Referat tayyorlash. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universtiteti



Download 81,9 Kb.
bet5/6
Sana11.06.2022
Hajmi81,9 Kb.
#654984
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
akademik yozuv

4.Publitsistik uslub.
Nurli taqdir egasi Dunyo ishlariga xotirni jamlab nazar tashlansa, unda shukronalikka arzigulik manzaralar anchagina ekaniga imon keltirasan odam. Ayniqsa, o‘zingizga tengdosh, katta yoxud kichik zamondosh bo‘lgan mo‘’tabar insonlar bilan bir makon va zamonda yashash, ularning talay qismi bilan esa yaqindan suhbatdosh, do‘stu sirdosh tutinishdek ilohiy ne’matga shukrona aytmay bo‘ladimi?
Shu jihatdan kamina taqdirdan har qancha rozi bo‘lsam arziydi, deb o‘ylayman. Zero, millat peshonasiga bitgan ne-ne ulug‘ insonlarni ko‘rish, ulardan beminnat saboqlar olish baxti menga ham nasib etdi. Albatta, davlat va jamiyat orasidagi qutblashuv shunday haddidan oshib ketgan paytlarda bunday sarkash munozaralarning tugʻilishi notabiiy boʻlmaydi. Afsuski, bizda uzoq yillar shakllantirilgan zehniyat — kommunistik axloqqa koʻra, davlat haqidagi tasavvurlarimiz shunday shaklga doʻndi: davlat biz uchun qoʻl yetmas yerdagi muqaddas nimadir. U targʻibot mashinalari orqali barcha narsaga qodir, bizning mavjudligimiz va barhayotligimizni taʼminlovchi, xato-nuqsonlardan xoli, qattiqqoʻl va ayni paytda bagʻring­ni oʻrtar darajada gumanist, avliyosifat koʻrinmas odam kabi targʻib qilib kelindi. Yoki kamida raiyatning ongiga shunday singdirildi va odamlar davlat haqida ilohiy bir umumlashmani koʻrishga ruhan majbur etildi: va yana unga koʻra, davlat shunday moʻtabar bir xilqatki, unga sajda qilish kerak, ertayu kech uning uchun sadoqat bilan ishlash kerak, Xudo bergan umrni uning «baxtu saodati» uchun sarflash kerak va bu vatanparvarlik boʻladi...


5.Rasmiy uslub.
Bugungi kunda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiyalarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, milliy qadriyatlarga, xalqlarning madaniyatiga va o‘zligiga bo‘lgan tahdidlar, yod g‘oyalarni singdirishga bo‘layotgan urinishlar kuchayib borayotgan globalizatsiya jarayonlari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlam bo‘lib qolayotganligi sababli bu yo‘nalishda qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor bo‘lgan har tomonlama kamol topgan, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk yosh avlodni tarbiyalash tizimini yaratishga qaratilgan davlat siyosatini faol va izchil amalga oshirishni ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari (keyingi o‘rinlarda — “Temurbeklar maktablari” 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin. Quyidagilar “Temurbeklar maktablari”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash;
o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;


Download 81,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish