Referati Mavzu: "Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida qurilishning tutgan oʻrni va ahamiyatini aytib bering?"



Download 142,61 Kb.
bet8/10
Sana10.02.2022
Hajmi142,61 Kb.
#440016
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5195145295385597263

Qurilish ishlari qanday jadallashtiriladi?
Joriy yilda 86trillion so‘mlik yoki o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga ko‘p qurilish ishlari bajarilishi kerak bo‘lib, shu maqsadda:
karantin qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda, barcha qurilishlarni davom ettirishga ruxsat beriladi;
qurilish korxonalari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning ob’yektlarga borishi uchun to‘siqsiz harakatlanishiga sharoit yaratiladi;
qurilish ishlarida samaradorlik, mablag‘larni optimizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratiladi va 3,6 trillion so‘m hisobidan bajariladigan loyihalarda ortiqcha sarf-xarajatlar qisqartiriladi;
2020 yilda 30 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, o‘z egalariga topshiriladi.
Shuningdek, inqiroz sharoitida uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va aholining uyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida qo‘shimcha chora tadbilar amalga oshirish belgilandi. Xususan:
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga kreditlarning foiz xarajatlarini qisman qoplash va kredit summasining 50 foizigacha kafolat berish mexanizmi joriy etiladi;
yangi tartib asosida berilayotgan ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilga uzaytiriladi va shu orqali ipotekaga olingan uy-joyning oylik to‘lovi miqdori kamaytiriladi;
uy sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditining eng yuqori chegarasini qayta ko‘rib chiqiladi, bozor talablari asosida ko‘paytiriladi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarishqanday o‘zgaradi?
Qurilish ishlarini ko‘paytirish qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini ham oshirishni taqozo etadi. Shu maqsadda, quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilandi:
import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish. Bunda DSP ishlab chiqarish 1,5 baravarga, santexnika va gazobeton bloklarni 2 baravarga, gulqog‘ozni 3 baravarga oshirilsa, keramik plitalar ishlab chiqarish esa 18 million kvadrat metrga yetkaziladi. Shuningdek, “Kvars” korxonasida yiliga 22 million kvadrat metr oyna ishlab chiqarish loyihasi ham 1 iyulgacha ishga tushishi kutilmoqda.
pandemiya davrida sementni eksport qilishdagi cheklovlar bekor qilinadi, qurilish materiallarini eksport qilishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan yukni tashish jarayonida chegirmalar berilishi masalasi ham ko‘rib chiqiladi;
275ta istiqbolli kon o‘zlashtiriladi. Xususan, joriy yil aprel-may oylarida G‘ozg‘onda 52 million dollarlik 14 ta loyiha ishga tushirilsa, Sharg‘unda gips, Chimboyda keramzit, Paxtachida granit kabi materiallarni o‘zlashtirish jadallashtiriladi;
energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarishda 7 ta loyihani ishga tushirish orqali,gazobeton blok ishlab chiqarishni 1 350 ming kub metrga, bazalt plitalar 73 ming tonnaga, oyna ishlab chiqarish esa 40 million kvadrat metrga yetkaziladi.
Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishida ishlarni kuchaytirishning nostandart choralari
Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishida ishlarni jadallashtirish maqsadida inqirozga qarshi jamg‘armadan qo‘shimcha 1,5 trillion so‘m, xususan suv ta’minoti bo‘yicha 55 ta loyihaga 500 milliard so‘m va yo‘l qurilishi bo‘yicha 1 547 ta loyihaga 1 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur mablag‘lar yordamida orqali joriy yil 1 400 kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 6ming kilometr yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlari bajariladi.
Mazkur tarmoqda ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun yuqoridagi loyihalar zudlik bilan boshlanishi,xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘larini o‘zlashtirishnitezlashtirish, shuningdek yo‘l qurilishiga mahalliy pudrat tashkilotlarini jalb qilishbelgilandi. Shu bilan birga, kechikkan loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun uch smenali ish tashkil etilgan holda ikkinchi chorakda jami amalga oshirilishi belgilangan loyihalarni 60 foizga bajarishgaerishiladi.
Eng muhimi,joriy xarajatlarni optimallashtirish orqali ushbu sohalarning samaradorligini oshirish ko‘zda tutilmoqda. Samarasiz nasoslarni yangilash, xarajat va yo‘qotishlarni qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olinmoqda.Buning o‘zidan elektr energiyasi va boshqa xarajatlarni yiliga 7 milliard so‘m miqdorida kamaytirishga erishish mumkin bo‘ladi7.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, qurilish sohasi qisqa muddat yangi ish o‘rinlarini yaratish, bozorda talab va taklifni shakllantirish orqali inqirozning salbiy ta’sirini yumshatadi, uzoq muddatda esa yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi “o‘sish nuqtasi” va odamlar hayot farovonligini yuksaltirishning muhim omilidir.
Arxitektura-qurilish sohasini boshqarishning shaharsozlik faoliyatiga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashkil etildi.8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, xususiy biznesga katta erkinlik berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.9
Shu bilan birga, qurilish sohasidagi ishlar holatini o‘rganish ushbu sohasida islohotlarni jadal amalga oshirishga va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar borligini ko‘rsatdi.
Milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida kabi, qurilish sohasida ham raqobat muhitini rivojlantirish mexanizmi asosidako‘zlangan natijalarga erishish mumkin. Buning uchun qurilish sohasida kichik va xususiy korxonalar faoliyatinirivojlantirish, aksiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlarini boshqa mulk shakllardagi korxonalarga aylantirish jarayonlarini takomillashtirish,sohada xizmat qiluvchi yangi tuzilmalarni, ayniqsa konsalting, injiniring, lizing va ijara firmalari hamda kompaniyalarini tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirish uchun etarli darajadagi qulay huquqiy va iqtisodiy jihatdan imkoniyatlarni yaratish talab qilinadi.



Download 142,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish