Referat toshkent-2020



Download 114,31 Kb.
bet11/14
Sana24.02.2021
Hajmi114,31 Kb.
#59699
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-seminar(1-u)

Podsholig’da Shayboniy faqrdan ayrilmag’il,

Faqr shohi ikki olam ichra bo’lur podsho.

Tetri gar berdi seta Eroniy Turon,

Bandalik tavrin Shayboniy bermagil eldan daho.

Shayboniyxonning sherlar toplami bolgan “Devon” 191 varaqdan iborat bolib, bugun Turkiyaning Istambul shahridagi Tonqoni saroyi kutubxonasida saqlanmoqda. Sakkokiy, Gadoiy, Navoiy ananasidagi klassik chigatoy Turkiy sheriyatini davom ettirgan Shayboniyxonning sherlarida diqqatni oziga jalb qilgan hassos – shoirning Turkiston yurtiga bolgan cheksiz muhabbatini har doim tilga olib turganidir. Turkistonning Buxoro, Samarqand, urganch, Yassi shaharlari nomini oz sherlarida Shayboniyxonga qadar kop ishlatgan boshqa shoir yoq desak sira yanglishmaymiz. Masalan:

Jannati ma’vo degan bog’i Samarqand elim,

Navsari a’lo degan obi Samarqand elim,

Yoki Buxoro haqida yizilgan

Bir zayolim bor ko’ngilkim pirmu vafoiy atayin.

Ul Buxoro sharida Ka’ba tavofin aylayin.

Shayboniyxon XVI asr adabiyotiga katta xissa qoshgan shoirlardan biridir.

Shayboniylar zamonida fan keng rivojlandi. Hatto sonlarni zarb qilish haqida izoh berilgan “Hisob usullari risolasi” XVI asrga mansub asardir. 1593 yilda Amin Ahmad Roziy “Haft iqlim” (Etti iqlim) degan jogrofiy – biologic lugat tuzdi. Mutrabiyning dunyo xaritasi kashf qilingan. “Tazkiroti shuaro” ham taxminan shu vaqtlarda yozilgan. Bu davrda meditsina sohasida qilingan ilmlar sezilib turardi. 1541 yilda Muhammad Husayn Ibn Al – Meroni as - Samarqandiy tibbiy va farmakalogiya ruyxatiga oid ilmiy asar yozib, ota dorivor osimliklardan dori tayyorlash va saqlash uchun ishlatiladigan idishlarning rangdor nafis syratlar ilova

qilindi. XVI asr Qozilarning hujjatlaridan biz Samarqandda tabiblar koz kasalliklarini davolash ishlari bilan shugullanganliklarini bilamiz. Koz tabibi Shoh Ali ibn Sulaymon Navroz Ahmadxon huzurida ishlagan. Samarqandda Kochkinchixon zamonida Hirotlik tabib Sulton Ali ishlagan. U kasalliklar va terapiya haqida umumiy malumot beradigan “Tabiblik dasturlamasi”ni yozgan.

Shayboniylar davrida kop asarlar ozbek tiliga tarjima qilingan. Kitobga qiziqish zorligidan kutubxonalar tashkil qilingan.

XVI asrda hattotlik sanati juda yuqori darajada rivojlandi.sulton Ali Mashxadiy, Mir Ali Xiraviy, Muhammad ibn Ishoq, ash Shixobiy va boshqalar mashhur xusnixat ustalari edilar. 1586 – 1587 yillarda Darvesh Muhammad ibn Dostmuhammad Buxoriy polisrafiya sanati nazariyasiga oid asar yozgan.

Bu davrda yozilgan asarlar suratlar bilan bezatilgan. Bunday asarlar jumlasiga “Fathnoma”, “Tarixi Abulxayrxoniy” 1521 yilda tuzilgan. Alisher Navoiy asarlarining ruyxati 1562 – 1563 yilda kochirilgan “Tavorixi guzidayi nusratnoma”ni korsatish mumkin. Bu asarlarni bezashda ishlatilgan minatyuralar Orta Osiyo moddiy madaniyatini aks ettiradi.

Bu davrdagi musvvirlar ijodini tadqiq qilgan G. A Pugachenkova XVI asrda Orta Osiyoga xos alohida minatyura rassomligi paydo boldi, deb aytgan edi.

Shayboniylar xuddi Temuriylar singari nihoyatda oqimishli madrasa talimini olgan, dunyoviy va dininy bilimlarni egallagan, harbiy sanatda ham, sheriy sanatda ham istedodli, ijodkorlar bilgan, hatto forschani gozal yozishni mukammal egallagan. Xullas, ziyoli davlat arboblari bolishgan.

Shayboniylar davrida ilm – fan, madaniyat, adabiyot va sanat, memorchilikning ravnaq topishida sulola vakillarining ibratli shaxsiy tasirlari ham zarvorlidir. Mamlakatning turli tomonlaridan taniqli shoir, tarixchi va olimlarning Shayboniyni qora tortib, panoh izlab Buxoroga kelishlari va layoqatlariga qarab mansab hamda uy joy va etarli mablag bilan taminlanishlari, izzat – ikrom topishlarining boisiham ana shundadir. Muhammad Shayboniyxon, Ubaydulloxon, Rustam Sulton, Abdulazizxon va Jahongir Sulton shoir bolishgan, ozbekcha va forscha sherlar yozishgan. Abdullaxon I esa musiqashunos, sozanda

va astronomiya bilan shugullangan. Abdullaxon II Quroni karimni tafsir qilishda hadisi shariflarni tahlil va talqin qilishda din peshvolarining fan olamlariga sazovor bolgan….Bu tarifu tavsiflarimiz shunchaki, quruq gaplar emas, balki osha davrda zamondoshlari bolmish taniqli mualliflar tomonidan yozib qoldirilganxolis fikrlardir. Misol tariqasida bu bu kitoblardan ayrimlarini Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma”, Fazlulloh ibn Rozbexonning “Mehmonnomai Buxoro” va “Suluk al - muluk”, Mulla Shodining “Fathnoma” (Shayboniyxonning tarjimoiy holi sheriy tarzda hikoya qilinadi) va Tavorixi guzidom nusratnoma (ozbek tilidagi nasriy asar), Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Nasrulloning “Zubdat ul - osor” (ozbek tilida), Hofuz Tanish ibn Mir Muhammad al – Buxoriyning “Shartnomai shohiy” (bu asar “Abdullanoma” nomi bilan mashhur), Muhammad ibn Valining “Bahr ul –asror”, Zayniddin Vasifiyning “Badoe ul vaqoe” degan asarini keltirishimiz mumkin. Bu ruyxatini yana davom ettirish mumkin, lekin shu nomi tilga olingan mumtoz tarixiy va memuar asarlarning oziyoq shayboniylar davrida ham bolganidek, tarix fani ancha rivoj topganini korsatadi. Biroq farqi shundaki, temuriylar davrida tarixiy kitoblar koplab forscha yozilgan bolsa, shayboniylar zamonida esa ozbek tilida ham tarif etiladi.

Shayboniylar davrida kitobat ishlariga qolyozmalarni husnixat bilan kochirish yoli bilan nusxani kopaytirish, ularni voqeaband miniatyuralar bilan bezatish, chiroyli va chidamli muqovalarga jamlashga katta etibor berilgan. Shu tariqa, Alisher Navoiy homiyligida Kamoliddin Behzod va uning safdoshlari tomonidan yaratilgan Hirot rassomchilik maktabi vujudga keladi. Zotan bu davrga kelib, bu ham, ozbeklarning bu boradagi markazi ham Hirotdan Buxoroa kochgan edi. Shayboniylardan Abdulazizxon va Abdullaxon IIning kutubxonalari osha zamon musulmon Sharqidagi eng yirik kitob xazinalaridan edi.

Shayboniylar davrida ham temuriylar zamonidagi yuksalishning ruhi sonmagan edi. Nafaqat poytaxt shaharlar bolmish Samarqnq va buxoroda, balki shular bilan bir qatorda mamlakatning barcha viloyatlarida halqimizning bunyodkorlik ishlari davom etar, barcha viloyatlarimizda ham bizkim ozbeklar

bagridan etishib chiqqan istedodli olimlar, shoirlar, tarixchilar, ulamolar, sanatkorlar va shu kabi madaniyat, ilm – fan, adabiyot va sanat ahli samarali va barakali faoliyat korsatar edilar. Chunki bizkim ozbeklarning birlashgan va markazlariga oz milliy davlati dovrugi etti iqlimga etgan Buxoroi sharifday poytaxti bor edi, Qoraxoniylar saltanatidan song, yani 1212 yildan keyin oradan uch yarim asr otgach, Buxoro poytaxtlik maqomiga erishgan edi. Musulmon sharqidagi ananaviy udumga kora sulolaga asos solgan shaxs sulolaboshi nomi bilan atashuvchi Shayboniylar davlati ibtidodidan eng qadim zamonlardan Turon deb milodiy 539 yildan ham Turon, ham Turkiston deb nomlanib kelayotgan mamlakatimizga angi nom berdi: Ozbekiston deb atala boshladi. Shayboniylarning tarixiy xizmatlaridan biri, aytish mumkinki, qaytarilmas xizmatlaridan biri shuki, Turkiston deganda barcha turkiy xalqlarga malum darajada oziga xos belgi va xislatlri, turmush tarsi va boshqa shu kabilar bilan farqlanuvchi, xullas oz milliy qiyofasiga ega, bizkim ozbeklarning mamlakati tushuniladigan boldi. Bu chindan –da qaytarilmas va tarixiy voqea bolib, allaqachonlardir dunyoga kelgan kamolotga etib, ozligini namoyon qilgan Turonu Turkiston zaminiga tup quyib palak yozgan xalqa, bizkim, ozbeklarning vataniga xuddi oltin uzukka yoqut koz qoyilganidek munosib, mazmundor va sharafli nom berilgan edi: Ozbekiston!!!

Memorchlik – qurilish sanatining yuksak pogonasi. Goyo, unda davriy taraqqiyot- sivilizatsiyaning qiyofasi aks etda. U davrning vakili bolmish, jamiyatning foydalilik chidamlilik va gozallik haqidagi kotarinki goyalarini ozida saqlab qolishi mumkin. Memoriy yodgorliklar qiyofasida tarixini oziga xos tosh kitobi shakllanadi, qol bilan yaratilgan musiqa timsoliga aylanadi.

Ozbekiston memorchiligining tarixiy ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, Sogd, Baqtriya, Xorazm kabi ilk davlar davridan boshlab, to Temurgacha va undan sobg memorchilik borasida muhim ulkan qurilishlar amalgam oshirilganligiga shohid bolamiz. Ayniqsa, Temur va temuriylar davrida memorchilik oz davrini rivojining yuksak choqqisiga erishdi.

Ozbek memorchiligida shayboniylar temuriylardan keyin eng katta hissa qoshgan sulola sanaladi. Shayboniylar Temur va temuriylar davridagi memorchilik ananalarini davom ettirdilar, XVI asrdan bizgacha kopgina arxetuktura yodgorliklari koproq dininy maqsadlarga moljallangan jamoat binolari – masjidlar, madrasalar, mozorlar, shuningdek, savdo – sotiq uchun belgilangan binolar etib kelgan.

Shayboniylar davri memorchilikda ustalarning ijodi hajmini qisqartirish va soddalashtirish hisobiga kopgina binoning dekarativ pardozini zaiflashtirish evaziga, asosan gumbazsimon toshlarning memoriy formalari va ularni qurishda omilkorligi kozga tashlanadi. Bu memor ustalarning katta istedodga ega ekanliklarini, materialni va qurilish texnikasini juda bilimdonlari ekanliklarini korsatadi.

Shayboniylar davrida eng yirik binolar Buxoroda qurilgan. Bu davrda Buxoroning iqtisodiy va siyosiy obrosini oshishi shahar aholisining kopayishi uning kengayishiga sabab boldi. Malumki, memorriy qurilishlarda nafaqat shayboniy hukmdorlar, balki saroy ayonlari ham aktiv ishtirok etganlar. Masalan, Samarqandda Muhammad Shayboniyxon, Abu Saidxonlar madrasalar qurdirganlar. Muhammad Shayboniyxon bundan tashqari Yassi shahrida jome masjidi qurdirgan. Balx shahri qalasining devorini tamirlashtirgan. Uning vorislari davrida mazkur faoliyat davom ettirildi. Xususan Abdullaxon va Abdullaxon II davrida Buxoro shahri yangi devor bilan orab olindi.

XVI asrda qurilgan juda kop monulintal binalar shaharni yanada bezadi/ Samarqandda Bibixonim masjididan keyingi `rinda turuvchi masjidi Kalon bunga misol bola oladi. Masjidi Kalon ozining tarixiga kora Temur Bibixonim masjidini takrorlaydi: hovlissi togri burchakli, atrofi ayvon bilan oralgan, shuningdek, hovlini garb tomonidan katta darvoza qarshsiga mehrob ustida monumental yirik binosifatida kokka kotarilib turgan qurilishining bosh qismida alohida kozga tashlanib turadi. Binoning bu qismi tetjida baland havorang gumbaz bor.

1536 – 35 yillarda Masjidi Kalon qarshisida Mirarab madrasasi qurildi. Bu katta madrasa Ubaydullaxonning mablaglariga Mirarab deb atalgan nufuzli shayx Abdulla Yamonli uchun qurilgan. Malumki, Shayboniyxon shahid ketgan. 1510 – 1520 yillarda amakim Kochkichixon 1530 – 1533yillarda uning ogli Abu Said Shayboniylar davlatini boshqaradi. Biroq ularda ichki nizolarni bartaraf etishda Safoviylar davlatidek qudratli tashqi ganimga qarshi urash olib borishda shijoatu – oquv etishmaydi.

Ana shunday tarixiy sharoitda tarix maydoniga Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullo Sulton chiqadi. U gayratli, oquvli davlat arbobi va shijoatli lashkarboshi edi. 1533 yil xonlik mansabini egallagan Ubaydullaxon mamlakatni rasman poytaxt Samarqanddan emas, balki Buxorodan turib boshqardi.

1530 yili, Ubaydullo Sultonxon noibi bolgan bir paytda ham, uning oziga ham fikr dosti Mir Arabga ogir bir sinovdan otishga togri keladi. Safoviylarning qizil boshlilardan iborat katta qoshini mamlakatimizga bostirib kirib to Gijdivongacha etib keladi, Ubaydullo Sulton oz qoshini bilan dushmanga qarshi chiqadi. Birinchi toqnashuv jang taqdirini hal qila olmaydi, sababi dushman qoshini son jihatidan ozbek qoshinidan ortiq edi, Ubaydullo Sultonning qoshini kam sonli bolgani uchun ertasi kuni bolajak jangda qoli baland kelishi amri mahol bolib qoladi, lashkar orasida tushkunlik yuz bera boshlaydi. Ana shunday qaltis bir vaziyatda, kech oqshom paytida Mir Arab Hazratlari qoshin qoshida shunday bir nutq irod etadilarki, bundan lashkarlar ota mutassir boladi, ruhi kotariladi va osha xuftondayoq tungi hujumga otib dushman ustidan tola galaba qozonadi. Turkistonning mustaqilligi, halqimizning erki, dini – mashabi, or – nomusi, iftixori saqlanib qoladi, Ubaydullo Sultonni bu galaba uni manaviy ilhomxhisi Mir Arabga bagishlaydi, keyinchalik shu galaba sharafiga yangi madarasa qurishga farmon beradi. Bu madrasa Buxoroni Buxoro qilib, unga kork bagishlab, marifat, ruhoniyat ochoqlaridan biri bolib kelayotgan Mir Arab madrasasidir.

Madrasa qurilishi 1530 yili boshlab yuboriladi. Qurilishda xalqimizning turli qatlamlari, hunarmandlardan tortib tolibi, ilmlargacha, osha jangda qatnashgan goliblardan tortib ruhoniylargacha qatnashadi, chunki maglub bolib imon – etiqodidan ayrilib qolish xavfidan qutulishisevinchi .0shun0day qimmatli, shunday safarbarlikni keltirib chiqargan edi.

Oz yirikligi va arxitektura sifatlari bilan katta qimmatga ega bolgan binolar XVI asr Buxoroning atroflari ham qurilgan. Sulton qishlogidagi bir – biri bilan ikki qavvatli ark orqali birlashtirilgan. Bahouddin qishlogidagi mashhur xoja Bahouddin Naqshbandining mozori oldida qurilgan katta gumbazli xonaqo, hokimi Mulla Mir qishlagidagi masjidlar shular jumlasidandir.

Samarqand arxitektura sohasidagi ijod hatto temuriylar bilan Shayboniylar ortasida hokimiyat uchun kurash avj olgan paytda ham toxtashadi. Shayboniyxon davrida madrasa va Zarafshonda qoldiqlari gisht arki korinishida bizning kunlarimizgacha etib kelgan suv taqsimlovchi koprik qurildi. XVI asrning diqqatga sazovor qurilishlari, shuningdek, Karmanada va Toshkentda saqlanib qolgan.

Grajdan arxitekturasi yodgorliklaridan koprik va sardobalardan tashqari Buxoroning bozor kochalari chorrahalarida qurilgan naqshli beshta bino, ayniqsa, katta diqqatga sazovordir. Bu binolar: Toqi Sarofon, Toqi Telpakfurushon, Toqi Zarafshon va bizgacha etib kelmagan, Toqi Tirgdan hamda Toqi Urufurushondir. Bu hashamatli binolar tipi Abdullaxon nomli tepasi yopiq katta bozor bilan birga poytaxtning markaziy qismini hamisha gavjum bozorning tashqi arxitektura korinishini tashkil qilar edi. Grajdan arxitekturasi asarlaridan juda yaxshi va hozirgacha ishlab turgan. Sarafon hammomini korsatish mumkin. Buxoroning arxitektura binolarini ichki va tashqi tomonining bezagida turli tuman usullar qollanilar, ammo tayyor suratga qarab maxsus qurilgan turli rangdagi koshinlardan iborat bolgan sirli uymakor mozoika XVI asrda juda qimmatga tushuvchi va kop mehnat talab qiluvchi usul sifatida ancha kam qollanilardi. Naqshning relvori, qismlariga tillo suvi berilar, fon kok yoki yashil ranglarga boyalar, mayday gullar va naqshlar ham shunga qarab boyalardi. Bularning

barchasi goyo mayday gulli armomentga ega bolgan yashil yoki kok maydonga tilla naqshlar yoyilib tashlanganday tasavvur hosil qilardi. Toshga naqsh ishlash Buxoro muzeyida saqlanuvchi kulrang marmardan ishlangan ajoyib qabr toshlaridan malum. Bu toshlar boshdan oyoq juda yaxshi ishlangan va sinchiklab oyilgan gullar armament bilan hamda kalligrafik qoidalarga qatiy buysunib oyilgan yozuvlar bilan qoplangan.

Umaman, XVI asrda memorchilik sohasida ham ulkan ishlar qilindi. Turli maqsadlar uchun kopdan – kop grajdanlik, madaniy va injenerlik binolari qurildi. Bu binolar Orta Osiyoda memorchlikning shu asarda injenerlik va texnik badiiy jihatdan yuksak mahorat darajasiga erishganidan memorchilikni rivjlantirishda yangi yol kashf etilganidan dalolat beradi. Afsuski, karvonsaroylar, rastalar, masjid – madrasa, kopriklar bino qilgan xalq ustalarining nomlari bizning zamonamizga etib kelmagan, ayrimlarini hisobga olmaganda, masalan, 1541 – 1545 yillarda Kafolat shogird maqbarasini qurgan memor Gulom Husaynning nomi saqlanib qolgan.

Orta Osiyoda shu davrda srajdanlik ahamiyatiga molik, har turli savdo rastalari, ariq va kanallar, koprik solish ishlari keng quloch yoydi. Shayboniyxon davrida yangi karvon saroylari solindi. Masalan, Gijduvon Buxorodagi Tilla Kalon hammomlar solindi. Jenkinsonning garlariga qaraganda, Buxoroda hammomlar shunday ustalik bilan solinganki bunaqa hammom dunyoda yoq.

XVI asr nafaqat Buxoro, Samarqand shaharlariga katta etibor qilindi, balkim boshqa shaharlarda ham katta – katta binolar qurildi. Yassada masjid, Qarshi shahri daryo yonida saroy, sovrinda madrasa qurildi.

XVI asrning eng yirik memorchilik inshoatlaridan biri Termiz nohiyasi “Namuna” jamoa xojaligi territoriyasida “Kokildara” (Kokildor ota) bolib, mavzoliy xonaqo hisoblanadi. Osha vaqtda rasm bilan nafis panjara va ayvon xuddi shu Kokildora mavzoleyida ham bor.


Download 114,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish