Тozalash usuliga ko’ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo’linadi.
Brutto balans – tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balansdir. Vositalarning haqiqiy qiymatini (tannarx yoki qoldiq qiymatini) aniqlashda summalar boshqa moddalar summalaridan chegiriladigan moddalar tartibga soluvchi moddalar deyiladi. Masalan, «Asosiy vositalar» summasidan «Asosiy vositalarning eskirishi» tartibga soluvchi moddasi summasi chegiriladi. Brutto-balansda ana shu tartibga soluvchi moddalar summasi balans yakuniy qiymatiga kiritiladi.
Netto-balans – qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans bo’lib, bunga tozalash deyiladi. O’zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi, ya’ni balans yakuniga asosiy vositalar, arzon baholi va tez eskiruvchan buyumlarning qoldiq qiymatda, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo’yicha kiritiladi.
Buxgalteriya balansi – korxona mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari holatini pul shaklida guruhlash va aks ettirish usulidir.
Buxgalteriya balansi ikki qismdan: aktiv va passiv qismlardan iborat. Balans aktivida korxona sarmoyasining tarkibi va joylashtirilishi, passivda esa – aktivlarni tashkil topish manbalari, ya’ni o’z sarmoyasi va majburiyatlar, boshqa korxona yoki jismoniy shaxslarning vaqtincha jalb qilingan mablag’lari ko’rsatiladi. Aktiv va passiv tomonlarning har bir satrlari balans moddaloari deb ataladi. Har bir modda xo’jalik mablag’ini yoki uning kelib chiqish manbai holatini aks ettiradi.
Shunday qilib, buxgalteriya balansi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
Korxona egalik qiladigan vositalarni aks ettiruvchi aktivlar;
Korxona tasarrufidagi o’z sarmoyasi;
Keyinchalik belgilanishi bo’yicha qaytarilishi lozim bo’lgan aktivlarni sotib olish, hosil qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar.
Buxgalteriya balansida korxona aktivlari ikki guruhda: uzoq muddatli va aylanma aktivlarda aks ettiriladi.
Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, sotib olingan aksiyalar va zayomlar kiritiladi. Korxonaning ishlashi bilan bu vositalar o’z qiymatini o’zgartirmaydi. Masalan. Asosiy vositalar qiymati qisqa vaqt bo’lagi mobaynida miqdoran jiddiy o’zgarmaydi va u faqat ularning ishlash muddati tugashiga ko’ra qoplanadi.
Joriy aktivlar, odatda, naqd mablag’larni, iste’molchilar hisobraqamlarini va naqd mablag’lar shaklini egallashi lozim bo’lgan zahiralarni o’z ichiga oladi. Joriy xo’jalik davri mobaynida bu aktivlar doimo o’zgarishi mumkin. Naqd mablag’larga aylantirilishi oson bo’lgan joriy aktivlar oson realizatsiya qilinadigan aktivlarga kiritiladi.
Korxona balansi aktivlarini o’rganishda quyidagilarni aniqlash mumkin:
Balansni tuzish kunida korxonada qanday vositalar bo’lgan;
Ular qanday joylashtirilgan;
Ularning xo’jalik faoliyatidagi roli qanday .
Balans passivi ma’lumotlari asosida quyidagilarni bilib olish mumkin:
Mablag’lar qaysi manbalardan kelib tushganligini;
Mablag’lar kimga tegishli ekanligi ( o’ziniki yoki jalb qilingan);
Mablag’larning belgilangan maqsadi qanday ekanligi.
Balans passivi ham ikki bo’limdan iborat:
O’z mablag’lari manbai;
Majburiyatlar.
O’z mablag’lari manbai qatoriga ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar) va boshqa satrlar kiritiladi.
Balans passivining majburiyatlar bo’limida yuridik va jismoniy shaxslardan olingan, vaqti kelganda qaytarilishi lozim bo’lgan barcha majburiyatlar ko’rsatiladi.
Ko’rinib turibdiki, buxgalteriya balansida muayyan sanaga bo’lgan xo’jaloik mablag’lari va ularning manbalari aks ettirilgan. Balansning ayrim moddalarini solishtirish uchun moliyaviy hisobotda buxgalteriya balansi bilan birga o’zaro bog’langan hamda bir-birini to’ldiradigan bir qator hisobot shakllari nazarda tutilgan.
Хo’jalik mablag’lari va uning manbalari xo’jalik jarayonida doimo harakatda bo’ladi. Sodir bo’layotgan jarayonlarning har birini o’z vaqtida hisobga olib borish zarurdir. Chunki har kuni korxonada ko’plab xo’jalik muomalalari amalga oshiriladi, bularning ta’sirida xo’jalik mablag’larining tarkibi, joylanishi va ularning tashkil topish manbalari o’zgarishi mumkin. Bu o’zgarish oqibat natijada buxgalteriya balansining o’zgarishiga sabab bo’ladi, chunki balansning aktiv va passiv tomonidan xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari aks ettiriladi. Lekin balansning tengligi saqlanib qolinadi. Bu mablag’lar holatini balans usuli bilan umumlashtirishning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Хo’jalik muomalalari natijasida balansda quyidagi uzgarishlar bo’lishi mumkin:
Aktiv tomonda ko’payish, aktiv tomonda kamayish.
Passiv tomonda ko’payish, passiv tomonda kamayish.
Aktiv tomonda ko’payish, passiv tomonda ko’payish.
Aktiv tomonda kamayish, passiv tomonda kamayish.
Balansda ro’y beradigan o’zgarishlar aktiv va passiv qismlarning tengligini saqlaydi. Chunki, har bir xo’jalik muomalasi ikki yoqlama yozuv asosida – bir hisobvaraqning debetida, ikkinchi hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi.
Хo’jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish ob’ekti haqida kerakli axborotlarni olish, mablag’lardan samarali foydalanish darajasini baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham ular buxgalteriya hisobining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, o’z sarmoyasi, rezervlar, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlari hisoblanadi. Buxgalteriya hisobinging ob’ektini umumlashtirilgan holda quyidagilar tashkil etadi: xo’jalik mablag’lari, xo’jalik mablag’larining tashkil topish manbalari, xo’jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar. Kuyidagi chizmada buxgalteriya hisobining ob’ektlari ko’rsatib o’tilgan:
Korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun ma’lum turdagi mablag’larga ega bo’lishi kerak. Ular xo’jalik jarayonida turli funksiyalarni bajaradi va shuning uchun ular buxgalteriya hisobida xo’jalik mablag’lari deb yuritiladi. Buxgalteriya balanchida xo’jalik mablag’lari aktivlar sifatida e’tirof etiladi.
Aktivlar ––– sub’ekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Korxona, tashkilot va muassasalarida aktivlar asosan quyidagi turlarga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |