104
Foto: Free-Photos
Yangi bo‘yoq o‘zi qoplangan sirtdan 95 foiz quyosh nurini qaytara oladi.
“Bunday bo‘yoq u bilan bo‘yalgan uyni sovitadi va shu tariqa
uyni yozda sovitishga
ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Bunday uyda konditsionerni kamroq yoqishga
to‘g‘ri keladi”, deb
ta’kidlashmoqda
olimlar.
Ularning aytishicha, bunday xossaga ega bo‘yoqlar avval ham taqdim etilgan, biroq
ular quyosh nurlarini kamroq darajada qaytargan.
105
Bo‘yoq tarkibida nisbatan arzon va ultrabinafsha nurlarni kamroq yutuvchi
kalsiy
karbonatdan iborat to‘ldirgich va kalsiy karbonatning turli o‘lchamdagi zarralari bor.
Bu zarralar quyosh nurini yaxshi qaytaradi va salqinlikni uzoq vaqt saqlaydi.
Olimlar yangi bo‘yoqni ikki kun davomida ochiq havoda sinovdan o‘tkazishgan va u
bilan qoplangan material atrof-muhit haroratidan 1,7 daraja sovuqroq bo‘lganini
aniqlashgan. Tungi vaqtda esa ushbu material atrof-muhit haroratidan 10 daraja
sovuqroq bo‘lgan.
Quyosh nurlari binolar, fazoviy kemalar va sun’iy yo‘ldoshlarni
sovutishning arzon
uslubiga aylanishi mumkin. Bu holat ularni yorug‘likni filtrdan o‘tkazuvchi bo‘yoq
bilan bo‘yalsa yuz beradi. Yangilik Isroilning SolCold firmasi mutaxassislari
tomonidan ixtiro qilindi.
Issiq ob-havoda konditsionerlardan foydalanish tufayli elektr energiyasini iste’mol
qilish hajmi oshadi hamda bu energotarmoqlar va foydalanuvchilarning hamyoniga
jiddiy yuk bo‘lib tushadi. Yaron Shenxav va SolCold firmasidan bo‘lgan
uning
hamkasblari sovutishning elektr energiyasi talab etilmaydigan muqobil usulini o‘ylab
topishdi. «Bu xuddi muz qatlamini tomga qo‘yib qo‘yishdek gap, u qanchalik qalin
bo‘lsa, quyosh ham shuncha qattiq qizdiradi», - dedi tadqiqotchi.
Texnologiyaga lazerli sovutish prinsipi asos qilib olindi: yorug‘lik nurining ma’lum bir
materiallar bilan o‘zaro harakati haroratni Selsiy bo‘yicha 150 darajaga tushirishi
mumkin, sababi materiallar molekulalari o‘zlari bilan deyarli bir xil bo‘lgan yorug‘lik
zarrachalarini
singdiradi, hamda ko‘proq energiyaga aylanuvchi yuqori chastotali
fotonlarni keltirib chiqaradi. Energiya yo‘qotilishi bilan material harorati ham
pasayadi.
Shenxav bu texnologiyani quyosh nuri bilan sinab ko‘rishga qaror qildi. «Binoning
issiqligini singdirish va uni nur ko‘rinishida
qayta chiqarish mumkin, - deydi u. –
Quyosh charaqlab turar ekan, bino sovutilishda davom etadi».
Muammo shundaki, quyosh spektri lazer nuridan ancha kengroq.
Shuning uchun
olimlar xuddi shu vazifani tarqalgan yorug‘likning bir necha chastotasida bajaruvchi
materialni yaratishdi. Ular ikki qatlamdan iborat bo‘lgan bo‘yoqni ixtiro qilishdi.
Uning ustki qatlami ba’zi quyosh nurlarini filtrdan o‘tkazsa, ichkisi issiqlikni nurga
aylantirib, o‘zini atrofdagidan past haroratga qadar sovutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: