Referat Tekshirdi: Ikki to'plam orasidagi moslik va munosabat



Download 1,21 Mb.
bet1/2
Sana09.03.2022
Hajmi1,21 Mb.
#486884
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
referat(moslik-munosabat)2





Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika
universiteti boshlang'ich ta'lim fakulteti
102-guruh (kunduzgi) talabasi
Ermakova Sevinchning boshlang'ich
matematika kursi nazariyasi
fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.


Referat


Tekshirdi:


Ikki to'plam orasidagi moslik va munosabat


Moslikni tushuntirish uchun unga bir nechta hayotiy misollar keltirish mumkin. Masalan:
- gavdaga mos o'lcham;
- musiqaga mos raqs;
- mavzuga mos nutq;
- tushlikka mos taom va h.k.
📌 X × Y dekart ko’paytmaning istalgan Gf qism to’plami X va Y to’plamlar orasidagi moslik deyiladi.
Moslik lotin alifbosining f, g, t, s kabi harflari bilan belgilanadi.
Bizga ma’lum bo’lgan funksiyalarning hammasi moslik tushunchasiga misol bo’la oladi.

📌 X to’plam moslikning birinchi to’plami deyiladi. X to’plamning moslikda ishtirok etuvchi elementlari to’plami moslikning aniqlanish sohasi deyiladi.


📌 Y to’plam moslikning ikkinchi to’plami deyiladi. Y to’plamning moslikda qatnashgan elementlari to’plami moslikning qiymatlar to’plami deyiladi.




Gf⊂X×Y to’plam moslikning grafigi deyiladi.
📌 Ikki to’plam orasidagi moslikni nuqtalar va yo’nalishli kesmalar (strelkalar) yordamida tasvirlovchi rasmlar moslikning grafi deyiladi.
Masalan, X={a, b, c, d} va Y={m, n, k, l} to'plamlar orasida Gf={(a;k),(b;l),(c,m),(d,l)} moslik o'rnatilgan bo'lsin. U holda uning grafigi quyidagicha bo'ladi:



X={a, b, c, d} moslikning yo'naltiruvchi sohasi
Y={m, n, k, l} moslikning qabul qiluvchi sohasi hisoblanadi.
Aniqlanish sohasi={a, b, c, d}
Qiymatlar sohasi={m, k, l}.


X va Y to'plamlar orasidagi moslikni koordinatalar o'qida ham tasvirlash mumkin:



📌Agar f moslikning aniqlanish sohasi birinchi to’plam bilan ustma-ust tushsa, f moslik hamma yerda aniqlangan deyiladi

📌Agar f moslikning qiymatlar to’plami ikkinchi to’plam bilan ustma-ust tushsa, f moslik syur’ektiv deyiladi.





📌Agar f moslikda birinchi to’plamning har bir elementiga


ikkinchi to’plamning bittadan ortiq bo’lmagan elementi mos kelsa, f moslik funksional deyiladi.

📌Agar f moslikda ikkinchi to’plamning har bir elementiga birinchi to’plamning 1 tadan ortiq bo’lmagan elementi mos qo’yilgan bo’lsa, f moslik in’ektiv deyiladi.



📌Syur’ektiv va in’ektiv moslik bir so’z bilan biektiv deyiladi.


📌Hamma yerda aniqlangan funktsional moslik akslantirish deyiladi.

📌 X va Y to’plamlar orasidagi f moslik biektiv akslantirish
bo’lsa, X va Y to’plamlar orasida o’zaro bir qiymatli moslik o’rnatilgan deyiladi.



📌X va Y to’plamlar orasida o’zaro bir qiymatli moslik


o’rnatilgan bo’lsa, bu to’plamlar teng quvvatli yoki ekvivalent deyiladi va X ≈ Y ko’rinishida yoziladi.
Moslik turlariga misollar keltiramiz.
Misol: Aytaylik X - kiyim iladigan (veshalka) garderobdagi paltolar to'plami, Y esa shu garderobdagi ilgaklar to'plami bo'lsin.
Agar har bir palto ilgakka ilinib turgan bo'lsa (polda yotmasdan) u holda X to'plam Y to'plamga akslantirish bo'ladi.
Agar bu akslantirishda har bir ilgakka bittadan ortiq palto ilinmagan bo'lsa (bo'sh ilgaklar ham bo'Iishi mumkin) bu akslantirish in’ektiv bo'ladi.
Agar hamma ilgaklar band bo'lsa (bunda ayrim ilgaklarda bittadan ortiq paltolar ilingan ham bo'Iishi mumkin) bu akslantirish syur’ektiv bo'ladi.
Agar har bir ilgakda bittadan palto ilingan bo'lsa (o'zaro bir qiymatli) bu akslantirish biektiv bo'ladi.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish