Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari – muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini toʻgʻri, maqsadga muvofiq, puxta tashkil qilish orqali ularni axloqiy me’yor, xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantiruvchi usullar sanaladi.
Odatlantirish, mashqlantirish (mashq qildirish), topshiriq, pedagogik talablar, jamoat fikri, tarbiyalovchi vaziyat kabilar ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari sirasiga kiradi.
Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish koʻnikmalarini egallash yoʻlida muayyan amal, harakatni koʻp marta takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |