Yuklama.
Yuklama- yordamchi so`zlarning bir turi, ayrim gap bo`lagiga yoki gapga qo`shimcha ma’no berish uchun qo`llanadi. Yuklama tuzilishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: qo`shimchasimon yuklama (qo`shimcha holiga kelib qolgan yuklama: -mi, -chi, -a, -ya) va so`z yuklama ( ayrim so`z holidagi yuklama: xuddi, naq, ham…).
Hozirgi o`zbek adabiy tilida gapga yoki ayrim so`zlarga qo`shilganda anglatadigan ma’nolariga ko`ra yuklamalarning quyidagi turlari farqlanadi:
So`roq- taajub yuklamari. Gapning mazmuniga so`roq- taajjub ma’nosini yuklaydi: -mi, -chi, -a, -ya. Yozuvda –mi yuklamasi so`zga qo`shib, qolgan yuklamalar esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi: Bola-chaqa omon ekanmi? Men bor-ku!
Ayiruv- chegaralov yuklamalari. O`zi qo`shilayotgan so`zning ma’nosini ayirib-chegaralab keluvchi faqat, -gina, -kina, -qina yuklamalari ayiruv-chegaralov yuklamalari hisoblanadi: Faqat daraxtlar, ariqlar, ko`priklargina tanish.
Kuchaytiruv- ta’kid yuklamalari. Gapning ma’lum bir bo`lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalar. Hatto, nahotki, ham, g`irt singari so`zlar, -ku, -u, -yu, -da, -oq, -yoq qo`shimchalari kuchaytiruv-ta’kid yuklamalaridir. Yozuvda –ku, -yu, -u, -da yuklamalari chiziqcha bilan, -oq, -yoq yuklamalari esa qo`shib yoziladi: To`g`ri- da, u tenggi bolalar sumka ko`tarib maktabga borishadi, uni esa kichkina deb xafa qilishadi.
O`xshatish-qiyoslash yuklamalari. So`z yoki gapga o`xshatish- qiyoslash ma’nosini yuklovchi xuddi, go`yoki kabi yordamchi so`zlar o`xshatish- qiyoslash yuklamalari deyiladi; Dardga darmon bo`ladigan ham shu so`z, turmushga og`u soladigan ham xuddi shu so`z.
Gumon yuklamasi. Gap mazmuniga gumon .ma’nosini yuklovchi –dir qo`shimchasi gumon yuklamasi hisoblanadi. Bu yuklama –man, -san, qo`shimchalari qatorida turuvchi shaxs qo`shimchasi –dir bilan shakldoshdir. –dir yuklamasi urg`u olmaydi.
Inkor yuklamasi. Gap mazmuniga inkor ma’nosini beruvchi hech, sira, aslo, na…na kabi so`zlar inkor yuklamalari sanaladi: Hayratga tushmasman bu holdan sira, dunyo bu- quvg`indi, ohuday yelar.
Xulosa.
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, yordamchi so`zlar tilimizni, uning cheksiz imkoniyatlarini yana ham boyroq, ifodalarimizni yana ham aniqroq va go`zalroq qilishning vositalaridandir. Yordamchi so`zlar jumlalarimizning rang-barangligini ta’minlaydi: 1) senday qiz, 2) sendek qiz, 3) sendayin qiz, 4) sening kabi qiz, 5) sen singari qiz, 6) senga o`xshash qiz…( Bu birikmalar o`xshash ma’noni ifodalagani bilan ularning har biri juda nozik farqlarga ega).
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
Rahmatullayev Sh. ,,Hozirgi adabiy o`zbek tili’’
Sayfullayeva R. va b. ,, Hozirgi o`zbek adabiy tili’’
@Wikipediya
Do'stlaringiz bilan baham: |