Referat mavzu: Yoshlar manaviyatini yuksaltirish mezonlari. Geografiya va iqtisod yõnalishi 1-kurs talabasi Sattorova Sojida



Download 0,84 Mb.
Sana18.02.2022
Hajmi0,84 Mb.
#451346
TuriReferat
Bog'liq
Yoshlar manaviyatini yuksaltirish mezonlari




O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI


REFERAT
Mavzu: Yoshlar manaviyatini yuksaltirish mezonlari.

Geografiya va iqtisod yõnalishi


1-kurs talabasi Sattorova Sojida

Reja:
1.Yangi Oʻzbekiston yoshlariga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar Renessans poydevori.


2.Yangi Oʻzbekistonning kelajak yoshlari: imkoniyat va huquqiy kafolat.
3.Shavkat Mirziyoyev asosiy e'tiborni yoshlarga qaratmoqda.
4.Prezident yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha muhim vazifalarni belgilab berdi.



1.Yangi Oʻzbekiston yoshlariga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar Renessans poydevori.
Sizlar koʻp kitob oʻqigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz oʻtmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri boʻlganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Fargʻoniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulugʻbek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev


Maʼlumki, Oʻzbekiton yoshlar mamlakati. Davlatimiz siyosati ham har tomonlama yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga aratilganini barchamiz guvohimiz. Men yillar davomida taʼlim sohasida faoliyat yuritar ekanman, bugungi yaratilayotgan shart-sharoitlr, imkoniyatlarni koʻrib rostini aytsam, rosa xursandman.


Ikkinchidan huquqshunos sifatida ham koʻtarinki kayfiyatda ushbu maqolani yozayotganimdan sabab shuki, har bir amalga oshirialyotgan islohotlarda yoshlar huquqi kafolatlanganligidir. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida“gi Qonunida yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, isteʼdodini qoʻllab-quvvatlash masalalari qamrab olingan boʻlsa, ”Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonunda hokimiyat va boshqaruv organlarining bu boradagi vakolatlari hamda sohaga doir boshqa ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solingan.


Shuningdek, Konstitutsiyamizning 41-moddasida bepul umumiy taʼlim olish huquqining yoshlar uchun kafolatlangani ham eʼtiborga molikdir. Shaxsning bilim olishga boʻlgan huquqi Asosiy Qonunimiz asosida qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham mustahkamlab qoʻyilgan. Yoshlar oʻz iqtidor va isteʼdodlarini toʻla namoyon etishga haqlidirlar.
42-moddada esa har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi, davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga gʻamxoʻrlik qilishi belgilangan. Mana shularning mantiqiy davomi sifatida prezident maktablari, Temurbeklar maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarga berilayotgan zamonaviy taʼlim-tarbiya Yangi Renessansning mustahkam poydevori boʻlsa, oliy taʼlim sohasidagi islohotlar va imkoniyatlar ustunidir.

Shu uchun ham, bu borada qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildiki, ular yoshlar intilish va iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirishga oid, rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirish yangi qadam va yangi tizimni shakllantirdi.Quvonarli tomoni shundaki, zamon talablari va ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida bugungi yoshlar talab va ehtiyojlarini oʻrganib, yangidan yangi imtiyoz va imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda. Yangi yoshlar siyosatini qurishda mamlakat Prezidentining shaxsan ishtirokini alohida taʼkidlash kerak.


Davlat rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlabki pallasida tarbiya masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev deyarli barcha islohotlarning bardavomligini yoshlarni qoʻllab-quvvatlash siyosatida koʻrayotganining yaqqol tasdigʻi sifatida boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim islohotidir.Bu islohotlarning yutugʻi esa, bu sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashni, hamda yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini ortirmoqda.


Xorijiy taʼlim muassasalaridan oʻzimizdagi oliy taʼlim oʻquv yurtlariga oʻqishini koʻchirish, test jarayotnlari, bir vaqtning oʻzida 5 ta OTMda bilimini sinab koʻrish masalalalri buning yorqin misolidir.


Bugungi kunda kadrlar huquqiy madaniyatini oshirish yoʻlida koʻp yillik mehnat stajiga ega boʻlib, rahbar davzimlarida ishlabyurgan yoshlar imtiyozli magistratura bosqichida oʻqishga tavsiya etish borasidagi hukumat qarorlari ham diqqatga sazovor.
Kuni-kecha davlatimiz rahbarining yoshlr bilan uchrashuvida ham yana yangi imkoniyatlar tilga olindiki, bu Yangi Oʻzbekitondagi yoshlarimizning dunyoqarashini ham tubdan oʻzgaritirishga asos boʻldi..Jumladan, ulardan biri keyingi yildan oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etiladi. Shuningdek, ikki va undan ortiq farzandi oliy oʻquv yurtida shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim krediti berish yoʻlga qoʻyiladi. Yoshlarimizning nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishi uchun koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Jumladan, xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha eng yuqori ballarni toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.Uchinchidan, izlanuvchi yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Yosh olimlar” innovatsion tanlovi uchun 30 milliarddan ortiq mablagʻ ajratilganining oʻzi ham katta imkoniyatdir. Toʻrtinchidan,2021-yildan boshlab maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida “Boʻlajak olim” tanlovini tashkil qilish orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatma berilishi ham diqqatga sazovordir.

Oltinchidan esa, kelgusi oʻquv yilidan boshlab respublikamizdagi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etilishi yoshlarni yuksak axloq va kuchli bilim sohibi hamda vatanparvarlik ruhida voyaga yetishida yaratilgan imkoniyatning muvaffaqiyat asosi,- degan ishonchdamiz.


Yana bir quvonarli xabar shundaki, ilm yoʻlini tanlagan iqtidorli yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keyingi yildan boshlab magistratura va doktorantura bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oshiramiz. Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlarga avvalo yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari sazovor boʻladi,- deb taʼkidlagan davlat rahbarining ishonchi, yangi yil arafasida yoshlar uchn yaratilgan bunday imkoniyatlar yangi Oʻzbekistonning Renessans yoʻlidagi yangi va ildam qadami boʻldi.
30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Azmu shijoatli yoshlarimiz bilan birgalikda yangi O‘zbekistonni albatta bunyod etamiz” nomli ma’ruzasini tinglab, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning yuksak namunasini guvohi bo‘ldim desam, asl haqiqatni aytgan bo‘laman. Chunki so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining “oltin davri”ni kuzatish mumkin.
Yurtboshimiz tomonidan yoshlarni kelajagimiz egalari sifatida ko‘rib, ular uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Hattoki 2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, deb e’lon qilinishi ham fikrlarimga yorqin misol bo‘la oladi.
Ayniqsa, kecha o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida Prezidentimiz tomonidan g‘ayrati baland, intiluvchan o‘g‘il-qizlarimizni ruhlantiruvchi, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari ildam qadam tashlashga undovchi so‘zlari bilan bir qatorda yoshlarga ko‘plab imkoniyat va imtiyozlar eshigini yanada kengroq ochib berdi. Berilgan imkoniyat va imtiyozlarning eng asosiylarini quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:
Birinchidan, yangi o‘quv yilidan talabalar uchun ajratiladigan ta’lim krediti 14 foizli bo‘lib, 7 yilga beriladigan bo‘ldi. Kreditni qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar soliqdan ozod qilinadi;
Ikkinchidan, dunyo miqyosida TOP-1000 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalarini bitirgan va chetda ilmiy ish qilgan yosh mutaxassislarga qo‘shimcha haq to‘lanadi;
Uchinchidan, oliy ma’lumot talab etiladigan kasb va lavozimlar qayta ko‘rib chiqiladi. Ularning kamida 150 tasidagi bunday talab bekor qilinadi;
To‘rtinchidan, maktab attestatini berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy bo‘ladi. Ro‘yxatni hokimlar tasdiqlaydi. 10-11 sinf o‘quvchilari o‘sha ro‘yxatdagi kasblarga o‘qitiladi;
Beshinchidan, ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun yosh oilalarga qo‘shimcha 2 mingta kvota ajratiladi va ushbu maqsadlar uchun byudjetdan 60 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Yosh oilalarning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi.
Muxtasar qilib aytganda, yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayotir. Bu esa o‘z navbatida yoshlarimizning jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirishga, vatanimiz kelajagi uchun bor-kuch g‘ayratlarini safarbar etgan holda o‘qib izlanishi, faoliyat yuritish uchun yanada ruhlantiradi.

2021 yil yurtboshimiz tomonidan "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligi yili" deb eʼlon qilinishi, yurtimiz yoshlariga qaratilgan katta eʼtibor va ishonch namunasi deyish mumkin. Yoshlarimizning porloq kelajagi uchun har sohada keng imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, kuni kecha Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari Yuridik texnikum o‘quvchilarini tizimda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida davra suhbati o‘tkazdi.


Uchrashuvda boshqarma mutasaddilari tomonidan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati faoliyati, soha xodimlariga yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlovini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Milliy gvardiya saflariga ishga qabul qilish tartib va talablari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Uchrashuvda 50 dan ortiq yoshlar ichidan aynan harbiy sohaga qiziqishi yuqori bo‘lgan yigit va qizlar Qo‘riqlash xizmatining mutaxassis xodimlari bilan o‘zaro suhbat qurib, kelgusida Milliy gvardiya saflarida xizmat o‘tash tartiblari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar olishdi.


Taʼkidlash joizki bu kabi uchrashuvlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan barkamol avlod bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.


2.Yangi Oʻzbekistonning kelajak yoshlari: imkoniyat va huquqiy kafolat.

Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Zero, masofaviy taʼlim, onlayn rejimida uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasidir.


Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili boʻladi.


Shavkat Mirziyoyev


Axir, yurtimiz baxtiyor yoshlar mamlakati boʻlib, mamlakatimiz aholisining qariyb 64 foizini yoshlar, yaʼni­ 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. Albatta bu, davlatimiz zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashini koʻz oldimizga keltirsak, juda katta eʼtibor, gʻamxoʻrlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga koʻrsatiladigan eʼtibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham beradi. Chunki hozir Oʻzbekiston mehnat resurslarining yarmidan­ koʻpi yoshlardir. Kelgusida har uchinchi rahbar ham yoshlardan boʻladi.


Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari­ yoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi. Shu bois, mamlakatimizda eng katta eʼtibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan boʻlib, bu vazifa Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son, 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son, 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son farmonlari, shuningdek, koʻplab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.Maʼlumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat boʻlib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda belgilangan normalar yoshlar huquq va erkinliklarini taʼminlangan.


Xususan; ushbu qonunning 5 moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilangan. Ushbu yoʻnalishlardan davlat tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida qanchalik ulkan vazifalar qamrab olinganligini, endilikda mazkur qonun yoshlarga qanday imkoniyatlarni kafolatlayotganligini koʻrish mumkin.


Shuningdek, qonunda yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar oʻz aksini topgan. Jumladan, Oʻzbekistonda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli oʻtkazilgan, uning mantiqiy davomi sifatida fizika boʻyicha Ahmad Fargʻoniy, kimyo fani boʻyicha Abu Rayhon Beruniy, biologiya boʻyicha Abu Ali ibn Sino, astronomiya boʻyicha Mirzo Ulugʻbek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etilishi, iqtidor va isteʼdodli yoshlarni qoʻllab quvvatlashdir. Mana, amalda bugun ijod, prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyati, oltin,kumush medal joriy etilgani, fan olimpiadasi gʻoliblari, Zulfiya, “Mard oʻgʻlon” “Kelajak bunyodkori” kabi davlat mukofotlarini joriy etilganining tub maqsadi, qonunning hayotiyligi va ijrosini taʼminlashdir. Qonunning ahamiyatli tomoni yana shundaki, unda Yoshlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illatlar taʼsiridan himoya qilish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etish maqsadida “Yoshlar –kelajagimiz” davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tuzilib, yoshlar biznes tashabbuslarini, startap, gʻoya va loyihalarini amalga oshirishlari uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz miqdorida imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari koʻrsatish; hamda dastur doirasida ajratilayotgan kreditlar miqdorining 50 foizidan oshmagan miqdorda kafilliklar berish kabi imtiyozlarni amalga oshirdi. Shuningdek, dastur doirasida yosh tadbirkorlarning biznes tashabbuslari, startap, gʻoya va loyihalarini amalga oshirishda maslahat, huquqiy, buxgalteriya va boshqa xizmatlar koʻrsatish, forumlar, master klass hamda seminarlar tashkil etish maqsadida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari ham amaliy yordamga yoʻnaltirilgandi.


Ayniqsa, uyushmagan yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi chora-tadbirlar soʻnggi yillarda yangi bosqichga koʻtarildi. Bunda tuman va shaharlarda ushbu hududlar prokurorlari boshchiligida, tuman hokimining yoshlar siyosati boʻyicha oʻrinbosari, ichki ishlar boʻlimi boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuman va shahar kengashlari raislari hamda tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlarining rahbarlari ishtirokida yosh tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash boʻyicha komissiyalar tuzish belgilab qoʻyilgandi. Besh tashabbusning har bir yoʻnalishini tuman va shaharlarda tizimli amalga oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi.


Yoshlarimiz uchun , ayniqsa, qizlarimizning yana-da ilmli boʻlishlari uchun, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga xotin-qizlarni oʻqishga qabul qilish uchun 30 foiz maqsadli kvota ajratish masalasi koʻtarilgan boʻlsa, endilikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi qarorida Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozlar belgilangan edi. Jumladan, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga tavsiyanoma asosida: Oliy taʼlim muassasalariga kirishda tanlovsiz, belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida oʻqishga kirish imtiyozi berilgandi.Bu imtiyoz yoshlar uchun kutilmagan eʼtibor: ularda vatanparvarlik va ota-onasiga nisbatan yana-da gʻurur va iftixor baxsh etganining guvohimiz. Chunki, mazkur tavsiyanoma va taqdimnomalarning amal qilish muddati uch yil deb belgilab ham hikmatli qadamdir. Qadimda Aristotel litsey, Aflotun akademiya tashkil etib aholining bilim saviyasini oshirishga xizmat qilishgan boʻlsa, jadidlarimiz oʻz mablagʻi hisobidan maktab ochgan boʻlsa, hozirgi davrda yoshlar masalasi eng dolzarb mavzuligini bir daqiqa ham unutmasligimiz shart va zarur. Aynan ertangi kunimiz unib-oʻsib kelayotgan yoshlarning idroki, dunyoqarashi, bilimi va hunariga bevosita bogʻliq boʻladi. Yoshlarning bilim olish istagini hamisha birinchi galdagi vazifa sifatida qaralishi muhimdir. , 2020/2021 oʻquv yili bakalavr darajasiga 145 mingdan ortiq, yaʼni oʻquv yiliga nisbatan 15,6 foizga koʻproq talaba qabul qilish koʻzlanmoqda, bu yilgi yaʼni 2020/21 oʻquv yili uchun OTMlarga qabulda 8694ta imtiyozli grant kvotasi ajratilgani ham diqqatga sazovordir. Imtiyozli kvotalar 7 xil toifadagi abituriyentlarga berilmoqda.. Yangi oʻquv yilidan boshlab Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega boʻlgan qizlar uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida grant oʻrinlari ajratiladi. Shuningdek, 2020/2021 oʻquv yilida “Matematika” va “Tabiiy fanlar” taʼlim sohalari boʻyicha magistratura mutaxassislari uchun davlat buyurtmasi parametrlari toʻliq davlat granti asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, Soʻx tumanida istiqomat qiluvchi umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilariga OTMlarga kirish uchun alohida 500ta davlat granti kvotasi ajratilgani ham xushxabardir. Har tugul davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish, shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilishi ham yoshlar uchun yaratilgan eng maqbul imkoniyatdir. Bu Oʻzbekistonning kelajagi yoshlarimizning umid yulduzidir.

Bunday davlat siyosatini koʻrgan yoshlar albatta, davlatimiz rahbarining Vatan iftixorlari instituti tashkil etish, yoshlar orasida oilaviy ajrimlar sonini kamaytirish maqsadida Faxriylar ibrati maslahat kengashi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatlaydi. Prezidentimiz 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvida Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish tashabbusi, oʻsib kelayotgan avlod auditoriyasiga yoʻnaltirilgan tele va radiokanallar, bosma nashrlarni birlashtirib, “Yoshlar media xoldingi” tashkil etish taklifi ayni muddaodir. Albatta, hayotda yoshlar nimani koʻrsa, albatta, unga ishonadi va ergashadi. Xususan, oʻtgan yillar davomida yoshlarga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 20 dan ortiq qonun, mamlakatimiz Birinchi Prezidentining 30 dan ortiq farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 100 ga yaqin qarorlari qabul qilindi. Xususan, qonun hujjatlarida yoshlar uchun mustahkamlab qoʻyilgan qoʻshimcha kafolatlar: bepul umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi olish, taʼlim muassasalarida oʻqishga imtiyozli kreditlar taqdim etish, taʼlim muassasalarini bitirganidan keyin yoshlarning bandligini taʼminlash, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash, yoshlarning dam olish va sogʻlomlashtirish tashkilotlari tizimini rivojlantirish va boshqa shu kabi muhim masalalar alohida moddalarda koʻrsatilgan.


Shuningdek, mazkur qonun orqali mukofotlar, stipendiyalar belgilash, taʼlim grantlarini taqdim etish, fan, madaniyat va sanʼat sohasida ijodiy ustaxonalar va maktablarni tashkil etishga koʻmaklashish, sport seksiyalari faoliyatini tashkil etish orqali isteʼdodli yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalari ham tartibga solmoqda.
Ayniqsa, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun amalda Oʻzbekistonda yoshlar huquq-manfaatlarining huquqiy kafolatlari yana-da kuchayayotganligini anglatish barobarida ertangi kunda mamlakatimiz yoshlarining yangi-yangi marralarni zabt etishiga, ularning yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishiga zamin yaratmoqda.
Demak, bunday keyin “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar masʼuliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada sogʻlom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.
Har bir ota-ona, har bir xonadon, har bir mahalla,bugungi kunda farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida bilib, yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli boʻlgan salbiy taʼsirlardan himoya qilish, millat va davlat taraqqiyotini dunyo hamjamiyatiga koʻrsatishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalashi ham qarz, ham farzdir. Zero, inson hayoti odob-axloq, taʼlim-tarbiya bilan bevosita bogʻliq.
Unutmang, yangi Oʻzbekiston yoshlari - kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori.
Poytaxtimizdagi “Yoshlar press klubi”da mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna koʻrsatayotgan bir guruh yoshlarga “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
2003-yildan boshlab milliy maʼnaviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuygʻusini va mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsi, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan 592 nafar yigit-qizlar “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoniga sazovor boʻldi.
Joriy yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparatiga “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni uchun jami 460 nafar (292 nafar hududiy Kengashlardan, 168 nafar vazirlik va tashkilotlardan) nomzodning hujjatlari kelib tushdi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019-yil 7-dekabrdagi yigʻilishida Respublika Komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan 41 nafari “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga qaror qilindi.
Koʻkrak nishoni bilan har bir yoʻnalish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
“Angelo Branduardining “Samarkanda” qo'shig'i orqali O'zbekistoning boy tarixga ega ekanini bilishadi!..” Italiyadagi magistrant hamyurtimiz bilan suhbat:
Xabaringiz bor, “YAngi O'zbekiston” nashri jahonning turli nuqtalaridagi vaqtandoshlarimiz bilan interv`yular berib bormoqda. Navbatdagi suhbatdoshimiz bugungi kunda Italiya Respublikasidagi Turin politexnika universiteti “Muhandislikda boshqaruv” yo'nalishi magistranti Nodir YUsufov bo'ldi. Qahramonimiz Toshkent viloyatida tug'ilgan. 2019 yil Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tamomlagan.

M.: Nodir o'zingiz haqingizda gapirib bersangiz – suhbatni shundan boshlasak.


N.YU.: Bolaligimdan aniq fanlar, ayniqsa fizika va matematikaga qiziqqanman. SHu boisdan bo'lsa kerak, 2 – 9 sinflarda matematika fani olimpiadasining maktab bosqichida doim birinchi o'rinni qo'lga kiritardim.


Bakalavr bosqichini Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida oldim. Darvoqe, 2018 yilning bahorgi semestrini Global UGRAND dasturi g'olibi bo'lib AQSHdagi G'arbiy Virijiniya universitida o'qiganman.


Bakalavrni tamomlab bir muddat Innovatsion rivojlanish vazirligida etakchi mutaxassis sifatida ishladim.


Hozirgi kunda Italiyada magistraturani davom ettiryapman.


M.: Nima uchun aynan Italiyada o'qishga qaror qildingiz?


N.YU.: Magistraturani “Muhandislikda boshqaruv” yo'nalishi bo'yicha o'qish bakalavr paytimdayoq rejamda bo'lgan. Lekin, aynan Italiyada o'qish asosiy maqsad emas edi. Dastlab muhandislik sohasi eng taraqqiy etgan Germaniyada o'qish uchun harakat qildim. Afsuski, DAAD (Germaniya akademik almashinuv) grant dasturining so'nggi bosqichidan muvaffaqiyatli o'ta olmadim. Biroq tushkunlikka tushmagan holda, hujjatlarimni Italiyadagi Turin politexnika universitetiga yubordim va u erga qabul qilindim.


Ochig'i, hozir Italiyaga kelganimdan afsusda emasman. Boisi, mamlakatga kelib hukumatning aholiga teng yashash sharoiti yaratib berganiga guvoh bo'ldim. Masalan, Italiyaning kichik qishloqlarigacha zamonaviy va konditsionerlar bilan jihozlangan avtobuslar qatnaydi. Internet, onlayn xizmatlar kabi oddiy zaruriyatlar butun mamlakat bo'ylab ta'minlangan.


Qolaversa, davlatda sanoatni klasterlab emas, balki mutaxassislik bo'yicha rivojlantirish ishlari ham sanoatning aksariyat yo'nalishlarida mamlakatni yaqqol etakchiga aylantirgani sezilib turadi.


M.: Italiyaliklar haqida taassurotlar qanday va ular O'zbekiston haqida bilishadimi?


N.YU.: Italyanlarning aksariyat urf-odatlarini o'zimiznikilarga o'xshataman. Misol uchun, haftaning dam olish kunlari nuroniylar boshchiligida butun oila bir dasturxon atrofiga to'planishi, farzandlarga mehr-e'tibor ko'rsatishi kabilarni aytishim mumkin.


Men Italiyaning shimol qismida yashayman. Bu erda janubdagilarga nisbatan odamlar ko'p ham mehmondo'st va ochiqfe'l emas. YA'ni, ko'chada kamdan kam salomlashishadi. Muloqotlarda ham ortiqcha gap-so'zlar qilishmaydi.


Italiyaga kelib yana bir e'tiborimni tortgan jihat mahalliy aholining g'oyatda oilaparvar ekanligi bo'ldi. Masalan, dam olish kunlari ko'chalarda oilali erkaklarining uyida televizor ko'rishdan ko'ra, farzandlariga xavfsizlik kaskalarini kiydirib skeytbord, rolik, velosiped minishni o'rgatayotganini ko'rasiz.


SHuningdek mahalliy aholi jismoniy faollikka intilishadi. Ayniqsa yoshlar va qariyalar ham tong sahar erinmay turib yugurayotgani, hatto futbol o'ynashayotganiga ko'p bor guvoh bo'ldim.


O'zbekiston haqida esa, mahalliy aholi deyarli hech narsa bilishmaydi. Ammo aksariyat qariyalar Angelo Branduardining “Samarkanda” nomli qo'shig'i orqali O'zbekistoning boy tarixga ega ekanligi, o'zbek oshxonasi juda ko'plab mazali taomlardan tashkil topganligi haqida bilishadi.


M.: Bo'sh vaqtlaringizda nimalar bilan shug'ullanasiz va oxirgi oy qanday kitoblar o'qidingiz?


N.YU.: Hozirda o'qishdan tashqari sanoat va ta'limda qo'llaniladigan mikrosxemalarni ishlab chiqaruvchi Arduino kompaniyasida amaliyot o'tayapman. Arduino bilan joriy yilning yanvar` oyida 6 oylik shartnoma imzolagan edim. Lekin koronavirus sabab orada bir muddat tanaffus bo'ldi va shartnoma muddati sentyabr` oyi oxirigacha uzaytirildi.


Kompaniyadagi asosiy vazifam Amazon onlayn platformasida kontent yaratish, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Frantsiya, Ispaniya va AQSH onlayn bozorlarida mikrosxemalarga bo'lgan talabni o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganish, talabga qarab narxlarni belgilash hamda haftalik hisobot topshirish kiradi.


Kitob mutolaasi bobida, ochig'i ish va o'qish bilan bo'lganim uchun hozir bunga vaqtim bo'lmayapti. Ammo vaqt qilib Uolter Ayzeksonning 40 dan ortiq interv`yular asosida yozilgan Stiv Jobs nomli biografik kitobini oxirigacha tugatib qo'yishni rejalashtiryapman.


M.: Kegusidagi rejalaringiz qanday?


N.YU.: Kelajakda albatta O'zbekistonga qaytib, soham bo'yicha faoliyat yuritishni maqsad qilganman. Lekin, bu aynan qachon amalga oshishini bilmayman. O'rganganlarimni amalda qo'llaydigan sohalardan ishga taklif qilinsam, magistr diplomini oliboq qaytishim mumkin. Lekin Evropada shaxsiy va professional rivojlanishimga imkoniyat yaratadigan ish taklifi bo'lsa, ma'lum muddat shu erda ishlab malaka oshirish niyatim ham yo'q emas.


Albatta hammasini vaqt ko'rsatadi.


M.: YAngi O'zbekistonning kelajagini qanday tasavvur qilasiz?


N.YU.: YAngi O'zbekistonda har qanday tashkilot – xoh u davlat tashkiloti bo'lsin yoki xususiy sektordan, ularning amalga oshirayotgan chora-tadbirlari haqiqatdan ham fuqarolarning og'irini engil qilishga qaratilgan bo'lishini istayman.


SHu bilan birga, YAngi O'zbekistonning yosh va yangi avlodlari o'qishni tugatib ish joyiga kelganida, turli tashqi bosimlarsiz, qat'iyat va dadillik bilan muammoga o'z echimlarni bera olishi hamda eng muhimi ishlayotgan joyida ularning ovozi ahamiyatga ega bo'lishini xohlayman.


# Yoshlar – kelajagimiz
Maktab bitiruvchilari Oksford, Vebster universitetlari talabasi bo‘ldi
Samarqand shahridagi umumta'lim maktablarini 2019-2020 o‘quv yilida 6 248 nafar o‘quvchi bitirdi. Ularning orasida puxta bilim olib, tirishqoqligi va intiluvchanligi bilan a'lo baholarga o‘qigan 112 nafari oltin va kumush medallarga sazovor bo'ldi.

Bitiruvchilar orasida Ansar Rahmonov bir qator xalqaro universitetlarga o‘qishga kirish uchun onlayn imtihonlardan o‘tib, bugun Angliyadagi Oksford universitetining iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Past Darg‘om tumanidagi 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatining 4 nafar o‘quvchisi ham o‘qishni oltin medal bilan tamomlash bilan birga, IELTS imtihonlaridan 5,5 va 6 balli sertifikatlarga ega bo‘ldi. Ulardan biri Rustam Shamelov AQShning Vebster universiteti Toshkent filiali talabasi bo‘ldi.


3.Shavkat Mirziyoyev asosiy e'tiborni yoshlarga qaratmoqda.


Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste'dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e'tibor berishga bog‘liq bo‘ladi.


Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi. Unda alohida bo‘lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag‘ishlangan. U O‘zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi.


Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqini tashkil etish zarurati hayotning o‘zi tomonidan belgilab qo‘yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni talab etadi, ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta'minlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish shular jumlasidan.


O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etilgan kun - 30 iyunni Yoshlar kuni sifatida e'lon qilinishi ham juda ramziydir. Sababi ushbu Ittifoq davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan davlatning yoshlar siyosatini amalga oshirishda samarali faoliyatni ta'minlaydigan, «Yoshlar - kelajak quruvchisi» shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiradigan tuzilmaga aylanadi.


Bizning fikrcha, ushbu shior shubhasiz tasodifan tanlanmagan - u O‘zbekiston prezidentining davlatning rivojlanish istiqbollari haqidagi strategiyasida prinsipial yondashuvini ifodalaydi. Shavkat Mirziyoyev asosiy e'tiborni yoshlarga qaratmoqda.


Bu O‘zbekiston rahbari tomonidan O‘zbekiston prezidenti Devonida yoshlar siyosati masalalari Xizmat tashkil etilgani bilan ham isbotlanadi. Xizmatga prezidentning yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi rahbarlik qiladi. Bu shuni anglatadiki, yoshlar muammosi doimo mamlakat prezidentining diqqat markazida bo‘ladi.


Shuni ta'kidlash kerakki, zaruriy moddiy resurslar bilan qo‘llab-quvvatlanmasa, tashkilot faoliyatidan biron bir natijani kutish mumkin emas. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Rivojlanish jamg‘armasiga kichik biznes sub'yektlari uchun yagona soliq to‘lovining hisoblangan miqdoridan 8 foizi o‘tkazib beriladi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshida turli predmetlar, jumladan xorijiy tillar, dasturlashtirish va tadbirkorlik asoslari bo‘yicha ta'lim berish maqsadida tashkil etiluvchi sho‘'ba korxonalar 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod qilinadi. Shu bilan birga, ushbu imtiyozlar natijasida korxonaning tasarrufida qolgan mablag‘larning 20 foizi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.


Yaratilgan sharoitdan foydalanib, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi mamlakatning kelajagini belgilaydigan yosh kuchni shakllantira boshladi. Shu maqsadda Ittifoq turli yoshlar uyushmalarini, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish markazlarini yaratmoqda hamda bir qator yirik tadbirlarni o‘tkazmoqda.


Bundan tashqari, Ittifoq chet elda ta'lim olish yoki mehnat faoliyatini olib borish maqsadida bo‘lib turgan O‘zbekiston yoshlarining manfaatlari va muammolarini o‘rganishga kirishdi. Tashkilot shuningdek yoshlar bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni o‘rganishga imkon beradigan xalqaro yoshlar tashkilotlari va xorijiy davlatlarning shunga o‘xshash tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish uchun chora-tadbirlar ko‘rmoqda. Shu maqsadda, Yoshlar ittifoqi vakillari shu yilning avgust oyida Xitoyga, sentabr oyida Qozog‘istonga tashrif buyurdilar. Yaqin kelajakda bunday tashriflar Rossiya, Koreya Respublikasi, Germaniya va boshqa mamlakatlarga rejalashtirilgan.


Ta'kidlash joizki, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy hayotda yoshlarning faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Xususan, internetda juda yosh, biroq istiqbolli kadrlar bo‘lgan yoshlarning yuqori lavozimlarga tayinlangani keng muhokama qilindi. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining 22 yoshli bitiruvchisi Alisher Sa'dullayev xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari, Toshkentdagi Turin politexnika universitetining 25 yoshli bitiruvchisi Olimjon To‘ychiyev esa Fan va texnologiyalar bo‘yicha agentlik bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Lavozimga tayinlanganidan so‘ng Alisher Sa'dullayev mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida mamlakat prezidenti ushbu lavozimga yoshlar vakilini bekorga tayinlamaganini, davlat rahbari bunday qaror bilan yoshlarni jasoratga, fikrlarini ochiq ifoda etishga chaqirmoqchi ekani haqida ma'lum qildi. Yosh amaldorning fikri Shavkat Mirziyoyevning yosh avlodni o‘zini o‘zi anglashi uchun ma'naviy jihatdan rag‘batlantirish istagida ekanidan yorqin dalolat beradi.


Yana bir muhim qadam - yoshlar hayoti voqealarini sifatli va o‘z vaqtida yoritadigan platformaga aylangan Yoshlar press-klubining ishga tushirilishi bo‘ldi. Bu yerda yoshlar masalalarini konstruktiv muhokama qilish uchun davlat organlari vakillari, ekspertlar jamoasi va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Ushbu platforma yoshlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Yaqinda O‘zbekistonda tashkil etilgan Yoshlar muammolarini o‘rganish va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini ham yoshlar uchun «Ijtimoiy lift» sifatida atash mumkin. Bunga asos sifatida shuni aytish mumkinki, Institutga davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlarida istiqbolli yosh kadrlar ma'lumot bazasini shakllantirish, ularning professional rivojlanish tizimi monitoringi tashkil etish, ushbu kadrlarni boshqaruv lavozimlariga ilgari surish bo‘yicha takliflarni tayyorlash, shuningdek, davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlarining yosh istiqbolli kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish kabi vazifalar yuklangan.


Yuqorida aytib o‘tilganlar O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi o‘rnini kuchaytirish bo‘yicha yo‘nalish belgilanganini aytish imkonini beradi. Shu bo‘yicha davlat va yoshlar tashkilotlaridan yoshlar tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilmoqda. Bunga tayanib, O‘zbekistonning rivojlanishidagi yangi bosqichda yoshlar alohida o‘rin tutishini ta'kidlash mumkin.


4.Prezident yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha muhim vazifalarni belgilab berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi.


Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.


Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.


Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.


Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.


Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.


Ana shu ezgu gʻoya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan taʼminlandi.

Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Maʼrifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.


Bir soʻz bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.


Yigʻilishda mazkur tajribani mamlakatimizning barcha hududida keng joriy qilish masalalari muhokama etildi.


Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazlari, 312 ta musiqa va sanʼat maktablariga atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, ushbu muassasalarning aksariyati oʻquv qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari, mebel va jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagani koʻrsatib oʻtildi.


Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnika bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, ularning faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi.


Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil qilish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi.


Atoqli sanʼatkor va isteʼdodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga koʻmakchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olinib, bu tajribani butun respublikaga yoyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, oʻsha joylarda madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga masʼul boʻladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.


Musiqa va sanʼat sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni koʻpaytirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.


Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga muayyan mavzular boʻyicha tarix darslarining muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor oʻtkazilishini tashkil qilish topshirildi.


Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, mamlakatimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumtaʼlim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish koʻrsatkichi respublika boʻyicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpogʻistonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.


Yigʻilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.
Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini oʻrganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar manbasini aniqlash vazifasi qoʻyildi.
Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich-panellardan kichik sport zallari va sunʼiy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi taʼkidlandi. Bunday tadbirkorlarga “Oʻzmilliybank” tomonidan “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda gʻolib boʻlgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy oʻquv yurtlarining maxsus sirtqi boʻlimlarida maqsadli oʻqitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari sonini koʻpaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga oʻrgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilgʻor xalqaro tajribalar asosida barcha shahar va tumanlar markazlarida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi. Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul oʻrgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shugʻullanish boʻyicha innovatsion koʻnikmalar beriladi, “startap” loyihalarga yordam koʻrsatiladi.

Bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikalari boʻlishiga qaramasdan, internet xizmatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.


Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompyuter oʻyinlari markazlarini tashkil etish, ularda yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.


Yoshlarda bolalik chogʻidan kitobga mehr uygʻotish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yoʻllarida mustahkam zamin boʻladi.


Lekin koʻplab qishloq va mahallalarda buning uchun zarur sharoit mavjud emas. Ilgarigi kutubxonalar oʻrnida tashkil etilgan “Axborot-resurs markazlari” oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmadi.


Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda joylarga qoʻshimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va uyushmalarga “Kitob karvoni” loyihasi doirasida badiiy, maʼrifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam boʻlmagan miqdorda yetkazib berish boʻyicha topshiriq berdi.
Yigʻilishda mahalliy hokimliklar har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob doʻkoni tashkil etishi kerakligi taʼkidlandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga barcha shahar va tumanlarda koʻchma kitob pavilyonlarini joylashtirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda “Bibliobus”larni yoʻlga qoʻyish orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona xizmati koʻrsatish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalari ham muhokama qilindi.

Shu maqsadda 2019-2020 yillarda barcha tumanlarda sendvich-panellardan 195 ta tikuv-trikotaj korxonalarini qurish belgilangan. Ularni qurish uchun aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari koʻp joylar tanlab olingan. Bu korxonalarni tashkil etish natijasida xotin-qizlar uchun 24 mingdan ortiq doimiy ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan.


Prezidentimiz mehnat qilish istagidagi ayollar ish oʻrinlari sonidan ancha koʻpligini hisobga olib, korxonalarda ishni 2 smenada tashkil etish, ularda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligini taʼkidladi.


Yigʻilishda qayd etilgan 5 ta tashabbusni keng joriy qilish maqsadida barcha hududlarga mutasaddi rahbarlar masʼul qilib biriktirildi. Shuningdek, bu vazifalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari, “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi rahbarlari shaxsan masʼul va javobgar etib belgilandi.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish