Qurilish sanoati va iqtisodiy rivojlanish
Ko‘plab davlatlar misolida o‘tkazilgan epirik tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, qurilish sohasi va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasida kuchli bog‘liqlik mavjud. Mashina yoki ishlab chiqarish vositalariga kiritiladigan investitsiyalar bilan birga, qurilish sohasi orqali amalga oshiriluvchi infratuzilmaviy loyihalar – yo‘llarning qurilishi, elektrenergiya bilan ta’minlash, kommunikatsiya vositalarining barpo etilishi uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Bo‘ yo‘nalishdagi dastlabki tadqiqot 1969 yilda D.Turin tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, unda 87ta davlatning iqtisodiy o‘sishi va mazkur davlatlarda qurilish sohasiga kiritilgan investitsiyalar o‘rtasida kuchli chiziqli bog‘liqliq aniqlangan. Ya’ni, qurilish sohasiga kiritilgan investitsiyalarning ortishi bilan jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi ham kuzatilgan. Mazkur bog‘liqlik, shuningdek, Strassman (1970), Vells (1986) va Jahon bankining (1994) tadqiqotlarida ham o‘z tasdig‘ini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |