Referat mavzulari ro’yxati


Ishlab chiqarish usullari



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/137
Sana21.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#570220
TuriReferat
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   137
Bog'liq
PARDOZ UMK

 
Ishlab chiqarish usullari. 
Tog’ jinsining turi va tayyor mahsulotga bo’lgan talablarga ko’ra pardozbop 
plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagicha asosiy operatsiyalardan iborat: 
arralash, silliqlash (shlifovka-polirovka) atroflarini silliqlash, kerakli o’lchamda 
kesish. 
Tosh kesadigan stanoklar (arralaydigan) 3 xil bo’ladi: ramali, diskli, elastik. 
Shlifovka-polirovka stanoklari asosiy uskunalar bo’lib tosh buyumlar ishlab 
chiqarishda sarf bo’ladigan mehnatning 70% ularga ketadi. Ularning turlari ko’prikli, 
radialkonsol, tipidagi, konveyerlik. Marmar, granit plitalarga konveyerlik stanoklarda 
ishlov beriladi. 


65 
Tosh materiallar ishlab chiqarish sanoati bu tabiiy toshlarni qazib olish, 
maydalash, boyitish korxonalarini o’z ichiga oladi. 
Pardozbop tosh materiallarni qazib olish va ishlov berish sanoati marmar, granit, 
ohaktosh kabi toshlar tayyorlanadigan korxonalar, shlifovka qiladigan korxonalar 
kiradi. 
Yirik kovakli devorbop toshlar. 
Oddiy g‘ishtlardan devor terish nihoyatda 
ko‘p mehnat talab qilishi sababli, ko‘pgina qurilishlarda ular o‘rniga yirik kavakli 
toshlar ishlatiladi. Qurilishda uzunligi 250-290 mm, eni 120-190 mm va qalinligi 138-
288 mm bo‘lgan sopol toshlar ko‘plab kavaklar hisobiga kam hajmiy massaga ega 
bo‘ladi. Yirik kavakli sopol toshlar tik yoki gorizontal kavakli qilib chiqariladi. 
Qurilishda kavaklari tik joylashgan sopol toshlar ko‘p ishlatiladi. Ammo bunday 
toshlardan terilgan devorga qorishma ko‘p sarflanadi. Kavaklari tik joylashgan toshlar 
150, 125, 100, 75 markalarda chiqariladi. Zichligi 1400 kg/m
3
dan katta. Sopol 
toshlarning og‘irligini kamaytirish maqsadida loy qorishmasiga yonuvchan 
qo‘shilmalar aralashtirilgan toshqol qo‘shiladi. Sopol toshlar oddiy va ko‘p teshikli 
g‘ishtlarga nisbatan katta hajmda va birmuncha tejamlidir. Oddiy g‘isht bilan terilgan 
devorning qalinligi yirik kavakli tosh bilan terilganiga nisbatan 20 – 25% ko‘p bo‘ladi. 
Yuzi 1 m
2
bo‘lgan bunday devorning og‘irligi oddiy qurilish g‘ishtidan qurilganiga 
qaraganda taxminan 2 marta kam bo‘ladi. Hozirgi kunda qurilishda, ayniqsa, yetti va 
o‘nta teshikli toshlar, Shuningdek, boshqa xil devorbop profilli g‘ishtlar ko‘plab 
ishlatilmoqda.(4- rasm). 
2-5-- rasm
. Profilli devorbop g‘ishtlar va qismlar 
Samarali devorbop qurilish g‘ishtlariga tuproq tarkibida diatomit, trepel tog’ 
jinslari bo‘lgan uzluksiz g‘ovak va bo‘shliqli toshlar kiradi. Bunday g‘ishtlarning 
afzalligi Shundaki, ular ishlatilganda devorning qalinligini va xom ashyo harajatini 
(40%) kamaytirish mumkin hamda transportga ketadigan mablag‘ tejaladi. 
Shuningdek, eng muhimi inshoot og‘irligining kamayishi hisobiga zilzila ta’siriga 
bardoshliligi ortadi.
Barcha xorijiy davlatlarda ishlatiladigan devorbop sopol ashyolar katta-
kichikligi, shakli va xossalari bilan farqlanadi. Chet davlatlarda chiqariladigan 
g‘ishtlarning markasi 125 – 600 ga teng. Masalan, Germaniya standartlariga ko‘ra 
devorbop oddiy va samarali g‘ishtlar 14 xil o‘lchamda (240x115x52 – 490x300x238) 
va M40 dan M280 markalarda ishlab chiqariladi. Ayniqsa, yengil vazndagi bo‘shliqli 
13 ta har xil o‘lchamli, markalari M20 dan M280 gacha bo‘lgan devorbop g‘isht va 
toshlar ishlab chiqariladi. Zichligi 600-1000 kg/m
3
ga teng bo‘lgan bunday yuqori 
mustahkam g‘isht va va toshlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 360, 480 va 
600 ga tengdir. Binolarning ichki devorlarini qurishda o‘lchamlari 330x170x40 mm ga 
teng bo‘shliqli g‘isht, tosh va plitlar ishlatiladi. 


66 
Xorijiy davlatlarda bir tomoniga ariqchali shakl berilgan, umuman qorishma 
ishlatmasdan devor qurishga mo‘ljallangan g‘ishtlar ishlab chiqarilayotgani ma’lum. 
Bunday g‘ishtlardan katta o‘lchamdagi bloklar, tovushdan saqlovchi g‘ishtlar va 
boshqa 
devorbop 
buyumlar 
ishlab 
chiqarilmoqda. 
Masalan, 
gollandiyalik 
mutaxassislar g‘isht uchun yYelim ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar. U g‘ishtni 
sementga nisbatan juda mustahkam ushlaydi. Natijada, devor o‘ta mustahkam bo‘lib, 
g‘isht teruvchilarning ishi yanada yengillashadi, ya’ni odatdagi g‘isht terishda sement 
qorishma qatlami 1 sm dan kam bo‘lmasdi, yangi usulda esa yYelimning qalinligi 
atigi 2 mm bo‘lsa bas. Sopol g‘isht va toshlardan devorbop panel va bloklar tayyorlash 
qurilish ishlarida qo‘l ishlarida mehnatni keskin kamaytiradi. G‘isht, panel va bloklar 
tayyorlashda gorizontal holatdagi maxsus temir qoliplarga o‘rnatilgan fiksator 
moslamalar orasi g‘isht bilan to‘lg‘aziladi. Panellar bir, ikki va uch qatlamli, balandligi 
binoning 1- yoki 2- qavatiga mos qilib tayyorlanadi. Qalinligi esa 80, 140, 180 va 280 
mm ga teng. Bir qatlamli panel faqat sopol toshlardan, ikki qatlamlisining birinchi 
qatlami esa 100 mm li issiqlikni saqlovchi ashyodan iborat. Uch qatlamli panel ichki 
va tashqi qatlamining har biri 65 mm li g‘isht, o‘rta qatlami esa 100 mm li qalinlikdagi 
issiqlikni saqlovchi ashyodan tayyorlanadi. Tegishli mustahkamlikni ta’minlash 
maqsadida g‘ishtlar oralariga va chekkalariga po‘lat armatura sinchi o‘rnatiladi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish