Referat O’zbekistonning eng yangi tarixi



Download 59,78 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi59,78 Kb.
#790300
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Referat O’zbekistonning eng yangi tarixi


92-21 guruh Xusanova Zulfiya
Tarix fanidan referat


O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
1. XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O'zbekistonda amalga oshirgan qatag'on siyosati. "Paxta ishi" "O'zbek ishi" nomli kompaniyalar.
2.1989 yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o'sib borishi. O'zbekistonda Prezidentlik joriy etilishi. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqealari.
3.O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Davlat suverenitetini mustahkamlash, davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mustaqillikning huquqiy asosi.
4.Davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirilishi, ikki palatali parlament joriy etilishi. O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o`zaro aloqasining dastlabki ququqiy asoslari.



  • Masala. XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar.

1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.
Ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a'zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik avj oldi. Sovet ittifoqida kuchaygan tanglik holati mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. KPSSning kutilayotgan natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqiroziga sabab bo'ldi. Xalq xo'jaligidagi tanglik holatlarining keskin suratda va shitob bilan kuchayib borishi sotsialistik tuzumning tayanch negizlariga tahdid soluvchi xatarli siyosiy tanglikka o'sib o'tdi. Butun jamiyatda keskin, tub o'zgarishlar qilish zarurati paydo bo'ldi. Kirib qolingan boshi berk ko'chadan chiqib ketish yo'llari izlandi.
80-yillar o'rtalarida sovet jamiyatida "qayta qurish" boshlandi. Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi.Jamiyatni oshkoralik, yangicha fikrlash asosida qayta isloh qilish mumkin degan tamoiyil ilgari surildi. Ammo har qanday shiorlar avaliy natija bermas edi. Chunki mavjad tuzum zuravonlikka, yakka hukmronlikka asoslangan edi. Xo`jalik yuritishning ma`muriy buyruqbozlik usuli jamiyatni moddiy-iqtisodiy ahvolini og`irlashtirib qo`ygan edi, allaqachon.
Hukmron partiyaning qayta qurish siyosati ham quruq ritorika va deklaratsiya asosida bo'lib, hech qanday amaliy natija bermadi. Aksincha, ular sovet jamiyatining tub asoslari adolatsizlik negiziga qurilganini, rivojlanishga noqobil ekanini oshkor etib qo'ydi.
Mustamlakachilikka asoslangan tizimning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida inqirozli vaziyat yanada keskinlashib bordi. Qayta qurish kontsepsiyasida ilgari surilgan har qanday chaqiriqlar o`zining ishonchsizligi va har jihatdan asossizligi bilan cheklangan bo'lib, u SSSR taraqqiyotini ta'minlay olmas edi. Natijada mustabidchilikka asoslangan tuzumni qayta qurishning har qanday siyosiy chora - tadbirlari chippakka chiqa bordi.
Qayta qurish yillarida shundoq ham har tomonlama nochor ahvolni boshidan kechirayotgan O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada yomonlashdi. Respublikada milliy urf - odatlar, an'analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi. Ittifoqni yangicha qayta asosda mustahkamlashga qaratilgan sayi-harakatlar aslida chiriyotgan tizimni has - pushlashdan boshqa narsa emas edi. Eng muhimi, halqlarni azaldan ma`naviy-madaniy tutqunlikda ushlab turilgan edi. Uzligidan unutilayotgan edi. Tarixi,tili,uruf-odatlari,an`an ava milliy qadriatlaridan begonalashtirib, mustamlakada ushlab turilgan edi. Etilgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat respublika xalqlarining o`zligini anglash jarayoniga turtki berdi, tezlashtirdi deyish mumkin.
Qayta qurish hodisasini tarixiy jarayon sifatida ikkita bosqishga bo`lish mumkin.

Download 59,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish