Tinj okean palolasi. Eunice viridis.
Ayrim ko'ptuklilar (masalan. Autolytus va Myrianida)ning epitok qismi atok qismidan ajralmasdan avval bosh qismini hosil qilishi, atok esa key ingi qismini regeneratsiya qilishi mumkin. Ba'zan shakllangan birinchi in divid ajralguncha uning oldida boshqa yangi individ hosil bo'ladi. Natijada birdaniga bir nechta, ba'zan 30 gacha jinsiy individlardan iborat muva qqat bir qator zanjir hosil qiladi. Autolytus va boshqa ayrim ko`ptuklilar huddi shunday ko'payadi (85-rasm). Keyinchalik jinsiy individlar birma bir ajralib ketib, jinsiy ko'payishga kirishadi.
Ko‘ptuklilar sinfi vakillarining rivojlanishi
Rivojlanishi. Ko'ptuklilar tuxumi to'liq, lekin noteks maydalanadi. Tuxumdan ko'ptuklilar uchun xos bo'lgan troxofora lichinkasi (86-rasm) chiqadi. Lichinka tanasi yumaloq yoki noksimon bo'lib, uning tepasida bir dasta uzun kipriklardan iborat kokili bor. Lichinka tanasini bir qator kipriklar belbog' shaklida o'rab turadi. Og'iz teshigidan oldinda joylashgan belbog' prototrox deyiladi. Ba'zan bunday belbog' og'iz teshigidan orqaroqda ham bo'ladi. Ichagi uch bo'lim - oldingi, o'rta va orqa ichakdan iborat. Ichak bilan tana devori o'rtasida birlamchi tana bo'shlig'i bo'ladi. Ichakning ikki yonida bir juft metanefridiylar joylashgan.
Troxofora bir muncha vaqt erkin yashagandan so'ng metamorfozga kirishadi. Uning keyingi qismi chuzilib, bir necha segmentni hosil qiladi. Segmentlarda parapodiylar, qillar yoki kiprikli belbog'lar rivojlanadi. Bu davrda mezoderma hujayralaridan har bir segmentda bir juftdan selom xaltachalari hosil bo'ladi. Metamorfoz davomida tepa plastinkasi teri ostiga botib kirib. bosh miyani hosil qiladi. Qorin tomondan ektoderma hisobidan qorin nerv stvollari, sezgi organlari - ko'zlar va palpalar hosil bo'ladi. Ana shunday qilib, birlamchi bo'shliqli segmentsiz trozofora seg. mentli metatroxoforaga aylanadi. Metatroxofora endi bosh bo'lim-pros tomium, bir necha gavda bo'limi va dum-pigidiydan iborat bo'ladi.
Metatroxofora bir necha vaqt suzib yurib, keyin suv tubida hayot kechirishga o'tgach, uning metamorfozi davom etadi. Uning anal tomoni da o'sish zonasi hosil bo'ladi. Bu joyda hujayralar to'xtovsiz bo'linib, yangi tana segmentlarini hosil qiladi. Birlamchi tana bo'shlig'i selom bilan al mashinadi. Har bir halqada parapodiylar, ektoderma hisobidan nerv siste masi, sezgi organlari, hosil bo'ladi. Shundan so'ng jinsiy individlar ajral ishib, suzib ketadi.
Ekologiyasi. Ko'ptuklilar-turlarga eng boy bo'lgan halqali chuval changlar sinfi. Ular asosan dengizlarda yashovchi 5300 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Ko'ptuklilar orasida suvda suzuvchi, dengiz tubida oʻrmalab, yoki balchiqqa ko'milib oluvchi hamda ingichka nay ichida o'troq yash ovchi turlari bor. Ayrim turlari parazit hayot kechiradi. Ko'ptuklilarning bir necha turi chuchuk suv havzalarida tarqalgan.
Ko'ptuklilaming kattaligi bir necha mm dan 3 m gacha bo'ladi. Ko'pchilik turlari sohil yaqinida suv tubida, ko'pincha 1000 m dan chuqurroq, ba'zan 8000 m gacha chuqurlikda uchraydi. Planktonda hayot kechiradigan turlarin ing tanasi shaffof bo'ladi. Suv tubida hayot kechiradigan turlari suv o'tlari orasida o'rmalab yuradi; qum yoki loyni kavlab kirib oladi. Qum chuval changi huddi shunday hayot kechiradi. Dengiz tubida maxsus naychalarda yashaydigan o'troq ko'ptuklilar ayniqsa xilma-xil boʻladi.
Amaliy ahamiyati. Ayrim tropik turlari, masalan, palolo (Eunice vir ides) oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Suv tubida yashaydigan turlari ovlanadigan baliqlar, qisqichbaqalar va boshqa hayvonlarning asosiy ozig'i hisoblanadi. Ko'ptuklilardan Nereis diversicolor 1939-40 yillarda Qora dengizdan Kaspiy dengiziga introduksiya qilingan.
Ko'ptuklilar kezib yuruvchilar va o'troq yashovchilar kenja sinflariga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |