TIBBIY-IJTIMOIY TADQIQOTLARDAGI SALOMATLIGI
DARAJALARI
Individual salomatlik — bu alohida insonning sog’lig’i.
Guruh salomatligi — ijtimoiy va etnik guruhlarning salomatligi.
Mintaqaviy (regional) salomatlik — ma’muriy hududlar aholisining salomatligi.
Jamoat salomatligi — populyatsiya salomatligi, umuman aholining sog’ligi; «kasalliklarni oldini olish, hayot davomiyligini uzaytirish va tashkiliy sa’y- harakatlar orqali sog’lomlashtirish, jamiyat, tashkilotni o’z fikriga binoan tanlash (davlat yoki xususiy, jamoat yoki individual) ilmi yoki san’ati» deya ta’riflanadi. Jamiyat sog’lig’ining profilaktikasi usullari — ta’lim dasturlarini joriy etish, siyosatni, xizmat ko’rsatishni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar o’tkazishdir. Emlash tushunchasi jamoat salomatligi tushunchasi bilan bog’liq. Davlat sog’liqni saqlash dasturlarining ulkan ijobiy ta’siri keng e’tirof etilgan. XX asrdagi sog’liqni saqlash siyosati natijasida qisman, chaqaloqlar va bolalar o’limining pasayishi kuzatildi va dunyodagi ko’plab odamlar hayot davomiyligi barqaror o’sdi. Misol uchun, amerikaliklarning o’rtacha umr ko’rish darajasi 1900 yildan boshlab 30 yilgacha, butun dunyoda olti yilga ortganligi qayd etildi.
SALOMATLIK DARJASINIANIQLASH, UNING KO’RSATKICHLARI
Inson salomatligi — sifat ko’rsatkichi bo’lib, u miqdoriy parametrlar: antropometrik (bo’y, vazn, ko’krak qafasi hajmi, a’zolar va to’qimalarning geometrik shakli); jismoniy (yurak urish tezligi, arterial qon bosimi, tana harorati); biokimyoviy (tanadagi kimyoviy elementlar, eritrotsitlar, leykotsitlar, gormonlar va boshqalar miqdori); biologik (ichak florasining tarkibi, virusli va infektsion kasalliklar mavjudligi) va boshqa biomarkerlardan tashkil topadi.
Inson organizmi holati uchun «norma» tushunchasi mavjud bo’lib, bunda parametr qiymatlari tibbiyot fani va amaliyoti bilan belgilanadigan diapazonga to’g’ri kelishi inobatga olinadi. Qiymatning berilgan diapazondan og’ishi, salomatlik yomonlashuvining belgisi va dalili bo’lishi mumkin. Tashqi tomondan, sog’likni yo’qotish tananing tarkibiy tuzilmalari va funktsiyalarida o’lchanadigan buzilishlarda, uning moslashuvchanligi o’zgarishida ifodalanadi.
JSST nuqtai nazaridan, odamlar sog’lig’i ijtimoiy sifat hisoblanadi va shu munosabat bilan aholi salomatligini baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlar tavsiya etiladi:
Yalpi ichki mahsulotni sog’liqni saqlashga sarflash;
Birlamchi tibbiy yordamning mavjudligi;
Aholining immunizatsiya darajasi;
Homilador ayollarni malakali xodimlar tomonidan tekshirilishi darajasi;
Yalpi ichki mahsulotni sog’liqni saqlashga sarflash;
Birlamchi tibbiy yordamning mavjudligi;
Aholining immunizatsiya darajasi;
Homilador ayollarni malakali xodimlar tomonidan tekshirilishi darajasi;
Bolalarning oziqlanish holati;
Bolalar o’limi darajasi;
O’rtacha umr ko’rish davomiyligi;
Aholining gigienik savodxonligi.
Та' lim jarayonida sog' likni muhofaza qiluvchi muhit yaratish dolzarb pedagogik muammo sifatida Agar ta' lim logikasi “Nima uchun o’qitamiz?” degan savolga, ta'lim mazmuni “Nimani o’rgatamiz?” degan savolga javob bersa, pedagogik 7 texnologiyalar “Qanday o’qitamiz?” degan savolga javob beradi. Salomatlikni muhofaza qilish nuqtai nazaridan esa: ta' limni shunday tashkil etish kerakki, bunda o’qituvchi va o’quvchlarning salomatligiga ziyon etmasin, deymiz. SHunga ko’ra salomatlikni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni istalgan ta' limiy texnologiyalarning sifat ko’rsatkichi, ya' ni “salomatlik uchun xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi sertifikat” deb ham, pedagogik faoliyatning salomatlikni muhofaza qilish vazifalari bilan to’ldirilgan printsip, usul, metod va vositalar yig' indisi deb ham qarash mumkin. Ta' lim jarayonida salomatlikni muhofaza qilish vazifalarining qo’yilishini ikki aspektini belgilash mumkin: vazifa-minimum, vazifa-optimum.
Vazifa minimum meditsina va pedagogikaning fundamental printsipi - “Zarar etkazma!” degan printsipiga javob beradi hamda o’quvchilarning salomatligiga zarar etkazmaydigan ta' lim, tarbiya va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi. Bu vazifa o’quvchi mehnatini muhofaza qilish vazifasi bilan bir xil bo’lib hisoblanadi. Odatda, mehnat muhofazasi ishlab chiqaruvchining salomatligini asrash, uning shikastlanishi, sog' ligiga zarar etkazilishining oldini olishga qaratiladi. O’quvchining “ishlab chiqarishdagi ish joyi ” - bu parta, sinf, maktab; faoliyati - o’qish bo’lib, bunda ta' lim muassasasi rahbari va har bir o’qituvchining vazifasi - o’quvchini maktabda bo’lgan vaqtida jismoniy va ruhiy jihatdan unga shikast etkazishi mumkin bo’lgan omillardan asrashdir. Ana shunday faktorlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: I. ekologik-gigienik omil (atrof-muhit); 2. tashkiliy-pedagogik omil; 3. pedagogik-psixologik omil. Salomatlikni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni amalda qo’llashni esa vazifa- optimum deb qarash mumkin bo’ladi. Bu texnologiya salomatlikni muhofaza qilish bilan birga o’quvchilarda sog'lom turmush tarzi odatlarini tarkib toptiradi va salomatligini mustahkamlaydi, ularda salomatlik madaniyatini shakllantiradi, shu bilan bir qatorda o’qituvchilarning ham salomatligini asrab, ularda ongli ravishda o’zi va atrofidagilarning salomatligiga g' amxo’rlik qilish madaniyatini shakllantiradi. Salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasining printsiplari quyidagilardan iborat:
1. Zarar etkazmaslik printsipi.
2.O’qituvchi va o’quvchilarning salomatligini asorashning ustivorligi printsipi. Bu ta' lim muassasasida ro’y beradigan barcha voqea- hodisalar - ishchi o’quv reja, ish rejalarining ishlab chiqilishidan tortib to ularni bajarilishini tekshirish, darslarning tashkil etilishi, tanaffuslarning vaqtida bo’lishi, o’quvchitlarning darsdan tashqari ishlarini tashkil etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash, ota-onalar bilan ishlash va boshqalar o’qituvchi va o’quvchilar . Maktab o’quvchilari salomatligini muhofaza qilish va uni rivojlantirish yoshlar umumiy salomatligi diagnostikasi, profilaktikasi hamda bevosita davolanishi sohalarida amaliy ta' sirga ega muhim bir bo’g'in hisoblanadi. O’rta umumta'lim maktablarida o’quvchilarga
individual yondashish o’ziga xos psixo-pedagogik jarayon bo’lib, u quyidagi asoslarda o’z aksini topadi: - o’quvchi uchun unga xos bo’lgan barcha jihatlar, albatta, shaxsiy mazmunda bo’lib, unga qo’pol aralashib bo’lmaydi; - axloqiy va huquqiy jihatdan barcha o’quvchilar, albatta, teng huquqlidir; - o’quvchilarning har biriga ularni ajratmasdan ishonch, hurmat va samimiylik bilan muomalada bo’lish; - hech kim hech qachon o’quvchidan o’z maqsadi yo’lida g'arazli foydalanishga haqqi yo’q; - har bir o’quvchi har qanday masalada erkin tanlash imkoniga ega bo’lishi kerak; 10 - maktab o’quvchisi shaxsining yuksalishiga to’siq bo’lmay uni rivojlantirishi kerak. O’quvchi salomatligini muhofaza qilish muhitini yaratishning bosh maqsadi uni tashqi salbiy ta'sirlardan (yomon axloqiy muhitdan, avtoritar munosabatlardan, ma'lum bir bezori guruh bosimidan, jinoiy xarakterdagi zo’ravonlikdan, qiziqarli, lekin salbiy axborot ta' sirlaridan, bolalarni o’ziga tortuvchi zararli odatlardan) himoya qilish zarur bo’ladi. SHu bilan birga o’quvchilarni ko’zga ko’rinmasada, lekin ular tarbiyasini va albatta sog' ligiga zarar etkazuvchi ma' naviy-ruxiy qusurlardan (xudbinlik, kibru-havo, nafs balosi, xudbinlik, jaholatparastlik, ma'naviy noqislik, axloqiy buzuqlik, laganbardorlik v.h.k.z) himoya qilish ham, albatta, muhim ahamiyatga ega bo’ladi. O’quvchilar sog'ligi shakllanishi va rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar tabiiy, ijtimoiy, psixofiziologik, tashkiliy pedagogik va ma' muriy-boshqaruv yo’nalishlarda bo’ladi. Undagi tashkiliy pedagogik ishlar asosan o’quvchilarda sog'lom rivojlanish, sog'lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. Pedagogik faoliyatda esa u quyidagi vazifalar ijrosida amaliy namoyon bo`ladi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida yoshlar masalasiga alohida urg'u berdi.
Ushbu murajaatnomada yoshlar haqida keltirilgan maqtovlar va biz yoshlarga bo‘lgan ishonch kuchimizga-kuch hamda g'ayratimizga- g'ayrat qo'shdi, desam mubolag'a bo'lmaydi.
Murojaatnomada yoshlarni sogiom va barkamol tarbiyalash borasida belgilangan chora-tadbirlar, xususan, Nukus shahrida Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi, Urganchda “Yoshlik” sport majmuasi, Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro shaharlarida universal sport komplekslari, Qarshi shahrida sport-sog'lomlashtirish majmuasi, ko‘p tarmoqli yopiq suzish havzasi barpo etilishi kelgusida sport sohasida ko'plab yoshlarimizni yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko‘tarishga zamin yaratishi shubhasiz.
Chetda ishlayotgan va tahsil olayotgan yoshlar borasida Yurtboshimiz tomonidan berilgan takliflar 0‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratish, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o'tkazish hamda chet ellarda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan o'zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish kabilar, o'ylaymanki xorijdagi yurtdoshlarimiz bo'lmish yoshlarni vatanparvarlik tuyg'usini saqlab qolish bilan bir qatorda tajriba almashish maydonini xosil qilishda poydevor vazifasini o‘taydi.
Shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun 2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi ayni muddao bo'ldi. Murojaatnomada kelasi yildan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona ko'rigida xavf-xatardan ogoh etish
Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o'tkazish hamda chet ellarda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan o'zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish kabilar, o'ylaymanki xorijdagi yurtdoshlarimiz bolmish yoshlarni vatanparvarlik tuyg'usini saqlab qolish bilan bir qatorda tajriba almashish maydonini xosil qilishda poydevor vazifasini o‘taydi.
Shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun 2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi ayni muddao bo‘ldi. Murojaatnomada kelasi yildan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona ko‘rigida xavf-xatardan ogoh etish tizimi, ya’ni, tadbirkorlar qanchalik halol ekaniga qarab, ularni “yashil” va “qizil” yo'laklar orqali o'tkazish joriy etilishi, barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tekshirish ikki yilga to'xtatilishi, internet tarmog'ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibi o'rnatilib, 2018 yildan elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo'yicha elektron tizim tashkil etilishi va shu kabi bir qator imtiyozlar berilgani tadbirkorlar, ayniqsa yosh va yangi innavatsion g'oyalar bilan o‘zining mustaqil tadbirkorligini yo'lga qo'yish istagida bolgan yoshlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi.
Fikrim xulosasi o'rnida shuni ta’kidlash lozimki, ushbu murojaatnoma barcha soha vakillarini va har bir yurtimiz fuqarosini ertangi kunga bolgan ishonchini oshirish bilan bir qatorda, tadbirkorlik sohasiga havasini uyg'otib, hayotda biror yutuqqa erishish uchun harakat qilish hamda mehnat qilish vaqti kelganini ayon etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |