Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari. Internet tarog‘inig vazifasi internet tarmog‘i abonetlariga veb-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini ko‘rsatish. Internet tarmog‘idan axborotlarni almashish, masofaviy ta’lim olish, konferensiyalar o‘tkazish, veb-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot o‘rnatish va shu kabi maqsadlarida foydalaniladi.
Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder – Internet tarmog‘i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet prvayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi.
Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega bo‘lmagan kompyuterlar mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi manzillarga ega bo‘lishi va mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan ishlashi mumkin:
192.168.0.1 - 192.168.255.255
172.16.0.1 - 172.16.255.255
10.0.0.1 - 10.255.255.255
Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko‘rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.
Tarmoqli texnologiyalarni milliy iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida foydalanish.
Internet xizmatlari bilan ishlash.
Xulosa.
Jahon bozorining bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga innovatsiyalar joriy etilishi, shuningdek ulardan samarali foydalanilishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirishda, iqtisodiyotning turli sohalarida tovarlar va xizmatlarning yangi turlarini yaratish hamda mavjudlarini kengaytirishda yordam bermoqda.
Internet tarmog’iga kirish xizmatlari bozori rivojlanishida ijobiy tendensiya mavjudligi bir qancha ko’rsatkichlarga ko’ra qayd etilgan. Bular, xususan: foydalanuvchilar miqdori ko’payganligi, yangi xizmatlar joriy etilayotgani, milliy axborot resurslari rivojlanayotgani,Internet tarmog’iga kirish narxlari pasayganligidir. Hisobotda, jumladan, keyingi bir yil ichida Internet tarmog’iga keng polosali kirish yo’lidan foydalanuvchi abonentlar ulushi 2 baravardan ortiq ko’paygani va hozirgi kunda ular 69 mingdan ziyod abonentni tashkil etayotganligi ta’kidlangan. So’rovda ishtirok etgan aksariyat provayderlarning (73%) fikriga ko’ra, Internet resursi rivojlanishidagi ustuvor yo’nalish ilmiy va o’quv ma’lumotlarni ko’paytirishga qaratilishi lozim. H’isobotda shuningdek soxa mutaxassislarining mavjud kamchiliklar haqidagi fikrlari umumlashtirilgan hamda bu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taklif qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |