MENEJER FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Boshqarish fanida markazlashtirilgan holda yechiladigan, tashkilotning barcha a’zolari va tarkibiy qismlari uchun umumiy hisoblangan masalalar boshqarishning zaruriyligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham hozirga kelib “menejer” nomli mutaxassislik shakllanganki, yuqoridagi vazifalar bilan faqat (yoki asosan) rahbarlar (menejerlar) shug’ullanadilar.
Menejer – tashkilotning azosi bo’lib, boshqaruv faoliyatini
amalga oshiradigan va boshqaruv vazifalarini hal etishga masul bo’lgan xodimlar. Yuqori masuliyat bilan aytish mumkinki menejerlar tashkilot uchun eng zaruriy insonlardir. Albatta, har bir menejer oldiga qo’yilgan vazifa, mas’uliyat bo’yicha tashkilot uchun xar xil muhimlikda urin egallaydilar, chunki ular tomonidan bajarilayotgan vazifalar mazmuni, mas’uliyati va hajmi bo’yicha har xil hamda tashkilotning boshqaruv iyerarxiyasi bo’yicha taqsimlanadi.
Menejerlar deb, boshqaruv san’ati va mahoratiga ega bo’lgan malakali va yollanib ishlaydigan mutaxassislarga aytiladi. Har bir menejer ma’lum kapital to’plab o’z ishini ochishi mumkin va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishi mumkin. Ammo hamma tadbirkor menejer bo’la olmasligini uzoq muddatli tajriba ko’rsatmokda. Chunki menejer bo’lish uchun faqat yoki bilim yoki mutaxassislik haqida diplom bo’lishi yetarli emas. Bunda ollohdan atalgan qobiliyat – tashkilotchilik, yetakchilik, o’z so’zini o’tkaza biladigan, muloqotni bilish san’atiga ega va shunga o’xshagan xislatlarga ega bo’lishi kerak.
|
Bilim va mahorat nisbati, %
|
Ishlab chiqarish bo’yicha
|
Boshqaruv bobida
|
Yuqori bosqich rahbarlari (direktor, uning o’rinbosarlari)
|
10
|
90
|
O’rta bosqich (sex, uchastka boshliqlari)
|
50
|
50
|
Quyi bosqich (usta, brigadir)
|
90
|
10
|
Jadvaldan ko’rinib turganidek, qancha rahbar yuqoriroq pog’onani egallasa u ko’proq e’tiborni boshqarish strategiyasini belgilashga, aksincha, qancha quyi bosqichda bo’lsa ishlab chiqarish sirlarini chuqurroq bilishni taqozo etarkan.
Menejerlar yaxshi taktikkina bo’lib qolmay, strateg ham bo’lishlari kerak. Ular bozor ehtiyojlarini inobatga olishlari, bozorning shakllanishida ta’sir etish, talabdagi o’zgarishga egiluvchan shaklda javob berish, u maqsadni aniq tasavvur qila olish, ertangi kun muammolarini yechish uchun bugundan taraddud ko’ra olish, texnik yutuq va iqtisodiy ijtimoiy rivojdan orqada qolmaslik uchun va samarali xo’jalik yuritish kerak. Bunga erishish uchun iqtidorli boshqaruv apparatiga ehtiyoj seziladi. Bozor sharoitlarida yaxshi natijalarga erishish uchun kadrlar tayyorlash tizimiga yangi talablar qo’yiladi, bu tizimda universitet va institutlar alohida o’rin egallashi lozim, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida yangi tipdagi, iqtisodiyotni yaxshi biluvchi, boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik usullari va texnika vositalarini qo’llay oluvchi menejerlar tayyorlanishi lozim.
Mutaxassis egallagan bilimlar tez eskirgani sababli, uni doimo takomillashtirib borish lozim. Agar rahbar o’z bilimini takomillashtirib bormasa, eski bilimlariga tayanib qolishi, ishlab chiqarish bundan zarar ko’rishi mumkinligini tajribada ko’rish mumkin. Olingan maxsus bilimga doimo to’ldirilib borilishi lozim bo’lgan asos sifatida qarash kerak. Bozor munosabatlari sharoitida texnik ma’lumotga ega bo’lgan ishlab chiqarish rahbarlari ayniqsa iqtisodiyot, marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish va
Shu yuqoridagi berilgan yo’nalishlarda menejerlar faoliyatini yaxshi rivoj topishida o’zining axloqi juda muhim rol o’ynaydi. Shu sababli hozirgi zamon talabi ham menejerlarning professional bo’lishlarini talab qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy boshqarishda rahbarlarning axloqiy yo’nalishlari bo’yicha rivojlangan davlatlar tajribalari asosida ish olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Menejerning mehnati, tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismi bo’lib, menejmentning funksiyalari operativ bajarilishi to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liq bo’ladi va ishlab chiqarish natijasiga ta’sir ko’rsatadi. Menejerning mehnati aqliy, ijodiy xarakterlarni o’zida mujassam etadi. Boshqaruv mehnati ishlab chiqarishga bevosita moddiy ta’sir ko’rsatmaydi, ammo ularning mehnati samarali bo’ladi. Boshqaruv mehnatining natijasi murakkab hisoblanadi. Boshqaruvchilik mehnatining o’ziga xos xususiyati uning aniq o’lchovini belgilash mumkin emasligidadir.
Boshqaruvchilik mehnatining predmeti ishlab chiqarishning moddiy unsuri emas, balki axborot, har xil hujjatlar, boshqaruv yechimlari hisoblanadi. Menejer mehnatida axborotni qayta ishlash, ta’minlash va saqlash asosiy o’rinni egallaydi. Bitta buyum ishlab chiqaruvchining texnologik operatsiyasiga beshtagacha va undan ko’p operatsiyalar to’g’ri keladi.
Boshqaruv maqsadga yo’naltirilgan jarayondek, avvalambor insonlarni boshqarishdir.
Inson ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etuvchi asosiy komponentdir va har qanday jamiyatda u bir vaqtning o’zida boshqaruvning ham ob’ekti, ham sub’ekti bo’la oladi. Har qanday inson u egallagan lavozimidan qat’iy nazar vakolatli organlarda o’z aksini topgan jamiyat tomonidan boshqariladi. Har qanday darajadagi rahbar o’zining hoxishi bo’yicha boshqarmaydi. Teng huquqli jamiyatda jamiyat tomonidan nazoratdan hech kim erkin emas, hattoki eng yuqori darajali rahbar - Prezident ham. Jamiyatning har bir a’zosi boshqariluvchi hisoblanadi, chunki u ma’lum bir jamoaga kiradi. Shu bilan birga jamiyatning har bir a’zosi boshqaruvchi bo’lib hisoblanadi. U ishlab chiqarishning haqiqiy xo’jayiniga, ya’ni mulkdoriga aylanadi, shuning uchun u butun iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda boshqaruvchi sifatida ishtirok etadi. U yoki bu darajada u jamoaning ishlari bilan boshqarishda qatnashadi.
Menejer mehnati o’zini harakatlarida, operatsiyalarda, ya’ni insonlarni boshqaruv jarayonini bajarganda mujassamlashadi. U yopiq siklik formaga egadir. Boshqaruv jarayoni qo’yilgan maqsaddan boshlanib, vazifa va vazifaning yechilishi bilan yakunlanib, maqsadga erishish bilan tugaydi. Masala yechilgandan keyin, maqsadga erishishda, yana boshqa vazifa qo’yiladi, yangi maqsad va yana boshqaruv jarayoni boshlanadi.
Lekin bunda boshqaruv jarayoni nazariy jihatdan to’g’ri bo’ladi, amaliyotda boshqaruv ko’pgina, bir-biridan farqlanadigan jarayonlarda namoyon bo’lishi mumkin.
Korxonalarda menejer mehnati ko’pgina masalalarni hal qilishga qaratilgan bo’ladi:
texnik, ya’ni uskunalardan foydalanishi, ishlab chiqarish maydonlari bilan bog’liq, ishlab chiqarishni tashkillashtirish va hokazo;
texnologik, ya’ni loyihalashtirish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish bilan bog’liq;
iqtisodiy, ya’ni korxona ichki va tashqi muhitida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish;
tashkiliy, ya’ni ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishda boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish bilan bog’liq;
ijtimoiy, ya’ni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish bilan bog’liq va hokazo.
Zamonaviy boshqaruv xodimlarining xarakteristiq xususiyatlari - yuksak professionalizm va ishbilarmonlik xususiyatlari, boshqaruv bilimi asoslari va iqtisodiy fikr yuritishdan xabari bo’lishi kerak. Yuksak ma’rifatli va madaniyatli, demokratik, mohirlik va xalqqa hisob qila olish, xalqning ehtiyojini bilishi kerak. Bundan tashqari maqsadni ko’ra olish ijtimoiy muammolarni yecha olish, jamoani yarata olish va yo’naltirish xususiyatlariga ega bo’lishi kerak.
Biz doimo o’zgaruvchan olamda yashaymiz. Menejer buni boshqalardan ko’proq va yaxshiroq tushunishi kerak. Gap faqat olamdagi yoki xalqaro maydondagi katta o’zgarishlar haqida ketayotgani yo’q. Bozordagi vaziyat o’zgaradi: talab o’zgaradi, iste’molchilarning qarashlari, bozordagi narxlar, raqobat murakkablashadi, yangi tovarlar, texnologiyalar paydo bo’ladi, ishchi kuchi sifatiga talab o’zgaradi. Menejerning kasbiy hayotda ham bir qancha o’zgarishlar yuzaga keladi: inflyatsiya yuzaga keladi va rivojlanadi, hamkorlik va xom ashyo yetkazib beruvchilar o’z majburiyatlarini bajarishmaydi, yangi qonun-qoidalar chiqadi, yuqori malakali mutaxassislar pensiyaga chiqishadi yoki boshqa korxonaga ishga o’tib ketishadi, aylanma mablag’larda uzilish yuzaga keladi, yoki yanada samaraliroq potensial sheriklar uchrab qoladi va hokazolar.
Shuning uchun ham menejer har kuni va har soatda o’zgaruvchan muhit sharoitiga tayyor turishi talab etiladi. Aks holda o’zgarishlarni tezkorlik bilan qayd etib unga muvofiq choralar ko’rmaslik tashkilot uchun yomon holatlarni yuzaga keltirishi va menejerni bundan faol ish muhitidan chetlatilishiga olib kelishi mumkin. Bunday tez o’zgaruvchanliklarni bartaraf etishda menejer uchun bitta imkoniyat bor-bu qaror qabul qilish.
Yuqorida ta’kidlanganidek, o’zining (professional) kasbiy fao-liyati davomida menejer ko’pgina o’zgarishlarga duch keladi va ularga nisbatan qabul qilingan qarorlar turkumlari ham juda keng. Lekin qabul qilingan qarorlarni birlashtiruvchi narsa mavjud bo’lib, bu uning faoliyati natijasi-o’z mentalitetidir (o’zligi). Shu nuqtai nazardan boshqaruv faoliyati avvalambor faoliyat mental xarakter sifatida tavsiflanadi. Shuning uchun ham menejerga ma’lum mental quvvatga ega bo’lish va uni doimo rivojlantirish va takomillash-tirib borish zarur. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bogʻliqdir. Oʻzbekistonda Menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14—15-asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida Menejment 19-asrga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fay-ol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. M.ning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), oʻrta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga boʻlinadi.
Ayrim tadqiqotlar Menejment kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. Mukammal Menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash.
Firmalarning M. tizimi umumiy M., funksional M., moliyaviy M., marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish Menejment, ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
M. nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi turli xil qarashlarda oʻz ifodasini topdi. Mac, 20-asrning 50—60 yillarida asosiy eʼtibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga qaratilgan boʻlsa, 60—70-yillarda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga oʻtish davri boʻldi.
20-asrning oʻrtalariga kelib M. Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1966 yilda OʻzR FA Kibernetika institutining tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib borilgan nazariy, uslubiy, amaliy i.t. ishlari respublikada M. fanining rivojlanishiga asos boʻldi.
Xulosa
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo’llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o’rganish xodimlar nerv tizimsi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, xissiyoti, xotirasi, anglash va xis etish qobiliyatini o’rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o’qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining psixologik jihatlari) faoliyatini o’rganadi.
Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg’unlashtirish maqsadida qo’llaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1 Ibragimov R.G. Marketing. Toshkent, Sharq-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh taxririyati, 2002.
2. Normaxmatov R. Marketing (Ma’ruzalar kursi). Samarqand, SamISI bosmaxonasi, 2007.
3. Salimov S. Marketing nazariyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2001.
4. G’ulomov S.S. Marketing asoslari. T., ToshDU, 2000.
5. Yusupov M. Marketing (ko’rgazmali o’quv qo’llanma). Toshkent, ToshDIU,
2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |