Keng qatorlab ekish. Chigit, makkajo’xori, lavlagi, oqjo’xori kabi ekinlar
keng qatorlab ekiladi va ekishda SXU-4, markali seyalkalardan foydalaniladi.
Qatorlar va qatordagi o’simlik oralig’ining kenligi har qaysi ekinning biologik
xususiyatiga qarab belgilanadi. Ekinlarning qator orasi 60-90 sm va undan ortiq
bo’lishi mumkin.
Kvadrat uyalab ekish. Bu usulda chigit hamda makkajo’xori, lavlagi
SKGX-4-6A, SKGX-6B, STVX-4, STX-4 markali maxsus seyalkalardan
foydalanib ekiladi. Qatorlab ekish usuli takomillashtirilgan shakl hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |