Referat mavzu: ­­­­­­­­­­­­­


Movarounnahrda so’fiylikning yana bir oqimi Naqshbandiya tariqati shakllandi



Download 41,09 Kb.
bet2/5
Sana01.07.2022
Hajmi41,09 Kb.
#727572
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat Umumiy Pedagogika Do\'stmurodov

Movarounnahrda so’fiylikning yana bir oqimi Naqshbandiya tariqati shakllandi.

Naqshbandiya ta’limoti o’zining hayotiy g’oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining “ildizi” uzoq davrlar, ya’ni, SHarq Uyg’onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim- Abulqosim Ali al-Xoroqoniy (1034 yilda 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 yilda vafot etgan)larning so’fiylik ta’limoti rivojida katta hissalari bor ekanligini ta’kidlaydi. Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G’azzoliy va Yusuf Hamadoniylar (1049-1140 yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladilar.

Naqshbandiya ta’limoti o’zining hayotiy g’oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining “ildizi” uzoq davrlar, ya’ni, SHarq Uyg’onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim- Abulqosim Ali al-Xoroqoniy (1034 yilda 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 yilda vafot etgan)larning so’fiylik ta’limoti rivojida katta hissalari bor ekanligini ta’kidlaydi. Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G’azzoliy va Yusuf Hamadoniylar (1049-1140 yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladilar.

Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barkiy), Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy tasavvuf ilmi bo’yicha Yusuf Hamadoniy qo’lida chuqur ta’lim olgan to’rt mashhur shayxlar sanaladilar.

Ahmad Yassaviy nuqtai nazarida insonning dunyosi nsonparvarlik bilan obod. Bu dard hamma narsadan qudratli va fayzli deb biladi. Yassaviy hikmatlarida yomonlik, nodonlik, jaholat, molparastlik kabi illatlarga qarshi kurash salbiy axloqiy g’oyalar ham o’z ifodasini topdi. U moludunyo, mansab uchun mukkasidan tushgan qozi- imomlar,hokimlar, amaldorlarga nafrat bilan qaraydi. Doimo xalqqa haq ko’zi bilan qarashga, g’aribyetimlarga ozor yetkasmaslikka chaqiradi. Nafaqat Yassaviy, balki tasavvufning barcha tariqatlarida, tasavvuf ahlining barchasining ijodida insonparvarlik boSh masala bo’lib hisoblanadi. Ularda insoniylik va insonparvarlik turli tomonlari tahlil etiladi. Navoiyning zamondoshlaridan biri- tasavvuf ta’limotining chuqur bilimdoni, mutafakkir alloma Voiz Koshifiy «Futuvvatnomai sultoniy» asarida javonmardlik udumlari, ilmu-amali barobarida tasavvuf haqida ham ko’p fikrlarni bayon etadi. Koshifiyni fikricha, tasavvuf singari futuvvat ham ruh ilmidir. «Futuvvat ilmining o’z mavzusi bor, bu mavzu inson ruhi hisoblanadi. Zero insonni ruhini tarbiyalash parvarish etish orqali uni go’zal va hamda (yoqimli) xulq-atvorli, fazilatli qilib yetishtirish mumkin». Boshqa bir ta’rifida Koshifiy keltiradi: Futuvvat deb omma orasida yaxShi sifatlar va namunali ahloq bilan mashxur bo’lishni aytadilar. Koshifiyning tasnifiga ko’ra, futuvvatning uch martabasi bor. Bular saxo (saxovat), Ya’ni bor narsani hech kimdan qizg`onmaslik: safo, Ya’ni qalbini kibru xavo, gina - qudrat, qasb - g`azabdan xoli va pok tutish: vafo, Ya’ni hamma valq xizmatida bo’lish. Xazrat Navoiy yozadi: Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo’q, Futuvvat barcha qilmoqdur, demak yo’q. Ya’ni o’zing yemaginda, boshqalarga bergin, bu chin muruvvat bo’ladi, yaxshilik qil, xojatni chiqarginda orqasidan gapirib yurma, xatto maqtanmagin ham, bu futuvvat axliga xos emas. Tasavvufchilar inson tabiatidagi salbiy kuchlarni umumiy nom bilan «Nafs» yoki «Nafsi amora» deb atadilar va unga qarshi urush e’lon qildilar. Mol dunyo to’plash, nafs extiyojiga qarab yurish, hirsu havas qatiy qoralandi, insonni (insoniyatni ham) noqislik va falokatlardan qutqarishning birdan bir to’g`ri yo’linafsni o’ldirib, qanoat bilan halol yashash, ruh-irodani chiniqtira borib, insonga insoniylikni, yani ilohiylikni tantana ettirish zarur, deb targ`ib, qilinadi. Nafsning yomonligini anglash odamning o’zini, demakki ilohiylik va ezgulikni anglashdir. Bahouddin, Naqshband hikmati: «Nafsi xudro ba badiy Shinoxtan-xudshinoxtan ast» ( «o’z nafsingni yomonligini tanish-o’zligingni tanishdir») . Mansur Halloj vasiyati: «Nafs seni o’ziga tobe etguncha , sen uni tobe et». Alisher Navoiyning o’zi esa nafsni inson bolasining eng g`addor dushmani sifatida tariflaydi. Turkistonning ulug` avliyosi Ahmad Yassaviy nafsni insoniylik duShmani, iymon dushmani deb qoralaydi, chunonchi


Download 41,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish