4.Semiz hujayralar (labrositlar) bo’qoq bezida, til, murtaklar, bachadon, sut bezlari, me`da ichak yo’llari kabi organlarning kapilyar tomirlari devorida ko’plab uchraydi. Shakli yumaloq bo’lib ko’chib yurish xususiyatiga ega. Yadrosida xromastin ko’p. Bundan tashqari, mitoxondriy, Golji kompleksi, endoplazmatik tur, hujayra markazi bo’ladi. Ularning vazifasi uzoq vaqtlargacha ma`lum bo’lmay keldi. Semiz hujayra donachalari oqsil bilan birikkan geparin moddasida tashkil topgan bo’lib, tarkibida gistamin, lipaza, kislotali va ishqoriy fosfotaza, sitoxromasidaza va peroksitazalar topilgan. Ular suyak ko’migida birlamchi hujayra mielosit va limfisitlardan tarqaladi. Semiz hujayralarning miqdori organizmda har xil fiziologik holatiga qarab o’zgarib turadi. Masalan, homiladorlik davrida bachadonda va sut bezlarida ko’payib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |