134
Qirindiga aylantirish uchun turli ko‘rinishdagi noishchi yog’och, qisqa va uzun
yog’ochlar, va yog’ochni qayta ishlash chiqindilari – gorbil, qirqindi, reykalarni ishlatilish
mumkin.
Takrorlash uchun savollar:
1.Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering.
2. Yog’och tolali plitalarni ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntiring?
3. Yog’och qirindili plitalar ishlab chiqarish uchun
xom -ashyolar nimalardan
iborat?
4 . Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish uchun xom -ashyolar nimalardan
iborat?
2-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu:
Polimer materiallar
.
Nazariy qism
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari
Tayanch iboralar:
Plastmassalar,termoplastlar,polimerizatsiya,polikondensatsiya,
mustahkamlik,qayishqoql
ik,korroziyaga bardoshlilik, polietilen, polivinilxlorid, polimerbeton, shishaplastlar,
bezak
buyumlar.
Polimer moddalar deb, tarkibida asosan yuqori molekulali organik moddalar bo‘lgan
materiallarga aytiladi.
Ishlov berish vaqtida istalgan shakl berish mumkinligi va yuk olingandan keyin ham shu
shalkda qolishligi hossasi borligi uchun ularni plastmassa ham deyiladi.
Qurilishda ishlatiladigan plastmassalar murakkab kompozitsion material bo‘lib, odatda
tarkibida polimer bog‘lovchi material, mayda-tuyilgan to‘ldirgich, stabilizator, plastifiqator,
qotiruvchi va boshqalar bo‘ladi.
Mayda-tuyilgan to‘ldirgich polimer sarfini kamaytirib, plastmassa narxini arzonlashtiradi
va quyidagi texnik xossalarni yaxshilaydi: mustahkamlik, qattiqlik, kirishish, vaqti o‘tishi
bilan torayishi.
Maxsus qo‘shimchalar qo‘shib-plastifiqatorlar-plastmassaga ishlov berish yaxshilanadi,
mo‘rtligi kamaytiriladi, deformatsiya yaxshilanadi.
Stabilizator qo‘shimchalar-plastmassani ishlatish davomida o‘z
xossalarni saqlab
qolishga yordam beradi.
qotiruvchilar-polimer qotishini tezlashtirib, 3 o‘lchamli struktura hosil qiladi.
Pigment qo‘shib har xil rangdagi polimer materiallar olish mumkin.
Yonishga qarshiligini oshirish uchun antipirenlar qo‘shiladi. Zichligi kichik bo‘lishiga
qaramay mustahkamligi yuqori bo‘lganligi uchun plastmassalardan effektiv konstruksiya va
buyumlar olish mumkin. Plastmassalar issiqlikni va elektrni yomon o‘tkazadigan material.
Ko‘p plastmassalar kislotaga chidamli, ishqorga va boshqa reagentlarga ham chidamli. Ko‘p
plastmassalar suv o‘tkazmaydi shuning uchun ulardan tombop, gidroizolyasion material va
quvurlar olish mumkin. Tarkibida to‘ldirgich va pigment bo‘lmagan
plastmassalar shaffof
bo‘ladi.
Ishqalanishga mustahkamligi yuqori bo‘lganligi uchun ularni pol olishda ham ishlatiladi.
Ularga ishlov berish oson, yYelimlash, payvandlash mumkin.
Plastmassalarni kamchiligi:
-issiqqa chidamliligi pastligi;
-temperaturadan chiziqli kengayish koeffitsentini kattaligi;
-polzuchestni kattaligi;
-yaxshi yonishi;
135
-olov ta’sirida strukturasini o‘zgarishi;
-ba’zi plastmassalarni atrofga zararli hid va moddalar chiqarishi;
-quyosh nuri kislorod ta’sirida
tez eskirishi;
Polimer qurilish materiallari va buyumlari polimer moddani turiga va ishlatish joyiga
qarab sinflarga bo‘linadi.
Ishlatilish joyiga qarab:
-devorbop materiallar;
-Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar;
-pol uchun;
-devorlarni bezash uchun;
-tombop;
-gidroizolyasion;
-zichlashtiradigan (germetizatsiya)
-issiqdan muhofaza qiladigan (teploizolyasion).
-tovush o‘tkazmaydigan;
-quvurbop;
-sanitar-texnik
buyumlar uchun;
-lok bo‘yoq, yYelim uchun;
Fizik holatiga qarab:
-bikr (jeskiy); (modul uprugosti E>1 GPa)
-yarim bikr; (E>0,4 GPa)
-Yumshoq; (E=0,02-01 GPa)
-elastik; (E<0,02 GPa)
Bikr plastmassaga misol-fenoplast, aminoplast.
Yarim bikrga-poliamidlar, polipronilen.
Yumshog‘iga-polivinil atsetat, polietilen.
Elastika - har xil kauchuklar.
Plastmassa ishlab chiqarish uchun 2-4 marta kam kapital mablag‘ sarflanadi. Har tonna
plastmassa xalq xo‘jaligida 5,6 tonna po‘lat, 3,4 tonna rangli metall, 500 so‘mga yaqin kapital
mablag‘ va ish-mehnat sarfi iqtisod qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: