Referat Mustaqil ishi


Informatika fani. Jorj Fon Neyman prinsipi



Download 172,53 Kb.
bet13/16
Sana05.08.2021
Hajmi172,53 Kb.
#138803
TuriReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Referat Mustaqil ishi

Informatika fani. Jorj Fon Neyman prinsipi.
Insoniyat uzining tarixi mobaynida modda, kuvvat va axborotlarni uzlashtirib keldi. Insoniyatning rivojlanishda butun-butun boskichlar ushbu boskichning eng ilgor texnologiyasi nomi buyicha nomlanadi. Masalan, "tosh davri" - kurol yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasining boskichi, "bronza davri" - metallga ishlov berish texnologiyasini egallash boskichi, "kitob chop etish asri" - axborotni tarkatishning yangi usullarini egallash boskichlari, "elektr asri"- kuvvatning yangi turlarini uzlashtirish boskichlari shular jumlasidandir. Bundan yigirma - uttiz yil oldin "atom asri" boshlandi deyilgan bulsa, hozirgi kunda kuprok "axborot asri" va "ShAXSIY KOMPYuTER asri" xakida eshitish mumkin. ShAXSIY KOMPYUTER ishlab chikarishning usishi, axborot tarmoklarining rivojlanishi yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi jamiyat xayotining barcha soxalarida, ya'ni ishlab chikarishda fanda ta'limda tibbiyotda va ?okazolarda axborotning tarkibiy kismlari paydo bulishi va rivojlanishiga olib keldi.

Informatika 60-yillarda Fransiyada elektron xisoblash mashinalari yordamida axborotni kayta ishlash bilan shug’ulanuvchi soxani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatio suzidan kelib chikkan bulib, tushuntirish, xabar berish, bayon etish ma'nolarini anglatadi. Ingliz tilida suzlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi hakidagi fan) sinonimi mos keladi.

Informatika inson faoliyatining mustakil sohasi sifatida ajralib chikishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bo?lik. Bunda asosiy xizmat mikroprosessor texnikasiga tug’ri keladi, uning paydo bulishi 70-yillar urtalarida ikkinchi elektron inkilobni boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral chizma va mikroprosessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafakat kompyuter texnikasi yutuklarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va kayta ishlash jarayonlari bilan ham bog’lanadi.

Kompyuter - bu ixtiyoriy kurinishdagi axborotni avtomatik tarzda kayta ishlovchi kurilmadir. hozirgi kunda ularning hammasi elektron kompyuterlar ?isoblanadi. Informatikaning vujudga kelish tarixiga nazar tashlasak, dastlab mexanik kompyuterlar yaratilgan.

1642 yilda Blez Paskal kushish amalini mexanik ravishda amalga oshiruvchi kurilmani ixtiro kildi, 1673 yilda esa Gotfrid Vilgelm Leybnis turtala arifmetik amalni bajaruvchi mexanik kurilma arifmometrni kostruksiyasini yaratdi. XIX asrdan boshlab arifmometrlar juda keng masshtabda kullanila boshlandi. Bu kurilmada uta murakkab hisoblashlar xam amalga oshirilar edi, xattoki usha vaktda "hisoblovchi - inson" deb nom olgan maxsus kasb ham mavjud edi. Bu kasb egasi berilgan instruksiya asosida topshirilgan vazifani arifmometr yordamida anik va tez amalga oshirar edi. Lekin ayrim hisoblashlarning uta murakkabligi ulardan olinadigan natija uchun sarflanadigan vaktning sekinlashuviga sabab bulgan. Bunday hisoblashlar uchun xaftalab, oylab vakt sarflanar edi. Buning asosiy sababi, bu kurinishdagi hisoblashlarni amalga oshirish va natijalarni yozib borishni inson uzi bajarayotganligidir.

1833 yilga kelib ingliz matematigi Charlz Bebbidj insonning aralashuvisiz, mustakil ravishda ?isoblashni amalga oshiruvchi universal ?isoblash kurilmasi - "analitik mashina"ning proektini yaratdi. Lekin, Bebbidj bu ishini oxiriga yetkaza olmagan bulsada, uning fikrlarini asos kilib olib, 1941 yilda nemes injeneri Kondrat Suze tomonidan analitik mashina yaratildi. 1943 yildan boshlab esa Amerikalik Djon Mochli va Prespera Ekerta ra?barliklari ostida dastlabki elektron lampali mashinalarning ixtirolari amalga oshirila boshlandi.

Keyinrok Mochli va Ekerta dasturni uz xotirasida saklaydigan yangi mashinaning konstruksiyasi ustida ish olib bordilar va bu ishga mash?ur matematik Jorj fon Neymanni ham hamkorlikka chakirdilar.

Birinchi elektron kompyuterlar AKShning Pensilvaniya universitetida 1946 yilda yaratilgan. Bu kompyuter ENIAC nomi bilan mash?ur bulldi, uning ?ajmi juda katta bulib, oGirligi 30 tonna edi, ENIAC 18000 elektron lampadan iborot va 500 amalni 1 sek.da bajarardi. (1940-1955y) Tarkibi elektron lampalardan iborot bulgan barcha ShAXSIY KOMPYuTERlar - birinchi avlod mashinalari deb nomlangan.

1955 yildan boshlab ikkinchi avlod ShAXSIY KOMPYuTERlari paydo bula boshladi. Ulardan elektron lampalar urniga yarim utkazgichlar - tranzistorlar bilan almashtirilgan. Yangi avlod ShAXSIY KOMPYuTERlarining avvalgisidan afzalligi ulchovi kichik, elektr energiyasini kamrok talab kilganligidir.

Ammo, zamonaviy ShAXSIY KOMPYuTER arxitekturasi deb ataluvchi SHAXSIY KOMPYUTER tuzilishining asosiy prinsiplari karor topguncha bir necha yillar utdi.


Bu prinsiplar buyuk matematik Jorj Fon Neyman tomonidan 1946 yilda asoslab berildi. Uning fikricha markaziy prosessor xotirada saklanayotgan dasturni boshkaradi. U ikki kismdan iborat buladi:

1. boshkaruv kurilmasi, ya'ni dastur buyruklarini kabul kiluvchi va ularning bajarilishini ta'minlovchi;

2. arifmetik-mantikiy kurilma, fakat ?isoblashlar uchun muljallangan.

Undan tashkari "tezkor xotira" - doimiy saklovchilardan markaziy pro­ses­sor­ga borish va kaytish yulida oralik ma'lumotlarni saklash uchun foydalaniladi. Bu oralik ma'lumotlarni saklovchi kurilma (bufer) operativ xotira deb ataladi. ?uddi shunda fon Neyman kompyuterning asosiy funksional ishlash prinsiplarini tavsif­lab bergan.


SHAXSIY KOMPYUTER avlodlari almashuvi hakida ma'lumotnoma

1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroklar. ShAXSIY KOMPYuTER katta hajmi, kup elektr kuvvati iste'mol etishi, kam ?arakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan.

2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim utkazgichli elementlar. Oldingi avlod ShAXSIY KOMPYuTERga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan.

3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza-integral chizmalar. ShAXSIY KOMPYuTER hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi. Ma'lum masofadagi terminallardan alo?ida bulish.

4-avlod (1970 yillar urtalaridan). Element bazasi- mikroprosessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning ommaviy chikarilishi. Rivojlanish yunalishi; yukori ishlab chikarish kuvvatiga ega kudratli kup prosessorli hisoblash tizimlari arzon mikro ShAXSIY KOMPYuTERlarni yaratish.

5-Avlod (1980 yillar urtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chikarila boshlandi.

3. Dasturlar turlari
      

Kompyuterda xar xil turdagi ma’lumotlar saklanadi. Ular bilan ishlash uchun biz xar xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter uzi xech kanaka xarakatlar bajarmaydi u fakat bizning buyruklarimizni va kursatmalarimizni bajaradi. Buyruklar va kursatmalar ketmaketligi esa dastur deb nomlanadi (dastur tushunchasi yukoridagi mavzularda utilgan). Dasturlar 3 turga bulinadi:


       1) SISTEMA DASTURLAR TURI. Sistema dasturlar bu kompyuter ishini boshkaruvchi va xar xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.
       Masalan: fayllar ustidan xar xil amallar bajarish (kayta nomlash, yaratish, uchirish, nusxasini olish, xajmini uzgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashki kurilmalar ishini boshkarish). Sistema dasturlar ichida 4 dasturlar guruxlari ajratilib turadi. Bular: operatsion tizimlar (sistemalar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va dastur koplamalar.
       SHulardan operatsion sistemalar dasturlar guruxi juda katta axamiyatga ega. Bu dasturlar kompyuter ishini boshkaradi, xar xil dasturlarni kompyuter xotirasiga yuklaydi va bajaradi, fayllar, kataloglar va disklar ustidan xar xil amallarni bajaradi. Xamma dasturlar shu operatsion sistema dasturning imkoniyatlaridan foydalanadi va shuning uchun xamma dasturlar fakat shu dastur orkali ishga tushadi. Eng tanikli operatsion sistemalar: MS-DOS va Windows (Microsoft korporatsiya) dunyodagi kompyuterlarning 75-80%, Makintosh (Apple firmasi) dunyodagi kompyuterlarning 5-10%, Linux va Unix dunyodagi kompyuterlarning 10-15%. MS-DOS operatsion tizimi bilan biz keyin yakinrok tanishamiz.
       Utilita-dasturlar bu operatsion sistemani imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar. Masalan: disklar ustidan xar xil amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini tezlashtiruvchi dasturlar, malumotlar xajmini uzgaruvchi dasturlar, viruslarni aniklovchi dasturlar va xokazo
       Boshka kup tarkalgan sistema dasturlardan biri bu drayver dasturlari va dastur-koplamalarDrayverlar-dasturlar bu operatsion sistemaga tashki va ichki kurilmalar bilan ishlashda kulayliklar yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu kurilmalar chikaruvchi firmalarda yaratiladi va kurilmalar bilan birga tarkalinadi. Masalan: monitorlar drayverlari, SD-ROM lar drayverlari va xokazo. Dastur koplamalar bu operatsion sistemaning imkoniyatlardan chiroliy va kulay xolda foydalanishni taminlovchi dasturlar. SHulardan eng tanikliysi bu NORTON COMMANDER dasturi, bu dastur bilan biz 4-bobda tanishamiz.
       2) AMALIY DASTURLAR TURI. Amaliy dasturlar bu ma’lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.
       Masalan: matn ma’lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma’lumotlarni yaratish yoki uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musika va video ma’lumotlarni kurib chikish va taxrirlash.
       Amaliy dasturlar foydalangan ma’lumotlar turiga kura guruxlanadi: matn muxarrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muxarirlari, rasm va tasvirlarni kursatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musika va video muxarrirlari, musika va video kursatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatelь va xokazo), jadvallar muxarriri (Lotus, Excel va xokazo), ma’lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), uyin dasturlari, urgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshkalar.
       3) INSTRUMENTAL DASTURLAR TURI. Instumental dasturlar bu yangi dasturlar yaratuvchi dasturlar sistemalari.
       Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar sistemalari kiradi. Ular dasturlash tiliga kura farklanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshkalar. Bu dasturlar sistemalar uziga bir nechta dasturni jamlagan bulib bular: dasturlash tili muxarriri, translyator, komplyator va boshka erdamchi dasturlar.
       Bundan tashkari xamma dasturlar pulliy, bepul va kisman pulli bulishi munkin. Masalan: drayverlar asosan bepul yoki kisman pulliy buladi, mashxur bulmagan firmalar dasturlari xam bepul eki kisman pulliy buladi, tanikli firmaning maxsuloti esa pulliy. Bepul dasturlar asosan imkoniyatlari kiskartirilgan xolda buladi.
       Oxirga paytlar pirat nusxa dasturlari xam juda kup tarkalgan. SHuning uchun dasturlarni pirat va original nusxa turlariga bulish xam mumkin. Pirat dasturi original dasturga karaganda juda arzon buladi, leykin bu dasturlarga xech kanday kafolat berilmaydi. SHuning uchun katta firma va korxonalar, banklar va davlat idoralari fakat original dasturlardan foydalanadi.
       Xar bitta dastur uzining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan rakamlar bilan kuyiladi va oxirgi paytlarda, dastur chikkan yili buyicha kuyiladi. Masalan Windows 95 eki Windows 98 eki Windows 2000. Xar bitta yangi versiyali dastur , oldingi versiyalardan kulayliklar va imkoniyatlari kup bulgani bilan eki kompyuterga talablari uzgargani bilan farklanadi.


Download 172,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish