162-modda. Davlat sirlarini oshkor qilish. Davlat sirlarini oshkor qilish yoki o`zgaga berish, ya`ni davlat siri, harbiy sir yoki xizmat siri hisoblangan ma`lumotlarning, bu ma`lumotlar ishonib topshirilgan yoki xizmati yoxud kasb faoliyati yuzasidan ulardan xabardor bo`lgan shaxs tomonidan oshkor qilinishi, basharti, bu qilmishda davlatga xoinlik alomatlari bo`lmasa, - uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O`sha harakatlar og`ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo`lsa, - besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksining XII bobi Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |