Pigment to`qimasi (textus pigmentosus). Bu to`qima ko`p miqdorda pigment hujayralarini (melanotsitlarni) saqlaydi. Bu to`qima so`rg`ich sohasida, anal teshigi atrofida, yorg`oq xaltada hamda ko`zning qon tomir va rangdor pardalarida uchraydi.
Shilliq to`qima (textus mucosus). Bu to`qima faqatgina embrionlarda uchraydi. Uning hujayralari asosan fibroblastlar bo`lib, asosiy moddada juda ko`p miqdorda gialuron kislotasi uchraydi. Bu kislota amorf yoki asosiy moddaga dirildoq yoki shilliqsimon xususiyat beradi. Homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab asosiy moddada kollagen tolalarining miqdori oshadi va shilliq to`qima siyrak tolali biriktiruvchi to`qima shaklini ola boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |