28
Takrorlash uchun savollar:
1. Pardozlash buyumlari qurilishda qanday vazifalarni bajarishini va ularni
ahamiyatini tushuntiring?
2. Bir xil vazifani bajaradigan bir necha xil buyumlardan birini tanlaganda qaysi
ko’rsatkichlarda amal qilish kerak.
3. Buyumlarni ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni to’g’ri boshqarish
uchun nimalarga e’tibor berish kerak.
4. Sanoat chiqindilarini ishlatishning ahamiyatini tushuntirish.
Ma’ruza № 8 (2-soat)
Mavzu:
Issiqlik izolyasiya materiallarining klassifikatsiyasi
Reja:
1.
Qurilish materiallarining g‘ovaklik tushunchalari.
2.
Issiqlik izolyasiyalovchi plitalar turlari.
Tayanch iboralar:
Issiqlik izolyasiya material,mikrog‘ovak , makrog‘ovak,
plastinkasimon, asbestodiatomit, sovelit, g‘ovak beton, ko‘pik shisha, penopolistirol,
alyuminiy folgasi,
Issiqlik izolyasiya materiallar tuzilishining bosh xususiyati bu ularning
yuqori g‘ovakligidir. Material g‘ovakligi deb, material tarkibidagi barcha
g‘ovaklarning umumiy hajmining materialning umumiy hajmiga nisbati aytiladi.
G‘ovaklik materialning g‘ovaklar bilan to‘liqlik darajasini ko‘rsatadi va odatda
hajm bo‘yicha foizlarda ifodalanadi. Materialning g‘ovak va zichlik qiymatlari
o‘zaro bir-birlarini 100% gacha to‘ldiradilar. G‘ovak qancha ko‘p bo‘lsa, zichlik
shuncha kam bo‘ladi, va aksincha.
G‘ovaklar deb, materialdagi mayda bo‘shliqlarga aytiladi, ular odatda havo yoki
suv bilan to‘ldiriladi. Qurilish materiallarining makrog‘ovak va mikrog‘ovak
tushunchalari farqlanadi. Materialning makrog‘ovak tuzilishi ko‘z bilan ko‘rinuvchi
nisbatan yirik g‘ovaklar mavjudligi bilan harakterlanadi. Materialning mikrog‘ovak
tuzilishi faqatgina mikroskopda ko‘rinuvchi juda mayda g‘ovaklar mavjudligi bilan
farqlanadi. Issiqlik izolyasiya materiallar ikki xil g‘ovaklarga ega. Amalda bu
materiallar xususiyatiga asosan ularning makrog‘ovakgi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun, qayerda issiqlik izolyasiya materiallar g‘ovagi haqida fikr yuritilsa, o‘sha
yerda ularning makrog‘ovak tuzilishi nazarda tutiladi.
Issiqlik izolyasiya materiallarning makrog‘ovak tuzilishi g‘ovaksimon,
donador, tolasimon, plastinkasimon yoki aralash bo‘lishi mumkin. G‘ovaksimon
tuzilish g‘ovaklar bir xilligi va ularning materialda bir tekis taqsimlanishi bilan
farqlanadi. G‘ovaklar odatda sferaga yaqin bo‘lgan shaklga ega. Bunday tuzilish
g‘ovak beton, ko‘pik Shisha, gazlangan plastmassalar va ayrim boshqa materiallarga
mos. Donador tuzilishga sochiluvchan materiallar ega bo‘ladilar. Bunday
materiallar g‘ovak miqdorini, ularning granulometrik tarkibi bilan aniqlanadi.
Granulalar shakli va o‘lchamlari bo‘yicha qanchalik bir jinsli bo‘lsa, shunchalik
materialning g‘ovagi yuqori bo‘ladi.
Tolasimon tuzilish mineral yoki organik tolali materiallar uchun harakterlidir:
asbest, mineral va shishali paxtalar, o‘simlik tolalari. Plastinkasimon tuzilish faqat
29
tarkibida slyuda bargchalari bo‘lgan vermikulitda uchraydi. Aralash tuzilish
masalan, tola va donador kukunli materiallarda uchrashi mumkin: asbestodiatomit,
sovelitli va boshqa mahsulotlar. Materialdagi g‘ovaklar yopiq, ya’ni
umumlashmagan, yoki ochiq, o‘zaro bog‘langan bo‘lishi mumkin. Odatda issiqlik
izolyasiya materiallar ham yopiq, ham ochiq g‘ovaklarga ega bo‘ladilar. Ayrim
hollardagina materialda faqat yopiq yoki faqat ochiq g‘ovaklar bo‘ladi.
Materialning umumiy g‘ovagi R
ob
yopiq R
3
va ochiq R
0
g‘ovaklar yig‘indisiga
teng:
R
ob
= R
3
+ R
0
Umumiy g‘ovakni, ya’ni barcha yopiq va ochiq g‘ovaklar yig‘indisini ko‘pincha
haqiqiy yoki mavjud g‘ovak deyiladi. Umumiy (haqiqiy) g‘ovak kattaligi R
ob
ni
hisoblash uchun materialning solishtirma γ
u
va hajmiy γ
0
og‘irligini bilish kerak:
Ochiq g‘ovakni ayrim hollarda taxminiy g’ovak deb ham ataladi, chunki
materialni suv shimdirish yo‘li bilan g’ovakni aniqlashda, materialdagi barcha
haqiqiy g‘ovaklarning haqiqiy hajmi emas, bu hajmning faqat o‘zaro birlashgan
g‘ovaklardan tashkil topgan qismi o‘rnatiladi. Xuddi Shu g‘ovaklar materialga
namlik kiruvchi kapillyarlarni tashkil qiladi. Ochiq g’ovak R
0
ni suv bilan
to‘ydirilgan σ
v
va quritilgan holatdagi σ
s
material namunasi og‘irliklari farqini
uning hajmi V ga bo‘lib aniqlanadi:
Ayrim issiqlik izolyasiya materiallar uchun haqiqiy g’ovakning o‘rtacha
qiymati boshqa qurilish materiallari g‘ovagi bilan taqqoslanishi jadvalda ko‘rsatilgan.
Turli materiallarning haqiqiy g‘ovagi qiymati
2-jadval.
Material
G’ovak % da
Material
G’ovak % da
Po’lat
0
Issiqlik
izolyasiyalovchi
trepel g’isht
60-75
Granit, mramor
1,2-0,8
Ko’pik shisha
85-90
Og’ir beton
9-17
Yog’och
tolali
g’ovak
plitalar
82-87
Gilli g’isht
24-33
G’ovak plastmassalar
90-98
Yog’och
67-73
Issiqlik
izolyasiyalovchi
g’ovak betonlar
50-90
30
Turli issiqlik izolyasiya materiallarining g‘ovagi katta chegaralarda tebranadi.
G‘ovak issiqlik izolyasiya materiallarida g‘ovaklar o‘lchamlari odatda 3-5 mm dan
oshmaydi. ko‘pikbeton g‘ovaklarining o‘rtacha diametri 0,4-2 mm ga,
gazobetonniki 0,2-0,4 mm ga teng. Samaradorligi yuqori bo‘lgan issiqlik
izolyasiyalovchi materiallar qatoriga quyidagilar kiradi: g‘ovak plastmassa,
mineral momiq, Shisha momiq, mineral-momiqli to‘shamalar, ko‘pchitilgan perlit
va boshqalar. Plitalar tayyorlash uchun qo‘llaniluvchi penopolistirol tarkibidagi havo
98% ni tashkil qiladi. Bu esa uning yuqori issiqlik izolyasiyalovchi xususiyatlarga ega
bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu material issiqqa chidamliligi, biochidamliligi, suvga
chidamliligi, sizot suvlarini ifloslantirmasligi bilan ajralib turadi. Penopolistirol suv
qo‘shilgan kislotalar, konsentratsiyalangan, suvsiz ba’zi kislotalar, tuzlar va
ishqorlarning eritmalari, ba’zi organik erituvchilar ta’siriga turg‘un. Alanga ta’sir
qilganda polistirol yonuvchi tomchilar hosil qilmaydi, shu bilan birga u yonganda
ajralib chiquvchi gazsimon mahsulotlarning ta’siri yog’och yonganda ajralib
chiquvchi mahsulotlar zaharli ta’siridan kamroq.
Rossiya korxonalarida ishlab chiqariluvchi issiqlik izolyasiyalovchi plitalar PSB-S-
15, PSB-S-25, PSB-S-35 markali o‘zi o‘chib qoluvchi penopolistiroldan
tayyorlanadi. Plitalarning o‘lchamlari: 1000 x 1000 mm i 1400 x 1000 mm qalinligi:
20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100 mm va 2000 x 1000 mm o‘shanday qalinlikda va
500 mm ( 1.1-rasm).
7-1-rasm. Penopolistirolli issiqlik izolyasiyalovchi plitalar
Penopolistiroldan tayyorlangan plitalar tomlarning konstruksiyalarida, devorlarning
tashqi issiqdan izolyasiyasida, ko‘p qatlamli panellarning issiqdan izolyasiyalovchi
qatlamlarida, yopmalar konstruksiyalarida, poydevor qurilishida, yo‘l qurilishida
ishlatiladi.
Hozirgi kunlarda binolarning yer osti qismlarida joylashgan maydonlaridan
unumli foydalanish, ayrim hollarda ularni turar joy xonadonlariga aylagtirish amaliyoti
keng qo‘llanilmoqda. Bunday xonadonlarda komfortli iqlimni yaratish, energiya
sarflanishini qisqartirish va kondensatsiyalanish hodisasining oldini olish uchun
ularni ishonchli issiqdan izolyasiyalash lozim (1.2-rasm).
Poydevorlarni Roofmate tashqi izolyasiyasi suv o‘tkazmaydigan membrana
ustidan o‘rnatilib inshootning yuk ko‘taruvchi konstruksiyasini butunlay o‘rab
turadi va membranani mexanik shikastlanishlardan saqlab turadi. Energiya
tejamkorlik, komfortli sharoitlarni ta’minlash va binoni himoyalash uchun
chordoq va yerto‘la qavati orayopmalarining ishonchli issiqlik izolyasiyasini
ta’minlash zarur hisoblanadi. «Stirofoam» bunday maqsadlar uchun zaminga
tushadigan yukka bog‘liq ravishda Flormate 200 yoki Flormate 500 issiqlik
31
izolyasiyalovchi plitalardan foydalanadi. Biroq bunday maqsadlar uchun binoning
konstruksiyasi va uning vazifasidan qat’iy nazar orayopma plitaning usti yoki
ostidan o‘rnatiluvchi har qanday ekstruzion plitalardan foydalanish mumkin.
7-2–rasm. Poydevor va bino yer osti qismini issiqdan izolyasiyalash: 1 – sementli-
qumli styajka; 2 – gidroizolyasiya; 3 –pol osti beton to‘shamasi ; 4 – polietilen plenka;
5 – Ursa foam; 6 – chaqiq tosh; 7 – qum; 8 – poydevor; 9 – devor ; 10 – qayta ko‘mish
grunti
Muzlatgich kameralar va muz arenalari pollarini qurishda zamin gruntlarini
muzlashdan himoyalash uchun nafaqat issiqlik izolyasiyasini balki qizdiruvchi
elementlarni ham o‘rnatish talab etiladi. Bunday turdagi pollar eng murakkab
konstruksiyalar qatoriga kiradi va uzoq foydalanish muddatiga ega bo‘ladi. Ularni
qurishda isssiqlik izolyasiyalovchi plitalarni qo‘llash shu kabi konstruksiyalarning
yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Plitalar erkin holatda g‘isht termasi kabi
bevosita orayopma plitaning yoki zichlangan shag‘alning ustiga teriladi. Plitalar
qurilishning ketishiga qarab har qanday ob-havo sharoitlarida ham terilishi
mumkin.
Hususiy uy-joy qurilishida binolarning chordog‘i hajmida mansardlar
qurilishining ortishi tom konstruksiyalarining o‘zgarishiga olib keldi. Bugungi kunda
uy-joy binolari tomlarining eng keng tarqalgan turi nishabli tom bo‘lib qoldi. Bunday
tom hajmida odamlarning ma’lum ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan
xonadaonlarni qurishni ko‘zda tutish mumkin. Shu bilan birga tom orqali issiqlik
yo‘qotilishini minimal darajagacha yetkazish talab etiladi.Sovuqlik ko‘prikchalari
hosil bo‘lishining oldini olish uchun esa izolyasiyalovchi qatlamning uzluksiz
bo‘lishini ta’minlash lozim. Bunga issiqlik izolyasiyasini stropilalar ustidan
o‘rnatganda erishish mumkin. Tomning bunday konstruksiyasi mansardlarni
Shunday loyihalashni talab qiladiki, bunda yog’och stropilalar ichkaridan ko‘rinib
turishiga erishiladi.
Bunday hollarda yog’och to‘shama (yog’och-taxtali obshivka) stropillar
ustidan o‘rnatiladi va u ichki pardozlash bo‘lib ham xizmat qiladi. Bunda obshivka
ustidan yoziluvchi plyonkali bug‘dan izolyasiya (membrana) issiqlik
izolyasiyasining tagida, ya’ni uning issiq tomonida bo‘lib qoladi. Boshqa bir
variant bo‘yicha diffuzion gidroizolyasiyalovchi qatlamni (Tivek plyonkasi, Ursa
gidroizolyasiyasi) issiqlik izolyasiyasining bevosita ustidan bajariladi.
32
7-3.-rasm. Nishabli tomni Ursa seko strom bilan isitish: 1 –Ursa* seko storm
gidroizolyasiyasi; 2 – havoli tirqish; 3 – Ursa* issiqlik izolyasiyasi; 4 –Ursa* seko 500
bug‘-izolyasiyasi
Oxirgi yillarda turli o‘lchamli va shaklli bloklarni olinmaydigan opalubka elementlari
sifatida ishlatish taklif qilinmoqda. Buning natijasida qurilishning muddatlarini
keskin qisqartirish, narxini pasaytirish, transport harajatlarini kamaytirishga
erishilmoqda. Bunday bloklarni qo‘llash balandligi 15 m gacha bo‘lgan ob’ektlar
qurilishida ruxsat etiladi (1.4-rasm).
«Inteko» (Moskva) firmasi Polialpan uch qatlamli panellarda penopoliuretanli
plitalardan (zichligi 30 kg/m 3 , l = 0,03 Vt/(m 0 K) ) foydalanadi.
.
7-4-rasm. Penopolistirol plitali olinmaydigan opalubka
Panellarning tashqi qatlamlari uchun qalinligi 0,5 mm bo‘lgan alyuminiy
qotishmasidan olingan loklangan listlar ishlatiladi. Listlarning sirti dekorativ
suvoqning, yog‘ochning va boshqa materiallarning ko‘rinishini imitatsiya qiladi.
Panellarning ichki qatlami qalinligi 0,05 mm bo‘lgan legirlangan alyuminiy
folgasidan bajariladi. Panellarning uzunligi 12000 mm va undan kattaroq,
qalinligi -25 mm va 50 mm, eni - 500 va 420 mm. Panellar yuqori issiqlik-
texnikasi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi, bu esa o‘z navbatida binolarning
isitilishi uchun harajatlarning keskin kamayishiga olib keladi.
Ular yilning istalgan vaqtida tez o‘rnatiladi, uzoqqa chidamli, yuqori dekorativ
sifatlarga egaligi bilan ajralib turadi. VMT (Rossiya) firmasi Stoterm (1200x3000x24
mm) uch qatlamli panellarini tayyorlash uchun poliuretandan (l = 0,035- 0,041 Vt/(m 0
K), r = 55 kg/m3) foydalanadi. Panellarning tashqi qatlamlari: penopolivinil-
xloriddan, alyuminiy folgasidan, gipstolali plitalardan, po‘lat listlardan, alyuminiy
qotishmalaridan bajarilishi mumkin. Panellar ma’muriy binolar, muzxonalar, savdo
markazlari, omborxonalar, garajlar va boshqa ob’ektlarning turli pardadevorlarini
qurish uchun yaroqlidir. Issiqlik ta’minoti, issiq va sovuq suv ta’minoti uchun
33
mo‘ljallangan yangi po‘lat quvurlarning penopoliuretanli izolyasiyasi quyidagi
xossalarga ega: l = 0,023 Vt/(m 0 K) va 90 min davomida qaynatganda suv
yutuvchanligi 3,3 % dan ortiq emas. Bunday izolyasiya uzoq vaqt +130 °S gacha
va qisqa vaqt +150 °S gacha harorat ta’sirga mo‘ljallangan.
«Eteka» (Rossiya) firmasi listli va o‘ramali penopolietilen isitgich Vilatermni
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu materialning xossalari quyidagicha: (r =
35 kg/m 3 , l = 0,035 Vt/(m 0 K) bo‘lib, u pollarni va quvurlarni -60 dan +100 °S
gacha haroratlarda issiqdan izolyasiyalash uchun mo‘ljallangan.
Material elastik, biochidamli, ekologik xavfsiz, yengil qirqiladi, shtamplanadi,
payvandlanadi, yelimlanadi, ikkilamchi foydalanish uchun yaroqli.
Penopolietilendan tayyorlanuvchi Vilaterm buyumlari olov bilan bevosita
kontaktda bo‘lgandagina yonadi va bunda zaharli moddalar ajratib chiqarmaydi.
Vilaterm deyarli barcha qurilish materiallari bilan qo‘shilishi mumkin – yog’och,
beton, gips, ohak va boshqalar. Undan yig‘ma va yaxlit quyma binolarning to‘suvchi
konstruksiyalari choklarini zichlashda, deraza bloklarini isitishda, sovuq va issiq suv
ta’minoti tizimlari quvurlarini izolyasiyalashda foydalaniladi.
«Strom-S» (Rossiya) penopolietilendan tayyorlanuvchi va bir- yoki ikki
tomonlama alyuminiy folgasi bilan qoplangan, aks ettiruvchi issiqlik-, bug‘-
shovqindan izolyasiyalovchi materiallarni ishlab chiqaradi. Bu material nursimon
energiyaning 97% ni aks ettirish xususiyatiga ega. Folgoizolon (l = 0,037 Vt/m °C) -60
dan +100 °C gacha haroratlarda tavsiya etiladi. U biochidamliligi bilan ajralib
turadi va uy-joy, sanoat va fuqaro qurilishida orayopmalarni, devorlarni, pollarni,
chordoq va yerto‘la xonadonlarini izolyasiyalash uchun ishlatiladi. Aks ettiruvchi
Folgoplast – alyuminiy folgasi bilan bir yoki ikki tomonlama qoplangan tolasimon
to‘r bo‘lib nursimon energiyaning 97% ni aks ettirish xususiyatiga ega.
Folgoplast -60 dan +250 °C gacha haroratlarda qo‘llaniladi.O‘lchamlari 0,84x20 m
bo‘lgan o‘ramalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Material yirtilishga o‘ta
mustahkamligi, texnologik qulayligi, biochidamliligi, zararli moddalar ajratib
chiqarmasligi bilan ajralib turadi va bug‘dan, shamoldan, issiqlikdan izolyasiyalash
uchun yaroqlidir.
Binolarning devorlari, tom qoplamalari, orayopmalari, chordoqlari va
yerto‘lalarini issiqdan izolyasiyalash uchun polistirolbetondan tayyorlanuvchi devor
bloklari va issiqlik-izolyasiyalovchi plitalari ham qurilish amaliyotida keng
tarqalmoqda. Bir qator firmalar shisha-mineral momiqdan tayyorlanuvchi issiqlik
izolyasiyalovchi materiallarni ishlab chiqarish va qurilish ob’ektlariga yetkazib
berishga ixtisoslashmoqda. Ushbu sohada eng mashhurlaridan biri shtapelli Shisha
tolalari asosida olinuvchi Ursa mahsulotlari hisoblanadi. Ursa mahsulotlari P-15 va
P-20 rusmli issiqlik izolyasiyalovchi plitalari ko‘rinishida ishlab chiqariladi (1.5-
rasm).
7-5-rasm. Ursa issiqlik izolyasiyalovchi plitalari
34
Ursa issiqlik izolyasiyalovchi plitalari nishabli konstruksiyalar va
pardevorlarda qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Ular konstruksiyalarning ulanishi
murakkab va etish qiyin bo‘lgan joylarini sifatli izolyasiyalashda juda ham qo‘l keladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha materiallar shunisi bilan e’tiborliki, ular ishlash
uchun juda ham qulay va issiqlik izolyasiyalash ishlarini bir ishchining kuchi
bilan bajarish imkoniyatini beradi. Ko‘pchilik xorijiy firmalar nafaqat shisha
tolasidan, balki turli tog’ jinslarining tolalaridan (bazalt va boshqalar) ham issiqlik
izolyasiyalovchi buyumlar ishlab chiqarmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |