik afaziya sodir bo'ladi. Bunday holda bemor gapira oladi, lekin nutqni tushunmaydi, unda “fonematik eshitish qobiliyati” buziladi. U so‘zlami anglab bo'lmaydigan shovqindek qabul qiladi, ma’nosiga tushunmaydi. U hamma tovushlarni eshitadi, lekin ulami umumlashtirish va ajratish qobiliyatini yo‘qotadi. Bulaming hammasi ikkilamchi buzilishlarga – so‘zlarning noto‘g‘ri talaffuz qilinishiga, yozish qobiliyatining buzilishiga olib keladi. Bemor matnni qiyinchiliksiz ko’chiradi, lekin aytib turilgan matnni yoza olmaydi. Bosh miya qopqogi quyi qismi faoliyatining shikastlanishi nutqni qisman tushunishga olib keladi. Bunday holda semantik afaziya yuz beradi. Bemor mantiqiy grammatik munosabatlarni tushunmaydi, masalan: “otamning akasi” so‘z birikmasini yoki “akamning otasi”, “yoz bahordan keyin’’, “bahor yozdan keyin’’, “doira uchburchak toshda” birikmalarini farqlay olmaydi. Miyaning peshona chakka qismlarining shikastlanishi markaz faoliyatining buzilishiga, ya’ni nutqiy elementlaming ketma-ket bog'liqligini uzluksiz ta’minlashga monelik qiladi. Bunda bemor nutqni tushunadi va o‘zi gapira oladi, lekin to'liq bir gapni tuza olmaydi, hammaga ma'lum grammatik qoidalarga va kesimning bogʻlanishiga rioya qila olmaydi. U uzib, telegraf usulida gapiradi.
Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, bosh miyaning funksiyasi buzilishini o‘rganish tilning grammatik, fonetik, semantik jihatdan tahlil qilinishi va nutq jarayoni analizi uchun material bo'la oladi. Nutq markazlarini o‘rganish nutq jarayonini o‘rganishga yo'l ochib berdi. Bu jarayonda inson ichida o’ylaydi, o‘z fikrini ovoz chiqarib namoyon qilmaydi. Odatda ichki nutq eshittirib aytilgan so’zlarning oldini oladi. Ichki nutqda Broka harakati markazi to‘xtab qoladi, lekin o‘chmaydi. Miya ishtirokidagi jarayonda elektr to‘lqinlar tarqalishi aniqdir. Hozirgi vaqtda olimlar miya tarqatadigan aloqa to‘lqinlarini qayd qiladigan elektronensifalogiya apparatini ishlatadilar. Fikrlash va nutq mexanizmini ochib berishda bu apparat katta ahamiyatga ega.
Xulosa.
Xullas, lingvistik psixologizmning paydo bo‘lishida naturalizm va logizmning alohida o‘rni bor. Psixologiya ana shu jarayonlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, psixolingvistika tilning boshqa xususiyatlarini, xususan, til birliklaridan nutqiy jarayonda foydalanish va ularda shaxsning xususiyatlari, ruhiyati va tafakkuri, xarakteri va kayfiyati bilan bog'liq ma'no, tushuncha ifodalanishi kabi masalalarni o'rganadi.
Til va millat, til va xalq, til va shaxs, til va tafakkur, til va jamiyat kabi tushunchalar birbiridan ajralmas, bir-biriga ma'no jihatdan bog‘langan bo‘lish bilan birlikda, bir-birini boyitib, to‘ldirib boruvchi hodisalardir. Kishilar til yordamida fikr almashadilar. Til tafakkur bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, fikrni moddiylashtiradigan, reallashtiradigan vositadir. Tafakkur inson oliy nerv sistemasinning faoliyati bo‘lib, tilda o‘z ifodasini topadi. Uning moddiy qobig‘i tildir. Demak, til materiallarisiz fikr yuzaga chiqmaydi. Til bilan tafakkur murakkab qaramaqarshiliqlarga boy bo‘lgan dialektik birlikni tashkil etadi. Ko‘rinadiki, til jamiyatning asosiy aloqa aralashuv vositasi sifatida tushuniladi, shuning uchun tilni har tomonlama o‘rganish va tahlil qilish lozim. Qolaversa, matnning tuzilishi va semantik idrok etish mezonlarini aniqlash, birinchi navbatda, nutq faoliyatining operativ tarkibini psixolingvistik tahlil qilish asosida matn strukturasining tarkibiy qismlarini o'rganish bilan bog'liq bo'lib, u hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Nutqni o‘stirish nazariyasi va metodikasi. –T.: Barkamol fayz media. 2018.
2.Psixolingvistika. O‘quv-uslubiy majmua. ToshDO‘TAU., 2018.
3.Gluxov, V. P. Psixolingvistika asoslari. -M., 2005 yil.
4. Toʻxtayeva S. Neyrolingvistika – psixolingvistika yo’nalishi sifatida. Metodist. Ilmiy maqolalai to’plami. – Toshkent.2017.
5. Madjidova R.U., Muxitdinova X.S., Sultonova Sh.M. Umumiy tilshunoslik fanidan ma'ruzalar matni. – Toshkent – 2016.
6. Primov A., Qodirova X. Tilshunoslikning dolzarb muammolari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |