Amaliy vaziyatni tahlil qilish uchun uslubiy ko’rsatma
Tahlil bosqichlari
|
Tavsiya va maslahatlar
|
1. Keys bilan tanishish
|
1. Keysni o’qish jarayonida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang.
2. Berilgan vaziyat bilan tanishing. Vaziyatga ta’rif berishga harakat qiling.
3. Vaziyatni tahlili uchun axborot manbalari bilan ta’minlanganlikni aniqlang.
|
2. Vaziyatning tashhisi va tahlili
|
1. Korxona faoliyatida yuzaga kelgan holatni oydinlashtiring. Vaziyatning muhim hususiyatlarini, miqdor va sifat tomonlarini belgilang. Ularga asosan korxonaning haqiqatda bo’lgan va bo’lishi mumkin bo’lgan holatini aniqlang hamda ularni taqqoslang.
2. Vaziyatni tahlil qilish jarayonida muammo qanday darajada echilishini belgilang. Uni yechish mumkinmi, qanday natijaga erishish mumkin?
3. Muammoni yechish jarayonida bo’ladigan yoki bo’lishi mumkin bo’lgan qiyin holatlarni ko’rsating.
|
3.Muammoli vaziyatning yechimi bo’yicha tahlil variantlarini tanlash va baho berish
|
1. Vaziyatning yechimini hal qiling. Berilgan xulosalarni salbiy va ijobiy tomonlarini ko’rsating va baholang. Eng yaxshi variantni tanlang.
|
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
|
Maksimal
Ball
|
Guruh natijalarini baholash
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Ma’lumotlarning to’liqligi (to’liq, to’g’ri)
|
1
|
|
|
|
|
|
Ma’lumotlarning berilishi (aniq, mantiq asosida)
|
0,6
|
|
|
|
|
|
Guruhlarning faolligi (savol, javob, qo’shimchalar)
|
0,4
|
|
|
|
|
|
Maksimal bal
|
2
|
|
|
|
|
|
Baho
1,5-2 a’lo
1-1,5- yaxshi
0,5-1- o’rta
|
|
|
|
|
|
|
5. Keys yyechimi bo’yicha o’qituvchining varianti
Strategik maqsad. Mamlakatimiz korxona va tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash tizimini boshqarishning optimal yo’llarini tahlil etish.
Strategik vazifalar.
”Carlsbyerg Uzbekistan kompaniyasining xodimlar bilan ishlash strategiyasini o’rganish;
Kompaniyaning rivojlanishida xodimlar bilan ishlash tizimining ahamiyatini o’rganish;
Xodimlar bilan ishlash tizimini boshqarish va bu tizimnining maqsadlarini o’rganish.
Strategik vazifalar yyechimi.
Xodimlar bilan ishlash tizimi, uning tashkilot ichidagi ishlash mexanizmi, faoliyat natijalari tahlil qilinadi;
Dastlabki bosqich, rivojlanish, uning sabablari, istiqbollari o’rganiladi;
Xodimlar bilan ishlash tizimini boshqarish va uni takomillashtirish yo’llari o’rganiladi.
Sizning fikringizcha "Carlsbyerg Uzbekistan" kompaniyasining xodimlar bilan ishlash strategiyasi qoniqarli darajadami? Fikringizni asoslang.
Ha uning xodimlar bilan ishlash tizimi qoniqarli darajada. Kompaniya bu tizimining afzalligi shundaki u aniq maqsad va tamoyillarni ustuvor deb biladi va bu maqsadlarga erishishda ustuvor vazifalarga og’ishmay amal qiladi.
Kompaniyaning taraqqiyotga erishuvida xodimlarning roli qanday bo’lgan deb o’ylaysiz?
Kompaniyaning taraqqiyotga erishuvida xodimlarning ahamiyati yuqori, ya’ni xodimlar kompaniyaning doimiy ravishda har qanday g’oyani amalga oshirishida tayanch va enyergiya beruvchi vazifasini bajarib keladi.
“Carlsbyerg Uzbekistan” kompanpiyasining bu darajaga erishish sabablarini ayting va u xodimlar bilan ishlashning qaysi elementlaridan doimiy holda foydalanadi deb o’ylaysiz?
Kompaniyaning taraqqiyotga erishuvida xodimlarning ahamiyatini tahlili qilar ekanmiz, uning xodimlar bilan ishlash tizimida xodimlar faoliyatini baholash va ukofotlash, resurslar, xodimlarning xizmat lavozimlarida o’sishi va rivojlanishini boshqarish va mehnat munosabatlarini boshqarish yo’nalishlarini o’z ichiga olishiga e’tibor qaratish joiz.
Sizning fikringizcha, bugungi kunda ushbu kompaniya qanday strategiya asosida rivojlanmoqda?
Kompaniyaning rivojlanish strategiyasi quyidagi 4 ta ustuvor omilni o’z ichiga oladi: O’sish, unumdorlik, mas’uliyat va g’alabaga intiluvchi tashkilot
Kompaniyaning bozordagi ulushini kengaytirish bo’yicha strategik vazifalari nimalardan iborat deb o’ylaysiz va sizning tavsiyalaringiz?
Kompaniyaning bu boradagi strategik vazifalari avvalo bozorni o’rganish uni ma’lum darajada egallash va muntazam ravishda boshqarib turishdan iborat.
Agar sizni kompaniyadagi menedjerlik lavozimiga ishga taklif qilishsasiz bu kompaniyadagi xodimlar bilan ishlash tizimida qanday o’zgarishlar qilgan bo’lar edingiz?
Albatta bunday lavozimda kishi xodimlar bilan ishlash tizimida zamonaviy yangiliklarni joriy qilish va kompaniyaning faoliyati doirasida kerakli xodimlari qidirib topish, ularga qo’yiladigan talablar va xizmat vazifasida o’sish ishlarini takomillashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |