Termiz Davlat Universiteti Pedagogika Instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 21-03 guruh sirtqi bo’lim 1-bosqich talabasi Xaitbayeva E’zozaning Surxondaryo tarixi fanidan tayyorlagan
Referati
Mavzu:
Mog’ullar istilosi va uning oqibatlari
Reja:
1. Mo'g'ullar istilosi va Chig'atoy ulusining tashkil topishi.
2. Mo'g'ullar hukmronligi davrida O'zbekistonning ijtimoiy tuzumi.
3. Chig'atoy ulusida hokimiyat va boshqaruvning amalga oshirilishi.
4. Huquqdagi o'zgarishlar.
Mo'g'ullar istilosi va Chig'atoy ulusining tashkil topishi
Mo'g'ul qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi va jipslashuvi jarayoni mo'g'ul xoni Temuchin (1155-1227) nomi bilan bog'liq. U mo'g'ullarnigina emas, ular bilan yonma-yon yashabkelayotgan jaloyir, o'yrot, keroit, nayman, qoraxitoy, qirg'iz, uyg'ur, qorliq singari turkiy qabilalami ham o'z qo'li ostida birlashtirib, kuchli davlatga asos soldi.
Temuchinning ulug' hoqon sifatida mavqeyining mustahkamlanishida 1206-yilda Qoraqurumda chaqirilgan umummo'g'ul qurultoyi alohida o'rin tutdi. Qurultoyda, birinchidan, barcha mo'g'ul urug'-qabilalari hamda ularning qo'l ostida birlashgan boshqa qabila va elatlar yo'lboshchilari jam bo'lgan edi. Anjumanda Temuchinni ulug' xon qilib ko'tarish, unga vujudga kelayotgan birlashgan qudratli harbiy davlatni mustahkamlash, istilochilik urushlari olib borish uchun cheklanmagan vakolatlar beriladi. Shuningdek, qurultoy mo'g'ullarning hukmron tabaqalari - no'yonlar, bahodurlar va tarxonlarga juda katta imtiyozlar berdi, ularning manfaat-qiziqishlarini qonunlashtirdi. Qurultoyda mo'g'ullarning dunyoga hukmron bo'lishdan iborat uzoqqa mo'ljallangan asosiy maqsad va vazifalari ham belgilab olindi.
Qurultoyda Temuchin barcha mo'g'ul-tatar xonlarining ulug' xoni (qooni) deb e'lon qilindi va unga Chingizxon laqabi berildi. Chingizxon iborasi mualliflar tomonidan «kuchli», «qudratli», «toza» va hokazo ma'nolarda talqin qilinadi.
Qurultoy qabul qilgan «Yaso» hujjati ulug' xon hokimiyatini yanada Wustahkamlash, yangi feodal tabaqa - tarxonlar mavqeyini kuchaytirish, davlatning harbiy qudratini yuksaltirishning muhim qonuniy asoslarini yaratib berdi.
Chingizxon ulug' hoqon deb e'lon qilingan birinchi kunning o'zidayoq o'zining eng yaqin kishilaridan 95 nafarini bahodur - mingboshilar etib tayinladi va bir necha ming kishi tarxonlik yorliqlari bilan siylandi. U ayni paytda 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini ta' sis etdi va 150 kishidan iborat shaxsiy gvardiya hamda 1000 nafar dovyurak jangchilardan iborat shaxsiy drujina tuzdi. Keyinroq shaxsiy drujina tarkibi 10 ming nafarga yetkazildi.
Chingizxon o'z markaziy hokimiyatini mustahkamlab olishga erishgach, kuchli, har tomonlama harbiy tayyorgarlik ko'rgan jangovar armiya tuzib, qo'shni davlatlarni. birin-ketin istilo etishga kirishadi. 1206-1211-yillar davomida Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlari (buryat, yoqut, oyrat, qirg'izlar) bo'ysundiriladi. Mo'g'ul sarkardasi Xubilay Yettisuvning shimoliy hududlarini zabt etadi. 1211-yilda uyg'urlar yeri istilo etilgach, Chingizxon Xitoy hududlarini bosib olishga kirishadi.
1215-yilda Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin ishg'ol qilinadi. 1217-yilga kelib, Xuanxe daryosining shimolidagi barcha yerlar mo'g'ullar qo'l ostiga o'tadi. 1218-yilga kelib esa Yettisuv hududining qolgan qismi ham mo'g'ullarga tobe bo'ladi.
Mo'g'ul hukmdori Xorazmshoh bilan bo'lgan o'z diplomatik aloqasida shu qadar ustakorlik yo'lini tutdiki, bunda uning tomonidan yuborilgan elchilik missiyasi faqat yaxshi qo'shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini yaxshilash, mustahkamlashga qaratilgan nomayu samimiy tilaklarni Xorazm hukmdoriga yetkazib turdi. Amalda esa o'z bosqinini qanday yo'llar bilan amalga oshirish choralarini ko'rib bordi, bunga sababu bahonalar izladi. Nihoyat, 1218-yil kuzida Chingizxon jo'natgan, tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik boy savdo karvonining O'trorda Xorazmshoh ishorasi bilan talanishi va yo'q qilinishi mo'g'ullar uchun shunday muhim ashyoi dalil bo'ldiki, bu hoi ikki o'rtada yuz berishi muqarrar bo'lgan katta urushga sabab bo'ldi.
Mo'g'ul hukmdori Chingizxon o'zining ko'p sonli qo'shini (ba'zi manbalarda ta'kidlanishicha, uning tasarrufida 600 minglik jangovar armiya to'plangan edi) bilan Movarounnahr sarhadlariga istilochilik yurishlarini boshlaydi.
O'zini «Iskandari soniy» (Ikkinchi Iskandar) deb atagan Muhammad Xorazmshoh mo'g'ullar hujumi boshlanishi bilanoq butunlay vahimaga tushib, dushmanga qanday zarba berishni ham, mamlakat mudofaasini tashkil etishni ham bilmay qoladi.
1219—1221 -yillar oralig'ida Movarounnahr va Xorazm hududlari mo'g'ullar asoratiga tushib qoldi.
Mo'g'ullar saltanatining ulug' hukmdori Chingizxon vafotidan so'ng uning vasiyatiga binoan itoatga keltirilgan ajnabiy hududlar o'g'illari -jo'jixon, Chig'atoy, O'qtoy va To'lixonlarga bo'lib berilgan edi. Shu iumladan, Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkiston Chig'atoy tasarrufiga 'berilganligidan bu hududlar Chig'atoy ulusi nomi bilan atala boshlandi.
XIV asrning 40-yillariga kelib Chig'atoy ulusi ikki qismga: Yettisuv, Farg'onaning sharqiy qismi, Sharqiy Turkistondan iborat Mo'g'ulistonga va G'arbiy ulus - Movarounnahrga bo'linib ketdi. Xorazmning sharqiy qismi ham G'arbiy ulusga qaragan.
1340-1360-yillar fitna-fasod, o'zaro feodal kurash va ulusda siyosiy tarqoqlikning kuchaygan davri bo'ldi. XIV asrning 50-yillari oxirida Chig'atoy ulusining har ikkala qismi mayda boshqaruv tizimlariga bo'linib ketdi.
Movarounnahrda avj olib ketgan ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik, mo'g'ul va turk xonlari, amirlari o'rtasidagi o'zaro nizolar va besamar kurashlar o'lka hayotiga chuqur salbiy ta'sir o'tkazdi, uning uzil-kesil parchalanib ketish xavfini keltirib chiqardi. Bunday murakkab, keskin vaziyatda Movarounnahr yaxlitligini saqlash, mahalliy hukmdorlarning o'zboshim-cha xatti-harakatlarini jilovlash, yurtni mo'g'ullar istibdodidan xalos qilish, uni mustaqil taraqqiyot yoiiga solib yuborishdan iborat birdan-bir tarixiy vazifa ko'ndalang bo'lib turardi. Uni muvaffaqiyatli uddalash ulug' bobomiz Amir Temurga nasib etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |