Tayyorlov bosqichi: Eng muqobil mavzu tanlab olingach, keyingi vazifa unga doir ma'lumot va matnlarni topish hisoblanadi. Muayyan mavzuni yoritivchi ma'lumot izlashda shu mavzuga oid ma'ruza matnlari, ilmiy ishlar va dissertatsiyalar, darsliklar va yangiliklar, online tizimida ishlovchi kutubxonalar bazalari hamda ensiklopediyalardan foyalangan holda o'rganib chiqish foyda beradi. O'quv va monografiyali adabiyotlar bilan bir qatorda, davriy nashrlarda, shu jumladan: "Management", "Megapolis", "Top business", "Lizing revyu", "Bozor, pul va credit", "Kompaniya", "Ekspert", "Dengi", "Ekonomist" kabi va boshqa jurnallarda e'lon qilingan maqolalardan ham foydalanish muhim. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining tadqiqot mavzuiga tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlari va qarorlarini bilish ham referatni sermazmun va foydali bo'lishi, sifat darajasi oshishiga asos bo'lishi mumkin. Dastlabki bosqich bibliografika bilan tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |