Shayboniylar davlatida ilm-fan va talim.
Abdullaxon II davrida ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot.
Xulosa .
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Ma`lumki, “Talim to`g`risida”gi qonunda va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida talim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarida talim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi muhim tamoyil sifatida korsatib otilgan. Shuni nazarda tutgan holda bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi ham ota dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Birinchidan Ozbekiston tarixi darslarida shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini toliq namoyon etish va rivojlantirish uchun qulay shart–sharoit yaratish uchun talim jarayonini togri tashkil etish, oquvchilarning ongiga togri yol topa bilish muhim ahamiyatga ega. Vatan tarixining ilmiy tahlil va izchil yondashuvni talab qiladigan yonalishlaridan biri XVI–XVII asrlarda hukm surgan shayboniylar davlati tarixidir.
Ikkinchidan XV–XVII asrning boshlarida Movarounnahrdagi iqtisodiy tushkunlik va siyosiy porokandalikni vujudga keltirgan sabablar, shu davr tarixiy jarayonlarining salbiy oqibatlari tegishli saboq bolib, mazkur voqealarni chuqur anglab, haqqoniy talqin qilish muhimdir. Mustaqillik yillarida Ozbekiston tarixini yangi konseptual – metodologik asoslarda tadqiq etish, turli ilmiy muammolarni asl manbalarga tayangan holda tahlil etish muhim masalaga aylandi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tarixiy – madaniy merosni organish va targib etish, talim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, oquvchilarni komil inson darajasida tarbiyalashga katta etibor berilib, bu sohada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchinchidan Ozbekiston tarixining muhim burilish nuqtasi hosoblanmish shayboniylar davrini ilmiy manbalar asosida tahlil etish fanimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Oquvchilarga ozbekiston tarixi fanini oqitishda shayboniylar davri tarixining pedagogik asoslarini aniqlash hozirga qadar yaxlit ilmiy tadqiqot sifatida organilgan emas. Bu esa mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi.
Tariximizda Somoniylar, G`aznaviylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar, Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang`itlar kabi sulolalar hukmronlik qilganini bilamiz.
Shu nuqtai nazardan olganda Shayboniylar davrining dolzarbligi shundan iboratki, biz bu davrni yanada muhimroq o`rganmog`imiz, o`sha davrda hukmronlik qilgan xukmdorlar qilgan ishlarini chuqurroq tahlil qilmog`imiz, ochilmagan, siru-sinoatlarni ochib bermog`imiz darkor. Bizga malumki, bir qator tarixchilarimiz Shayboniylar davriga oid bir qancha asarlar yozishgan. Jumladan, B. Axmedovning “Tarixdan saboqlar”, “To`rt ulus tarixi”, Z.M. Boburning “Boburnoma”, Abdulg`ozixonning “Shajarai turk”, M. Solihning “Shayboniynoma”, X.T. Buxoriyning “Abdullanoma” asarlari mavzuning yoritilishida muhim asarlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |