38
qavat hosil bo’lmaydi. Shuning uchun angob qoplangan buyumlarning Yuzasi xira
bo‘ladi. O‘z xossalariga ko‘ra angob asosiy sopol buyumga yaqin bo‘lishi kerak.
Fasadbop pardozbop buyumlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Ishlatish turiga ko’ra – panellar, yirik bloklar, monolit konstruksiyalarni
qoplash uchun plitkalar.
2.
Konstruktiv vazifasiga ko’ra: ham devor ham pardoz uchun ishlatiladigan
buyumlar (gisht, toshlar ( litsevie), faqat bezak uchun ishlatiladigan.
3.
Fasadlarning Yuzasiga ko’ra: glazurli (sirli), angobli, ikki qavatli, terrakotali
(tabiiy holatdagi).
4.
O‘lchamlariga ko‘ra: gisht, toshlar, har xil o’lchamdagi plitkalar.
5.
Ishlab chiqarish usullariga ko’ra:
a) qoliplash usuli bilan olinadigan.
b) yarim quruq presslash usuli bilan olinadigan.
v) Quyma usul bilan olinadigan.
Plitkalarning yuzasi silliq yoki dag’ir-bug’ir bo’ladi, orqa tomoni dag’ir-bug’ir
yaxshi yopishadigan.
Plitkalarning tuzilishi birday tekis bo’lishi, yoriqlar, teshiklar va xokazo
bo’lmasligi kerak.
Suv shimuvchanligi 2-10% (rangli tuproq uchun 12%) gacha. Sovuqbardoshligi
25-35. Bug’ o’tkazuvchanligi kerakli darajada bo’lishi kerak.
Sopol materiallari va devor panellar yuzasi yaltiroq va go’zallashtirish
uchun
glazurlar ishlatiladi. Glazurlar asosan 2 xil usulda tayyorlanadi: quruq glazurlar va
fritlar. Glazurlarning tarkibi sopol buyum tarkibiga yaqin bo’lib, issiqliqdan kengayish
koeffitsienti bir-biriga teng yoki juda yaqin bo’lishi mumkin, aks holda buyum
yuzasida turli xil yoriqlar paydo bo’ladi. Glazurlar tayyorlash uchun eng asosiy xom
ashyo kvars qumi, kaolin, dala shpati, qurg’oshin oksidi, bor kislotasi va boshqa
moddalar ishlatiladi.
Glazurlar buyumning yuzasiga surkaladi va erish temperaturasigacha pishiriladi.
Glazurlarni yashil qilish uchun kobalt oksidi, ko’k rang uchun xrom oksidi uchun mis
III oksidi, temir III oksidi yoki xlorli tilla oksidi ishlatiladi. Glazurlar yaltiroq
bulmaganlari emal deb ataladi.
Devor panellari uchun glazurlangan dekorativ to’ldiruvchilar ishlab
chiqarishning yangi usullari. Bu materialning ishlab chiqarishdan maqsad atmosfera va
ob-havoning har qanday o’zgarishlari ta’siriga bardoshli pardoz ishlari uchun keng
ko’lamda qo‘llash mumkin.
Bu materialning go’zalligi tarifi tabiatdagi barcha chiroyli tomonlarni o’z ichiga
oladi. Granit, marmar va x.k. materiallar yuzalarini yaltiroq va ranglar berishda ana
shu glazur ishlatiladi.
Dekorativ to’ldiruvchi ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida, devor panellari
uchun, glazur xom ashyolari ko’p bo’lgan joylar tanlab olinadi. Ma’lumki ko’pchilik
yengil chiquvchi glazurlar silikat shishalardan iborat. Glazurlarning ximiyaviy tarkibi
va temperatura bardoshligi ma’lum bo’ladi.
Yengil chiquvchi glazurlardan quyidagi oksidlar chiqadi. Na
2
O, K
2
O, CaO,
Br
2
O
3
, Al
2
O
3
bu oksidlarni ularning tuzlari orqali olib kelish mumkin.
Ular suvda
yaxshi qorishadi. Masalan:
Na
2
CO
3
, NaNO
3
, K
2
CO
3
, H
3
BO
3
, Ca(NO
3
)
2
. 3H
2
O
Al
2
(NO
3
)
3
. 9H
2
O.
39
Keltirilgan tuzli qorishmalar 150-200
0
S temperaturada 2-4 soat davomida ushlab
turiladi. Bu glazurni Shu temperaturada pishirish davomida tosh yuzasiga chukib
mahkamlanib qoladi. Laboratoriya ishlari olib borilganda glazur xom ashyosi
mufel
pechida kuydirildi. Bunday dekorativ xususiyatga va fizik-mexanik harakterga ega
bo’ladi.
Glazurli to’ldiruvchi xom ashyoni texnologiyasi TOMSK keramik materiallar
ishlab chiqarish zavodida to’liq avtomatlashtirilgan rolikli pechda sinab ko’riladi. Bu
glazur natijalari bo’yicha qurilishda, pardoz ishlarida va atmosfera ta’siriga chidamli
material olindi.
Pardoz uchun yana bir tuzli glazur qorishmasi sinab kurildi. To’ldiruvchi olov
bardoshli keramikaga yuklanib quritish shkafida 150-200
0
S isitilib tuzli qorishma bilan
qayta ishlandi. Quritish 20-30 minut davomida ushlab turiladi. Shunday keyin kuritish
shkafidan chiqarilib uni pishirish pechiga yuboriladi. Bu pechda glazur 740-900
temperaturada 40-60 minut davomida pishiriladi. Shu asosda glazur materiali
tayyorlanadi. Uning o’lchamlari devor panellari uchun 1m
2
. Shunday qilib glazur
tayyorlashning 2ta yangi usullari ko’rib chiqildi. Bu glazurlarni bezak va pardoz ishlari
uchun keng miqyosda qo‘llash mumkin.
Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo‘shilmalar qo‘shib,
qoliplash va kuydirish yo‘li bilan olinadigan materiallar va buyumlarga “
sopol
materiallar”
deb ataladi.
Sopol buyumlarni (asosan turmushda
ishlatiladigan idish-tovoqlar, vaza va shu
kabilar) ishlab chiqarish miloddan bir necha ming yil avval, juda qadim zamonlarda
paydo bo‘lgan. Ancha keyin cherepitsa, qoplama plitalar va g‘isht kabi sopol qurilish
materiallarini tayyorlash boshlangan.
Hozirgi kun qurilishida
sopol materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino
tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, o‘choq va tutun quvurlarini terish,
oqova va drenaj quvurlarini qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
Sopol buyumlar yasaladigan material sopol ishlab
chiqarish texnologiyasida
“
sopolak”
deb ataladi.
Qurilishbop sopol buyumlar sopolakning tuzilishi, konstruktiv tavsiflari, sirtining
holati va h. bo‘yicha turlanadi.
Konstruktiv tavsiflari va ishlatilishi bo‘yicha
sopol materiallar va buyumlar
quyidagi guruxlarga bo‘linadi: devorlar uchun (g‘isht, sopolak toshlar, g‘ishtdan
qilingan bloklar va panellar); tomlar
uchun (ichi kovak toshlar, sopol toshlardan
yasalgan to‘sinlar, tom va qoplama panellari); binolar fasadini qoplash uchun (sopol
g‘isht va toshlar,
fasad plitkalari, gilam sifatidagi sopolak va boshqalar); binolar ichiga
qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, pol uchun plitkalar); tom uchun
mo‘ljallangan (shtamplangan pazli va tasmasimon gil cherepitsa, yassi va to‘lqinsimon
tasma va boshqalar); oqova va drenaj quvurlari, santexnika buyumlari
(chanoq, vanna,
hojatxona tuvagi, yuvish idishchalari va boshqalar); kislotabardosh buyumlar
(g‘isht,
plitkalar, quvurlar); yo‘l materiallari
(g‘isht va toshlar); issiqdan himoyalovchi
materiallar (g‘ovakli ichi bo‘sh g‘ishtlar va toshlar, perlitli sopol va boshqalar); engil
betonlar uchun to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit); olovbardosh buyumlar (g‘isht va
shakldor buyumlar).
40
Sopolakning
tuzilishiga
ko‘ra sopol buyumlar g‘ovakli va zich xillarga bo‘linadi.
G‘ovakli materiallardan yasalgan sopolak singanda xira ko‘rinadi, suvni oson shimib
oladi, g‘ovakligi 5% dan ortiq. G‘ovakli sopol buyumlar jumlasiga g‘isht, ichi kovak
toshlar, cherepitsa va boshqalar kiradi. Oq yoki bir tekis bo‘yalgan zich materiallar
singanda yaltiroq chig‘anoqsimon ko‘rinadi, g‘ovakligi 5% dan oshmaydi, suyuqlik va
gazlarni o‘tkazmaydi. Zich sopol buyumlar ichida pol plitkalari, kislotaga chidamli
g‘isht va boshqalarni aytish mumkin.
Sopol buyumlar sirlangan va sirlanmagan bo‘lishi mumkin Sir (bo‘yoq) kuydirish
yo‘li bilan puxtalab singdirilgan shishasimon qoplamdir. U buyumlarni tashqi
ta’sirlarga
chidamli, suv o‘tkazmaydigan va chiroyli manzarali qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: