Referat tayyorladi: Farmatsiya Fakulteti Kasb talim yoʻnalishi 201-a guruh talabasi Asadov Faxriyor



Download 62,5 Kb.
Sana10.03.2022
Hajmi62,5 Kb.
#488989
TuriReferat
Bog'liq
9-mavzu



Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi Toshkent Farmatsevtika instituti


REFERAT
Tayyorladi: Farmatsiya Fakulteti Kasb talim yoʻnalishi 201-A guruh talabasi Asadov Faxriyor
Mavzu: Osiyo mamlakatlarida farmatsiyani rivojlanishini
Hozirgi O'zbekiston hududida va umuman, O'rta Osiyoda qadimdan tibbiyot muassasalarida, dorixona-laboratoriyalarida bemorlar uchun dorilar tayyorlanganligi ma'lum. Bular to'g'risida qadimiy qo'lyozmalarda ma'lumotlar bor va arxeologik qazilmalar materiallari ham buni to'liq tasdiqlaydi. Alohida ta'kidlash lozimki, G'azna (X asr), Samarqand (XI asr), Hirot (XV asr). Buxoro (XVII asr) shaharlaridagi shifoxonalarda dorixonalar bo'lganligi yozib qoldirilgan. O'z davrining taniqli tabiblaridan bo'lgan Abu Hamid an- Naxshahiy Hirot shifoxonasida ishlab, dori moddalarining ta'sirini chuqur va har tomonlama o'rgangan.
Abu Rayhon Beruniy bilan mingdan ortiq dorivor o'simliklar va mineral moddalar xossalarini aks ettirgan «Kitob as-Saydana fit tib» kitobini yaratdi. Tibbiyot ravnaqiga Aristotel, Gippokrat, Galen va o'z davrining mashhur olim va tabiblari qatori. jahon fani, xususan, tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan Markaziy Osiyo tuprog'idan yetishib chiqqan, vatandosh allomalarimizdan biri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sinoning tabobatdagi xizmatlari buyukdir. U o'z asarlarida eng qadimgi fanlardan biri bo'lgan tib- biyotning o'zidan oldingi ming yillik taraqqiyotiga yakun yasabgina qolmay, uni yangi, yuqori bosqichga ko'tardi, o'z kuzatuvlari bilan boyitdi, hatto bu fanning keying asrlarda erishgan bir qancha yutuqlarini oldindan ko'ra bildi. Ibn Sinoning tabobat va dorishunoslikka oid eng yirik shoh asari «Tib qonunlari» kitobi hisoblanadi. Uzoq vaqt mobaynida tibbiyot fanining mufassal qomusi hisoblangan bu asarda inson sog'lig'i va kasalliklariga oid barcha masalalar mantiqiy tartibda to'la bayon qilingan.
«Tib qonunlari» asari anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, farmatsiya, gigiyena va boshqa masalalarni o'z ichiga oladi. Besh jildli bu kitobning ikkitasi oddiy va murakkab dorilar to'g'risida bo'lib, Ibn Sino 758 ta o'simliklar, hayvonotlar va minerallardan dori vositalari tayyorlash. saqlash va ishlatilishini to'liq va batafsil bayon qilgan. Ibn Sinoning bu asari Yevropada 5 asr mobaynida, har bir shifokorning ish joyida, ularning mehnat faoliyati uchun zarur va kerakli bo'lgan o'quv-amaliyot quroli bo'lib xizmat qilgan. Ibn Sinoning fikriga ko'ra, har bir dorida o'zining ta'sir etish xususiyati bo'lib, bu xususiyat odam
organizmida o'zgarishga uchraydi. Bunda Ibn Sino o'sha zamondagi dorilar haqidagi nazariy tushunchaga asoslangan.O'rta asrlanda dorilarning xususiyati va ta'siri nazariy jihatdan quyidagicha tushunilgan: har bir dori qabul qilingandan so'ng inson tanasida undagi tug'ma harorat ta'sirida faollashadi. Undagi quvvat potensiali holatidan kinetik holatga o'tadi. Shundan keyingina Ibn Sino dori ta'sirini sinab ko'rish kerakligini ta'kidlaydi. Ibn Sino zamonida dorilar. o'simliklar va hayvon a'zolaridan olingan. Uning o'zi ham, asosan, shu uch manbani ko'rsatgan. U o'simliklardan olinadigan dorilarga ko'proq ahamiyat bergan. Ularni qay vaqtda yig'ish, qanday sharoitda quritish, saqlash va ishlatish usullarini to'liq bayon qilgan. X asrning oxiri-XI asrning boshlarida Xorazmdagi siyosiy barqarorlik, iqtisodiy va ijtimoiy yuksalish, ilm ahliga hurmat e'tibor, mehr-muruvvat o'sha davrning eng mashhur va ko'zga ko'ringan olimlarini Gurganchda w'pladi. Abul Abbos Ma'mun ibn Ma'mun taxiga o'tirgachi, Xorazm shohlar saroyidagi ilmiy an'analarni davom ettirib, olimlarga alohida e'tibor bilan qaradi va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. Manbalarda Ma'mun saroyida olimlarning katta guruhi to'planganligi va Xorazmshoh ularga homiylik qilgani e'tirof etilgan. farmatsiya -dori vositalarining xususiyatlari, muomalasi va dori turlarini tayyorlashni har taraflama o'rganadigan fan.
farmatsevt -dorishunos mutaxassis. Xozirgi kunda oliy ma'lumotli mutaxassis tushuniladi (assistent farmatsevta o'rta maxsus ma'lumoti bo'lgan mutaxassis). farmatsevtik korxona -dori moddalari, dori vositalari yoki shakllarini ishlab chiqarish bo'yicha sanoat korxonasi;
Hozirgi O'zbekiston hududida va umuman, O'rta Osiyoda qadimdan tibbiyot muassasalarida, dorixona-laboratoriyalarida bemorlar uchun dorilar tayyorlanganligi ma'lum. Bular to'g'risida qadimiy qo'lyozmalarda ma'lumotlar bor va arxeologik qazilmalar materiallari ham buni to'liq tasdiqlaydi. Alohida ta'kidlash lozimki, G'azna (X asr), Samarqand (XI asr), Hirot (XV asr). Buxoro (XVII asr) shaharlaridagi shifoxonalarda dorixonalar bo'lganligi yozib qoldirilgan. O'z davrining taniqli tabiblaridan bo'lgan Abu Hamid an- Naxshahiy Hirot shifoxonasida ishlab, dori moddalarining ta'sirini chuqur va har tomonlama o'rgangan. U o'z ma'lumotlarini umumlashtirib, Abu Rayhon Beruniy bilan mingdan ortiq dorivor o'simliklar va mineral moddalar xossalarini aks ettirgan «Kitob as-Saydana fit tib» kitobini yaratdi.


Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish