G‘oya tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati.
Uyushtirish, safarbar etish, tarbiya va yot va zararli g‘oyalarga nisbatan immunitetni shakllantirish, ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish yo‘lida keng jamoatchilikda millatparvarlik, o‘zligini anglash va qadrlash, fidoiylik, komil insonga xos fazilatlarni shakllantirish. Milliy istiqlol g‘oyasi ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ezgu g‘oya, asriy orzu intilishlari, hayotiy ideallarini o‘zida aks ettirishi. G‘oya tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati Inson va jamiyat hayotida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g‘oyalar alohida o‘rin tutadi. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro‘y berishi jamiyatda qanday g‘oyalar hukmronlik qilishi, ular qanday kuchlarni harakatga keltirishi kimlarning ya’ni qaysi bir ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |