O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
I QTISODIYOT FAKULTETI SIRTQI TA’LIM
“IQTISODIYOT(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”
ta’lim yo’nalishi 4-kurs (o’zbek) talabasi
Fayzullayev Firdavsning
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanidan
REFERAT
Toshkent-2022
Makroiqtisodiy muvozanat modeli
Kirish
Reja:
1. Klassik iqtisodchilarningg iqtisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari.
2. Makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.
3. Xaqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
4. «Keyns xochi». Ishlab chikarish xajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi.
5. Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori.
6. Retsession va inflyatsion uzilish.
Foydalanilgan adabiyodlar
Kirish
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi.
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi.
Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936-yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |