3.Qurilish sanoati– pandemiya sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotining lokomotiviga aylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida20 aprel kuni sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev majlisda ta’kidlaganidek, qurilish sanoati koronavirus pandemiyasi ta’sirini yumshatish, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish borasida katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan “drayver” sohalardan biri hisoblanadi.
Shunday ekan, qurilish sohasining bugungi kundagi tendensiyalari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotida tutgan o‘rni, pandemiya sharoitida sohani qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari va kutilayotgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |