Qayta qurishning 1-bosqichi (1985-1987-yillar):
Ma’muriy-tashkiliy tadbirlar avvalgidek buyruqbozlik asosida olib borildi
Bu bosqichdagi vazifa – ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirish edi
Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratildi
1986 yildan mamlakat iqtisodiy ahvoli yomonlashdi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish sur'atlari keskin pasaydi. 1 - bosqich mag'lub bo'ldi
Qayta qurishning 2-bosqichi (1987-1990-yillar):
Jamiyating barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishga harakatlar bo’ldi. Asosiy maqsad sovet jamiyatini to'liq demokratlashtirish deb aytildi
80-yillar 2-yarmida iqtisodiy inqiroz boshlandi. Markaz o'z ta'sirini kuchaytirish maqsadida O'zbekistonda "O'zbek ishi", "paxta ishi" kabi uydirmalarni o'ylab topdi
Qayta qurish siyosati ham SSSR davlatini muqarrar inqirozdan qutqarib qola olmadi. Davlatda inqiroz boshlandi. Ittifoqdosh Respublikalarda milliy o'zlikni anglash va mustaqillik sari dadil qadamlar qo'yildi.
O’zbekistonda og’ir axvolning vujudga kelish sabablari:
Iqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga zo’r berilib, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga yaroqsiz yondoshuvlarning tobora kuchayib borishi;
Respublika sobiq Markazdagi sanoat vazirliklari va idoralarining mo’may xom asgyo manbai sifatida qarab kelinishi;
O’lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan yetarlicha, ba’zan mutlaqo baho berilmagani, ba’zan esa bu xususiyatlarning pisand ham qilinmagani;
Iqtisodiy va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat taqsimotida O’zbekistonning mavqei va o’rnini o’zgartirishning muqobil yo’llari e’tiborga olinmagani.
Buni O`zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O`zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida” asaridagi o`uyidagi faktlardan ham anglash mumkin:
Shu narsa shak-shubxasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlar bo'yicha Ittifoqdagi o'rtacha darajadan ham ancha orqada bo'lib, mamlakatda ohirgi o'rinlardan birida turibdi. Biz bu raqamlarni ilgari ham necha martalab aytganmiz, ammo bugun ularni na bir bor idrok etmoq kerak. O'zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha mamlakatda 12-o'rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chi?arish bo'yicha ko'rsatkich esa ittifoqdagi o'rtacha darajadan ikki xissa past.
Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xo'jaligidagi mehnat numdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish o'rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi. Biz daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste'mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng ohirgi o'rinlardan birida turibmiz.
O'zbekiston aholisi o'rta hisobda go'sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste'mol qilmoqda. Oyiga o'rta hisobda 75 so'mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi mamalakatda 12 foizdan sal ko'proq bo'lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o'zining qo'lidan keladigan ishni topa olmayapti.
Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog’liqni saqlash, xalq ta'limi, maktabgacha bolalar muassalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning o'zi kifoya. Juda o'tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar ro'yxatini yana davom ettirish mumkin. Buni avvalo shundan ko'rsa bo'ladiki, insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shahs sifatida ma'naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko'pincha yashash uchun kerak bo'lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti.
Shunday qaltis ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ogir inqirozli moddiy-iqtisodiy ahvolidan O`zbekistonni, uning xalqini o`z manfaatlaridan diqqat-e`tiborini chalg`itish hamda mustamlakachilik siyosatini avj oldirish maqsadida, mintaqaga nisbatan turlicha senariylar ishlab chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |