3.Plazmatik hujayralar ( plazmositlar) organizmda antitelo yaratilishida ishtirok etadi. Organizmda antigen paydo bo’lishi bilan o’zidan unga gamma globulin oqsili, ya`ni antitelo ishlab chiqara boshlaydi. Plazmatik hujayralar suyak ko’magida, taloq, jigar, buyrak va limfa tomirlarida ko’plab uchraydi. Har xil kasalliklarda ularning soni ko’payib ketadi, qizamiq, leykoz kasalliklarida esa qon tarkibida ham uchraydi. Ularning ko’rinish yumaloq yoki ovalsimon shaklda, yirik limfosit yoki monosit ko’rinishida bo’ladi. Plazmatik hujayralar hozirgi zamon nazariyasiga qaraganda suyak ko’migida qon ishlab chiqaradiganhxujayralardan hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |