Birinchi nazariya jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik shaxsiy yoki mulkiy xususiyatdagi ta’sir chorasi ekanligini ifodalaydi. Bu tushuncha ilmiy adabiyotlar va darsliklarda qayd etilgan.
Ikkinchi nazariya jinoiy javobgarlik jinoyat qonunchiligida ko‘rsatilgan davlat majburlov chorasi sifatida tushunadi, ya’ni aybdorga nisbatan sudlanganlik oqibatini keltirib chiqaruvchi majburlov chorasi qo‘llaniladi.
Uchinchi nazariyada jinoiy javobgarlik deganda, barcha jinoyat huquqiy munosabatlarni, shuningdek,, shaxs va davlat o‘rtasidagi(huquqni muhofaza etuvchi organlar timsolida) munosabatlar tushuniladi.
I.Y. Kozachenkoning fikricha: “Jinoiy javobgarlik – bu shaxs jinoyat sodir etgan vaqtdan boshlab vujudga keladigan huquqiy munosabat bo‘lib, jinoyat sodir etgan shaxsni qayta tarbiyalash va uzatish, umumiy va maxsus tartibda ogohlantirish maqsadida qo‘llaniladigan majburlov chorasi. Jinoiy javobgarlik natijasida davlat shaxsning huquqini cheklab qo‘yadi, jinoyat sodir etgan shaxs esa davlat nomidan sud tomonidan faqat jinoyat qonunchiligida ko‘rsatilgan jazo chorasi doirasida qo‘lllanadigan shaxsiy mulkiy va boshqa xususiyatdagi ta’sir choralarini bajarishga majbur bo‘ladi1[58].
B.V. Zdrovomislov, Y.A. Krasikov va A.I. Roroglarning fikricha jinoiy javobgarlik quyidagi elementlardan tashkil topgan:
davlat vakillik organlari oldida jinoyat sodir etgan shaxsda hisob berish majburyatini vujudga keltiradi;
sodir etilgan qilmishni baholovchi sud hukmi chiqariladi;
aybdor shaxsga nisbatan jazo yoki boshqa ta’sir chorasi qo‘llaniladi;
jazoning huquqiy oqibati sifatida sudlanganlikni vujudga keltiradi.2[59]
A.A Pionkovskiyning fikricha, jinoiy javobgarlik jinoyat sodir etilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi.3[60] M.Braynin esa, jinoiy javobgarlik shaxs jinoyat ishiga ayblanuvchi sifatida jalb qilinganda yoki surishtiruv organlari tomonidan jinoyat sodir etgan shaxs sifatida ushlangan vaqtdan boshlab vujudga keladi, deydi.4[61]
Jinoiy javobgalik vujudga kelgan vaqtdan boshlab shaxsning jinoiy javobgarligi masalasi ko‘riladi. Jinoiy javobgarlik masalasi shaxsni dastlabki tergovga jalb qilish(majburlov va ehtiyot choralarini qo‘llash), ishni sudda ko‘rish, ayblov hukmini chiqarish, shartli hukm qilish va sudlanganlik shakllarida amalga oshiriladi. Sudlanganliikning tugashi yoki olib tashlanishi bilan jinoiy javobgarlik tugaydi. Jinoiy javobgarlik jazo va sudlanganlik elementlarisiz bir lahzali hisoblanadi. Uning boshlanishi va oxiri yo‘qoladi. Sud hukmining qonuniy kuchga kirishi bilan jinoiy javobgarlik boshlanadi yoki tamom bo‘ladi. Sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirishi bilan hukmda belgilangan davlatning majburlov chorasi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ta’sir qiladi. Yoki shu vaqtdan boshlab jinoiy javobgarlik tugaydi. Natijada jinoiy javobgarlik belgilanmaydi va sudlanganlik yuzaga kelmaydi.
Jinoiy javobgarlik bir qator huquqiy belgilarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |