Quvonch baxsh eta oladigan ta’limgina,
yuqori samaralidir
Mavzu: "Bolaga yunaltirilgan ta’lim"
Maqsad: O‘zgarishlarni qabul qilish va uni amalga oshirishga o‘rgatish; Tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
Tanlash imkoniyatini yaratish va uni amalga oshirish;
Muammolarni to‘g‘ri aniqlash va hal etish;
Ijod va ixtirochilikni shakllantirish, namoѐn etish;
Bolalarni inson, jamiyat, mamlakat, atrof-muhit to‘g‘risida g‘amxo‘rlik
qilishga odatlantirish.
E’tibor qaratiladi: Ertak qahramonlarining rasmlari. Ona sichqon, sichqoncha, tovuq, o‘rdak, baqa, baliq va mushuk rasmlari.
Mashg‘ulotning borishi:
«Bolaga yunaltirilgan ta’lim» bu nima? – Bu qiziqish bilan
ta’lim olishdir!
L.Vigotskiy, J. Piaje, E. Erikson, M.Montessori va boshqa buyuk olimlarning butun dunѐga mashhur uslubiy nazariyalari asosidagi eng ilgor pedagogik texnologiyadir.
«Bolaga yunaltirilgan ta’lim» dasturining falsafasi
Ota- onalar o‘z farzandlarining birinchi murabbiylari va
advokatlaridir. Bolalar qachonki haqiqiy ta’lim jaraѐniga jalb etilgan bo‘lsalargina, eng yaxshi tarzda rivojlanadilar.
«Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim» dasturi:
Faollik markazlari
«Bolaga yunaltirilgan ta’lim «dasturi bo‘yicha ish olib borilaѐtgan guruhlarda ta’lim –tarbiya jaraѐni shunday tarzda tashkil etiladiki, u bolaga mustaqil tanlash imkonini beradi. Xar bir guruh xonasi bir necha Markazlarga bo‘linib, ularning har birida izlanish va o‘yinlar uchun etarli
· Bu 0 ѐshdan 10 ѐshgacha bo‘lgan bolalar, ularning ota onalari va peda-goglar uchun original (noѐb) dasturdir;
· Bu jo‘shqin o‘zgaruvchan rivojlantiruvchi muhit bo‘lib, har bir bola uchun
ta’limning o‘ziga xos sharoitlarini yaratadi;
· Tarbiyachilar bolalarning ѐrdamchilariga aylanadilar, rivojlantiruvchi
muhitni yaratadilar va individual ѐndashishni ta’minlaydilar;
· Bolalarga faoliyat turlarini tanlash, muammolarni hal etish,o‘zaro
munosabatlarni o‘rnatish imkoniyati yaratiladi;
· Ta’lim jaraѐnida ota onalarning ishtiroki ta’minlanadi;
· Har bir bolaning ta’limga bo‘lgan ehtiѐji qondiriladi;
· Har xil millat vakillariga va ularning madaniyat, urf-odat, an’analariga hurmat hissi shakllantiriladi.
miqdordagi materiallar to‘planadi. Turli guruhlarda markaz-lar soni turlicha bo‘lishi mumkin, biroq, quyida ro‘yxati kelti-rilgan markazlar deyarli barcha guruhlarda tashkil etiladi. Ularga qyidagilar kiradi:
Ijodiy faoliyat Qurilish Pazandalik Sahnalashtirish Adabiѐt (kitob burchagi, savodxonlik markazi) Matematika (manipulyativ o‘yinlar)
Musiqa Ochiq maydoncha Qum va suv Tabiatshunoslik
Ijodiy faoliyat markazi
Bolalarning o‘z ijod qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish va amalga
oshirishga undaydi, ularga quvonch, hayajon va qoniqish hislarini baxsh
etadi.U turli funksiyalarni bajaradi va eng avvalo bolalarning
qiziquvchanligi, tassavvuri va tashabbusiga oziq beradi. Bu erda bo‘ѐq, qog‘oz, qaychi, bo‘rchalar, rangli qalamlar, gazlama bo‘laklari va kesish hamda elimlash uchun barcha qiyqimlar yig‘iladi. SHuningdek, tabiat materiallari – daraxt, barg, qum-tuproqni hamqo‘shib qo‘yish foydadan xoli emas. Ushbu markazdagi mashg‘ulotlar ijodiy qobiliyat, so‘z orqali va so‘zsiz muloqot, umumiy va nozik harakatlanish, aqliy qobiliyatni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Qurilish markazi
Bolalar turli kattalikdagi va shakldagi konstruktor bloklaridan
foydalangan holda birgalikda ѐki ayrim holda o‘ynaydilar.
Qurilish markazi bolalarga binolar qurish,balandlik nima,og‘irlik nima ekanligini anglash imkonini beradi.. U bolalarning matematik
qobiliyatlarini rivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni hosil
qilishlariga ѐrdamlashadi, muammolarni hal etish ajribasiniberadi. Bu erda, shuningdek, ijodiy ѐndashishni namoyish etish va bajari-ladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. Ushbu markazga tarbiyachilar ,bolalar va ota – onalar istak-xohishi bilan ko‘plab turli narsalarni –o‘yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, odamlar va hayvon-larning shaklchalari, samoletlar, gazlama bo‘laklarini to‘plash mumkin.
Pazandalik markazi
Bolalarga ayrim narsalarning xossalarini tekshirish,oziq- ovqat
mahsulotlarining tarkibini aniqlash, yangi ovqatlarni ta’tib ko‘rish, shu jumladan ularni o‘zlari tayѐrlashlari, yangi matematik tushunchalar, masalan, o‘lchov tushunchasi bilan tanishish imkonini beradi. Birgalikdagi pazandalik mashg‘ulotlari o‘zaro munosabatlarni yaxshilash, boshqalar bilan fikr almashishga o‘rgatadi, komandada ishlash imkoniyatini yaratadi. Tarbiyachilar bolalar bilan ranglar, sonlar, shakllar to‘g‘risida, ovqatlanish madaniyati,tabiatshunoslik haqida fikrlashib olishlari mumkin. Pazandalik bolalarga
jonli haѐtiy tajribalarni beradi.
Sahnalashtirish markazi
Bolalar o‘z ijodlarini namoyish etishlari uchun imkoniyat yaratiladi.
Bolalarda sahnachalarni o‘ynashga xohish-istak uyg‘otish uchun zarur bo‘lgan chiroyli kiyimlar va boshqa xar hil qo‘lda yasalgan kostyum-lardan foydalanish mumkin. Markazga narsalarni tarbiyachilar ota - onalar ѐrdamida tanlaydilar. Ular bu narsalarni ish rejasiga ko‘ra, bir haftaga «kir yuvish» o‘yini uchun, boshqa haftaga «kosmonavtlar» ѐki «sirk» o‘yini uchun, uchinchi haftaga hayvonlarga qarash o‘yini uchun rekvizit sifatida taklif etishlari mumkin. Rekvizitlar bolalar-ning qiziqishlari asosida tanlanadi.
Adabiѐt markazi
Bolalar ilk bor savodxonlikka o‘rgatiladi. Ushbu markazda kitoblar,
eshitish hamda ѐzish uchun o‘quv qurollari mavjud bo‘ladi. Bu tinch burchak bo‘lib, unda bolalar kitoblarni ko‘rib chiqishlari, bir-birlariga o‘qib berishlari mumkin, shuningdek, bu erda tarbiyachi ѐki ko‘ngilli ѐrdamchi bolalarga kitobni ovoz chiqarib o‘qib berishi mumkin. Adabiѐt markazi «Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim» dasturida o‘quv kunining muhim tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Bolalarga kitobchalarni o‘z qo‘llari bilan yasash, mavzu (syujet) larni o‘ylash va o‘ynash, hikoyalar eshitish taklif etiladi.
Matematika markazi
Bolalarga ilk matematik ko‘nikmalar beriladi. Bolalar mustahkam
,foydali matematik bilimlarni o‘zlarini o‘rab turgan dunѐdan oladilar. Ushbu markazda boshqotirma va konstruktor kabi bolalar yig‘ishi va sochib tashlashi mumkin bo‘lgan narsalar to‘planadi.Bu erda, shuningdek, bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasnif-lashlari, sanashlari uchun ѐrdam beradigan o‘yinlar ham bo‘lishi kerak. Bunday materiallar ham aqliy qobiliyatni o‘stiradi, ham nozik harakatlanishni rivojlantiradi, ham o‘zini boshqarishni o‘rgatadi. Materiallar bilan o‘rtoqlashish, kelishish va muammolarni hal etish zarurati ijtimoiy ko‘nikmalar rivojlanishiga olib keladi.
Musiqa markazi
Bolalarga zavq bahsh etadi, ularni tinchlantiradi va hissiѐtning
rivojlanishiga ko‘maklashadi. Ushbu markazdan butun kun davomida
mashg‘ulotlarni birlashtirish uchun foydalanish mumkin. Kuylash, harakatlar, qarsak chalish, o‘yinlar, musiqa asboblarida o‘ynash va ѐzilgan kuy-qo‘shiqlarni tinglash har qanday dasturni yaxshigina to‘ldiradi. Musiqaviy mashg‘ulotlar zehnni tezlaydi, ritmga, sanashga o‘rgatadi va nutqni rivojlantiradi; umumiy va nozik harakatlanishni (motorikani) mustahkamlaydi va ijodiy qobiliyatni namoyish etishga imkon beradi.
Qum va suv markazi
Bolalarning xar tomonlama rivojlanishiga ѐrdam beradi. Ushbu mar-kaz guruhdagi maxsus stol ѐki ochiq maydonchada tashkil etilgan qum uyumidir, bu narsa bolalarga bilim orttirishga mo‘ljallangan o‘yinlar uchun, sezish organlaridan foydalanish uchun ajoyib imkoniyatlar beradi. Bolalar ushbu tabiat materiallarini o‘rganish davomida ijod qiladilar, fikrlaydilar, o‘zaro o‘rtoqlashadilar. Ular umumiy va nozik harakatlarni mustahkamlaydilar. Bunda xokandozcha, turli suzgich, qadoqchalar va chelakchalar bo‘lishi lozim. SHunday qilib, matematik va tabiiy-ilmiy tushunchalar shakllanadi, ijodiy fikrlash rag‘batlantiriladi.
Mashg‘ulot yakunida tarbiyachi bolalar bilan suxbatlashib muvzuni mustaxkamlaydi va ta’limiy o‘yin o‘ynaydilar.
Nazorat savollari
1. «Bolaga yunaltirilgan ta’lim» bu nima?
2. Bolalarni markazlar bilan tanishtirishda qaysi metodlar eng
qulay deb hisoblaysiz?
3. Dialogik nutqni shakllantirishga doir mashg‘ulotlar qaysi
metodlar asosida o‘tkaziladi?
4. Bolalarning qiziqishlarni qanday rivojlantirish mumkin?
5. Didaktik jaraѐnni tashkil qilishda tarbiyachining roli qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |