Каримов Д.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining
xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash
hamda davlat organlari va
tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish
to’g’risida”gi Farmoni ijrosini tashkil qilish bilan bog’liq masalalar muhokama
qilindi.
Ustuvor xalqaro reyting va indekslar, mamlakat hayotida o’ziga xos “kompas”
vazifasini bajarib, shunga qarab amalga oshirilayotgan
islohotlarning sifati va
samaradorligini aniqlash, kelgusi qadamlarini prognozlashtirish imkoniyatini
berishi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan hozirda xalqaro reytinglar va indekslarda O’zbekiston
Respublikasining o’rnini mustahkamlash masalasiga davlat darajasida e’tibor
qaratilib, bu borada huquqiy va institutsional asoslar shakllantirilmoqda.
Jumladan, so’nggi 3 yilda mamlakatimizning
ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy-xuquqiy sohalarga oid xalqaro reyting
va indekslardagi mavqeini
oshirish bo’yicha Davlatimiz rahbarining 13 ta farmon va qarori qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini
yaxshilash bo’yicha 7 ta chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mutasaddi vazirlik va
idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro
reytinglarni hisoblash
metodologiyalarining tahlili, ularda O’zbekistonga berilayotgan baholarga sabab
bo’layotgan omillar o’rganib borilmoqda.
Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning
aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o’rnatildi.
Yig’ilish davomida Kengash ishchi organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy
hamda siyosiy-huquqiy sohadagi reytinglar va indekslar bo’yicha amalga oshirilgan
ishlari, mavjud muammolar, O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi
o’rnini oshirishga to’sqinlik qilayotgan masalalar
Каримов Д.
va kelgusida ijobiy natijalarga erishish bo’yicha takliflar to’g’risidagi
axborotlari tinglandi. Mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi joriy o’rni batafsil
tahlildan o’tkazildi.
Shu bilan birga, Farmon bilan tegishli reyting va indekslarda samaradorlikning
eng muhim ko’rsatkichlari (KPI)ga erishish uchun mas’ul etib belgilangan vazirlik
va idoralarning faoliyati tanqidiy ko’rib chiqildi hamda kelgusi vazifalar belgilab
olindi.
Xalqaro reytinglar va indekslarda O’zbekistonning o’rnini
yaxshilash
yo’nalishida mahalliy davlat hokimiyati organlarining oldida turgan dolzarb
masalalar ko’rib chiqildi hamda ustuvor yo’nalishlar ko’rsatib o’tildi.
Yig’ilish yakuni bo’yicha mamlakatimizning ilmiy tadqiqot muassasalarining
xalqaro reytinglar va indekslarda baholanadigan sohalarda mavjud muammolarni
o’rganish, ularni bartaraf etish bo’yicha ilmiy asoslangan
takliflar ishlab chiqish
borasidagi rolini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.