65
Tosh materiallar ishlab chiqarish sanoati bu tabiiy toshlarni qazib olish,
maydalash, boyitish korxonalarini o’z ichiga oladi.
Pardozbop tosh materiallarni qazib olish va ishlov berish sanoati marmar, granit,
ohaktosh kabi toshlar tayyorlanadigan korxonalar, shlifovka qiladigan korxonalar
kiradi.
Yirik kovakli devorbop toshlar.
Oddiy g‘ishtlardan devor terish nihoyatda
ko‘p
mehnat talab qilishi sababli, ko‘pgina qurilishlarda ular o‘rniga yirik kavakli
toshlar ishlatiladi. Qurilishda uzunligi 250-290 mm, eni 120-190 mm va qalinligi 138-
288 mm bo‘lgan sopol toshlar ko‘plab kavaklar hisobiga kam hajmiy massaga ega
bo‘ladi. Yirik kavakli sopol toshlar tik yoki gorizontal kavakli qilib chiqariladi.
Qurilishda kavaklari tik joylashgan sopol toshlar ko‘p ishlatiladi. Ammo bunday
toshlardan terilgan devorga qorishma ko‘p sarflanadi. Kavaklari tik joylashgan
toshlar
150, 125, 100, 75 markalarda chiqariladi. Zichligi 1400 kg/m
3
dan katta. Sopol
toshlarning og‘irligini kamaytirish maqsadida loy qorishmasiga yonuvchan
qo‘shilmalar aralashtirilgan toshqol qo‘shiladi. Sopol toshlar oddiy va ko‘p teshikli
g‘ishtlarga nisbatan katta hajmda va birmuncha tejamlidir. Oddiy g‘isht bilan terilgan
devorning qalinligi yirik kavakli tosh bilan terilganiga nisbatan 20 – 25% ko‘p bo‘ladi.
Yuzi 1 m
2
bo‘lgan bunday devorning og‘irligi oddiy qurilish g‘ishtidan qurilganiga
qaraganda taxminan 2 marta kam bo‘ladi. Hozirgi kunda qurilishda, ayniqsa, yetti va
o‘nta
teshikli toshlar, Shuningdek, boshqa xil devorbop profilli g‘ishtlar ko‘plab
ishlatilmoqda.(4- rasm).
2-5-- rasm
. Profilli devorbop g‘ishtlar va qismlar
Samarali devorbop qurilish g‘ishtlariga tuproq tarkibida diatomit, trepel tog’
jinslari bo‘lgan uzluksiz g‘ovak va bo‘shliqli toshlar kiradi. Bunday g‘ishtlarning
afzalligi
Shundaki, ular ishlatilganda devorning qalinligini va xom ashyo harajatini
(40%) kamaytirish mumkin hamda transportga ketadigan mablag‘ tejaladi.
Shuningdek, eng muhimi inshoot og‘irligining kamayishi hisobiga zilzila ta’siriga
bardoshliligi ortadi.
Barcha xorijiy davlatlarda ishlatiladigan devorbop sopol ashyolar katta-
kichikligi, shakli va xossalari bilan farqlanadi. Chet davlatlarda chiqariladigan
g‘ishtlarning markasi 125 – 600 ga teng. Masalan, Germaniya standartlariga ko‘ra
devorbop oddiy va samarali g‘ishtlar 14 xil o‘lchamda (240x115x52 – 490x300x238)
va M40 dan M280 markalarda ishlab chiqariladi. Ayniqsa, yengil vazndagi bo‘shliqli
13 ta har xil o‘lchamli, markalari M20 dan M280 gacha bo‘lgan devorbop g‘isht va
toshlar ishlab chiqariladi. Zichligi 600-1000 kg/m
3
ga teng bo‘lgan
bunday yuqori
mustahkam g‘isht va va toshlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 360, 480 va
600 ga tengdir. Binolarning ichki devorlarini qurishda o‘lchamlari 330x170x40 mm ga
teng bo‘shliqli g‘isht, tosh va plitlar ishlatiladi.
66
Xorijiy davlatlarda bir tomoniga ariqchali shakl berilgan, umuman qorishma
ishlatmasdan devor qurishga mo‘ljallangan g‘ishtlar ishlab chiqarilayotgani ma’lum.
Bunday g‘ishtlardan katta o‘lchamdagi bloklar, tovushdan saqlovchi g‘ishtlar va
boshqa
devorbop
buyumlar
ishlab
chiqarilmoqda.
Masalan,
gollandiyalik
mutaxassislar g‘isht uchun yYelim ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar. U g‘ishtni
sementga nisbatan juda mustahkam ushlaydi. Natijada, devor o‘ta mustahkam bo‘lib,
g‘isht teruvchilarning ishi yanada yengillashadi, ya’ni odatdagi g‘isht terishda sement
qorishma qatlami 1 sm dan kam bo‘lmasdi, yangi usulda esa yYelimning qalinligi
atigi 2 mm bo‘lsa bas. Sopol g‘isht va toshlardan devorbop panel va bloklar tayyorlash
qurilish ishlarida qo‘l ishlarida mehnatni keskin kamaytiradi. G‘isht, panel va bloklar
tayyorlashda gorizontal holatdagi maxsus temir qoliplarga o‘rnatilgan fiksator
moslamalar orasi g‘isht bilan to‘lg‘aziladi.
Panellar bir, ikki va uch qatlamli, balandligi
binoning 1- yoki 2- qavatiga mos qilib tayyorlanadi. Qalinligi esa 80, 140, 180 va 280
mm ga teng. Bir qatlamli panel faqat sopol toshlardan, ikki
qatlamlisining birinchi
qatlami esa 100 mm li issiqlikni saqlovchi ashyodan iborat. Uch qatlamli panel ichki
va tashqi qatlamining har biri 65 mm li g‘isht, o‘rta qatlami esa 100 mm li qalinlikdagi
issiqlikni saqlovchi ashyodan tayyorlanadi. Tegishli mustahkamlikni ta’minlash
maqsadida g‘ishtlar oralariga va chekkalariga po‘lat armatura sinchi o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: