Topshiriq metodi oʻquvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida qoʻllaniladi. Oʻquvchilarning topshiriqlarni jamoa boʻlib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega.
Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish, muayyan faoliyatda ishtirok etish jarayonida oʻquvchi tomonidan amal qilinishi zarur boʻlgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari va tarbiyaviy ta’sirning muhim usullaridan biri boʻlib, u ma’lum harakatlarni ragʻbatlantirish yoki toʻxtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega boʻladi.
Topshiriq – ta’lim yoki tarbiya jarayonida oʻquvchi zimmasiga yuklanadigan muayyan vazifa.
Do'stlaringiz bilan baham: |