2. Byudjet tizimini boshqarishda g’aznachilik mexanizmining modellari
Byudjet tizimini boshqarishda g’aznachilik mexanizmining modellari O’zbekistonda optimal Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yaratish maqsadida Frantsiya, AQSh, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlar misolida bu sohadagi ilg’or xalqaro tajriba o’rganildi. Turli davlatlarda g’aznachilik funktsiyalariga oid xalqaro tajribani batafsilroq ko’rib chiqamiz. Xorijiy davlatlarda byudjet tuzilmasi davlatning tuzilishi, hududiy-ma’muriy bo’linishi, iqtisodiyotining rivojlanishi darajasi, uning tarkibiy belgilariga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlarga ega. Davlat boshqaruvining ikkita shakli ma’lum: yagona (unitar) va federativ. Unitar davlatlarda (Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya) boshqarishning ikki bo’g’ini - markaziy va hududiy bo’g’inlar mavjud. Federativ davlatlarda (AQSh, Kanada, GFR, Shveytsariya) boshqarish uchta bo’g’indan iborat - markaziy, federatsiya a’zolari va hududiy. Xalqaro tajribalarning ko’rsatishicha, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda moliyani boshqarish, odatda, G’aznachilik yoki bir nechta davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasida moliyani boshqarish Moliya vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va Federal G’aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
3.Xorijiy tajribalar asosida g’aznachilik tizimini takomillashtirish yo’nalishlari
Xorijiy mamlakatlarda g’aznachilik tizimining modellari13 Amerika Qo’shma Shtatlarida Moliya vazirligi G’aznachiligi bevosita Prezidentga bo’ysunadigan bo’linma bo’lib, keng doiradagi iqtisodiy va moliyaviy funktsiyalarni bajaradi. Jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalar: byudjetni tayyorlash uchun mas’ul Ma’muriy - byudjet boshqarmasi (BMB) va qator hisob-kitob va audit funktsiyalari uchun mas’ul Byudjet - nazorat bosh boshqarmasi (BNBB)dir. Soliq va bojxona boshqarmalari G’aznachilikning bir qismi hisoblanadi.
Amerika Qo’shma Shtatlarida Moliya vazirligi G’aznachiligi bevosita Prezidentga bo’ysunadigan bo’linma bo’lib, keng doiradagi iqtisodiy va moliyaviy funktsiyalarni bajaradi. Jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalar: byudjetni tayyorlash uchun mas’ul Ma’muriy - byudjet boshqarmasi (BMB) va qator hisob-kitob va audit funktsiyalari uchun mas’ul Byudjet - nazorat bosh boshqarmasi (BNBB)dir. Soliq va bojxona boshqarmalari G’aznachilikning bir qismi hisoblanadi. Byudjetning xarajatlar bo’yicha ijrosi Byudjet direktorati tomonidan nazorat qilinadi. Byudjet derektorati o’z tizimiga qarashli moliyaviy nazoratchilar yordamida mablag’larni xarajat qilishni nazorat qiladi. Xarajatlar juda qattiq nazorat qilinadi: Frantsiyadagi G’aznachilik Avstraliyadagi G’aznachilik kabi davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqaradi, muomalaga qimmatli qog’ozlarni chiqarishni nazorat qiladi, ularni hajmiga, to’lov muddatiga va tarkibiga bog’liq masalalarni echadi. Frantsiyada ham davlat moliya axborot tizimi samarali faoliyat ko’rsatadi. Mazkur tizimda byudjetni tayyorlash, byudjet xujjatlarini nashr qilish va byudjet ijrosi amalga oshiriladi. Shuningdek, Byudjet derektorati va tarmoq vazirliklarini bog’laydigan boshqa tizimlar ham mavjud. Buxgalteriya yozuvlari (provodkalar) asosida yagona hisobraqamdagi mablag’lar to’g’risida to’liq axborot olish uchun bir kun ketadi, har xafta to’liq kengaytirilgan ma’lumotlar olish mumkin. Davlat moliyasini boshqarish uni hisob-kitobini yuritish mablag’ jalb qilish bilan olib boriladi. U davlat majburiyatlarini boshqaradi, ichki va tashqi mablag’ni jalb qiladi, ularning hisob-kitobini yuritadi va har yilgi davlat qarzlari to’g’risidagi hisobotni tayyorlaydi.
Xulosa
Xorijiy mamlakatlar tajriblaridan shuni xulosa qilish mumkinik, g’aznachilikning «amerika modeli» davlat pul mablag’larini, davlat qarzlarini, moliyaviy aktivlarini boshqarishda, byudjetni ijro etishda, nazorat funktsiyasini amalga oshirishda ancha keng vakolatga ega. AQShdagi g’aznachilik modelini o’rganib, g’aznachilikning «o’zbek modeli»ni yaratish va buni uzoq muddatli dastur sifatida qabul qilish lozim.
Foydalanilgan adabiyodlar:
http://www.hozir.org/upload/
Kolesov A.S. Budjetniy protsess: sushchnost i sovershenstvovanie. – Finansi № 11. 2010. –s 8
Barry Potter, Jack Diamond. Building Treasury Systems.1999 r3.
Do'stlaringiz bilan baham: |